“Ustoz uchun” aksiyasining shartlari (simli Internet foydalanuvchilari uchun)
1. Ushbu shartlar “Ustoz uchun” aksiyasini (keyingi o‘rinlarda - Aksiya) o‘tkazish va unda
ishtirok etish tartibini belgilaydi.
2. Aksiyani o‘tkazish muddati – 2022-yil 1-oktabrdan 5-oktabrga qadar.
3. Aksiyada faol holatda bo‘lgan, “O‘zbektelekom” AKning Internetga keng polosali ulanish
xizmatlaridan foydalanuvchi barcha jismoniy shaxslar boʻlgan
abonentlar ishtirok etishi
mumkin.
4. Aksiya doirasida abonentlarga quyidagi shartlarda “TURBO DAY” qo‘shimcha xizmatini
faollashtirish imkoniyati beriladi:
Xizmat nomi
Faollashtirish
imkoniyati mavjud
bo‘lgan ulanish
texnologiyasi
Internet tarmog‘iga
ulanish tezligi
Аmal qilish muddati
Xizmatni
faollashtirish narxi
(so‘m)
TURBO DAY - 100
FTTB
100 Mbit/s
3 sutka (72 soat)
0
TURBO DAY - 300
GPON
300 Mbit/s
3 sutka (72 soat)
0
5. Aksiya shartlari quyidagi xizmatlarga tatbiq etilmaydi:
- Turbo-8, Turbo-40, Turbo-100, Turbo-300;
- Turbo Night-8, Turbo Night-40, Turbo Night-100, Turbo Night-300;
- Turbo Day-8 va Turbo Day-40.
Yuqoridagi xizmatlar ulangan taqdirda to‘lov belgilangan tariflar bo‘yicha yechib olinadi.
6. Qo‘shimcha xizmatni faollashtirish Abonent
tomonidan mustaqil ravishda,
Shaxsiy
kabinet yoki MyUZTELECOM mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.
7. Internet xizmatlarining amal qilish muddatini keyingi hisob-kitob davriga o‘tkazish bilan
qo‘shimcha xizmatni faollashtirish mumkin emas. Masalan: agar abonentning Internet xizmatlari
uchun hisob-kitob davri 3-sentabr soat 15:00 dan 3-oktabr 15:00 gacha belgilangan bo‘lsa va 1-
oktabr kuni soat 15:00 dan keyin xizmatni faollashtirishga
harakat qilinganda,
xizmatni
faollashtirish imkoniyati bo‘lmaydi. Bunda, xizmat faollashtirilishi 1-oktabr kuni soat 15:00
gacha yoki 3-oktabr kuni 15:00 dan keyin boshlab amalga oshiriladi.
8. Aksiya doirasida qo‘shimcha xizmatni faollashtirish imkoniyati
jismoniy shaxslar uchun
Internetga ulanish xizmatlarining barcha cheksiz tarif rejalarida mavjud.
9. Qo‘shimcha xizmatning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng,
Internet, “Uz-IX” va
“TAS-IX” tarmoqlariga kirish tezligi amaldagi tarif rejasi shartlariga muvofiq tiklanadi.
10. Qo‘shimcha xizmatning amal qilish muddati davomida Internet-trafik narxlanmaydi.
11. O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tegishli maʼlumotlarni Internet tarmog‘idagi
www.uztelecom.uz rasmiy veb-saytida va boshqa aloqa vositalarida
joylashtirish orqali Aksiya
o‘tkazilishi va uning shartlari to‘g‘risida xabardor qiladi.
12. “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Aksiya shartlarini o‘zgartirish huquqiga ega
va ushbu haqda tegishli maʼlumotlar www.uztelecom.uz rasmiy veb-saytida joylashtiriladi yoki
boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi. Ishtirokchilar yuqorida
keltirilgan sayt orqali
kiritilgan o‘zgarishlarni mustaqil ravishda tekshirib borishlari mumkin.