«устоз-шогирд» муносабатларини такомиллаштиришда шарқ мутафаккирлари ижодидан фойдаланишнинг педагогик шарт-шароитлари



Download 0,8 Mb.
bet14/39
Sana14.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#365159
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Bog'liq
“USTOZ-SHOGIRD” MUNOSABATLARINI TAKOMILLASHTIRISHDA SHARQ MUTAFAKKIRLARI IJODIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI (Jorayev B)

Islom dinining asosini imon, e’tiqod tashkil etadi. Shuning uchun hadislarda “Dinning ofati uchtadir: 1) beamal olim; 2) zolim hokim; 3) bilmasdan fatvo aytuvchi ulamo” deyiladi; ilmni qadrlovchi kishiga o’rgatish lozimligi, uni xo’rlovchi, mensimaydigan kishiga o’rgatish gunoh, deb qaraladi.

Ilm bilan shug’ullanishning o’zi etarli emas. Boshqalarni undan xabardor qilish muhimdir. Hadislarning birida ilm o’rganmoq uni tarqatmoq bilan barobar olib boriladi, deyiladi: “Kimki ummatlarimga mening sunnatimga oid 40 hadisni yodlab etkazsa, qiyomat kunida men uni shafoatimga loyiq kishilar safiga kirgizaman”.

Tolibi ilmning xolis, kamtarin bo’lishi o’ta muhimdir. Bilganini ko’z-ko’z qilish, maqtanish gunohdir. Kishi bilganini e’tirof etish bilan birga bilmaganini ham tan olishi joiz. Ayniqsa, diniy faoliyat bilan shug’ullanadigan ulamolar, maktab va madrasalarda tolibi ilmlarga saboq beruvchi ustoz-mudarrislar aytadigan gapini, qiladigan ishini, chiqaradigan fatvosini va beradigan bilimini o’ylab berishi kerak. Hatto aytadigan maslahati ham holisona, beminnat bo’lishi lozim. Hadislarning birida shunday deyiladi: “Kimki birodariga bir ish qilishga bilib noto’g’ri maslahat bersa, demak birodariga xiyonat qilgan bo’ladi”.

Ilm o’zligini anglash, xudoni, dinni bilish demakdir Ilm olimniki pesh qilish vositasi bo’lmasligi zarur. “Kimki olimlarga maqtanish uchun, - deyiladi hadislarda,- yoki nodonlar bilan tortishish, yoxud odamlarning dillarini o’ziga moyil qilish uchun ilm olsa do’zaxga boradi”.

Ilmli kishilarni e’zozlash, hurmat qilish har kim uchun ham farz, ham qarzdir. Shuning uchun ilmli kishilarga insonlar, butun mavjudot xayrixoh. Bir hadisda aytiladi: “Ilmga har bir narsa istig’for aytadi, hatto dengizdagi baliqlar ham”.

Ilm olish hunar o’rganish olijanob va savobli. Ilm, hikmatlar, hunar kishini turli nopok ishlardan asraydi: “Hattoki bir soat ilm o’rganish kechasi bilan ibodat qilib chiqqandan afzaldir” .

Ilm kishilarga naf keltirishi lozim. Olimlar ilm o’rganib boshqalar yo’lini yorug’ qilishlari, ularga rahnomo bo’lishlari joiz. “Ilm ikki xildir, biri qalbda bo’ladi – uni ilmi nofe’ (foydali) deyiladi, ikkinchisi tilda bo’ladi – u odam bolasiga yuborgan Alloh taoloning xujjatidir” (95-hadis). Ilm foydali bo’lishi uchun u odamlarga o’rgatilishi lozim. Ilmli kishi sadoqatli bo’lishi, kishilarga yaxshilikni o’rgatishi kerak. Ilm bilimli kishi uchun fazilat bo’lsa, bu holatni u boshqalarga singdirishi zarur.

“Odamlarga yaxshilikni o’rgatib, o’zini esidan chiqargan olim, kishilarga yorug’lik berib, o’zini quydiradigan shamchiroqqa o’xshaydi” yoki “Ilmni o’rganib uni hech kimga aytmayotgan odam boylikni to’plab uni hech (narsaga) sarf qilmayotgan baxilga o’xshaydi” .

Ilmu xikmat o’tkinchi emas, u abadiy. Shuning uchun mo’min kishiga vafotidan keyin etib turadigan savob narsa uning tarqatgan ilmdir.

Hadislarda ilmli kishi mevali daraxtga o’xshatiladi. Lekin ilmli kishining aytadigan fikrlari boshqalarga xush kelishi, tushunarli bo’lishi darkor. Muhammad payg’ambar o’z hadislarida va’z aytganda kishilarni zeriktirmaslik, aytilayotgan fikrni tushunarli bo’lishini ta’kidlagan: “Osonlashtiringiz, qiyinlashtirmangiz! Xushxabar aytingiz, nafratlantirmangiz (o’zingizdan bezdirmangiz)!” .

Ilmni o’rganish shaxsiy manfaat uchun bo’lmasligi darkor. “Bir kishi Alloh ilmini (Islomni) teran o’rganadir, teran tushunadir va undan manfaatlanadir va Alloh yuborgan hidoyatni o’zi o’rganib, o’zgalarga ham o’rgatadilar. Ikkinchi bir kishi ilm o’rganib, odamlarga o’rgatadilar. Ammo o’zi amal qilmaydi. Uchinchi bir kishi mutakabbirlik qilib o’zi ham o’rganmaydir, o’zgalarga ham o’rgatmaydir. Bulardan birinchisi mo’’min, ikkinchisi fosiq, uchinchisi kofirdir”.

Ilm kishilarni odillik va insonparvarlikka undaydi. Ilmli kishilarni hadislarda unumdor tuproqqa o’xshatiladiki, undan ungan o’simliklar, giyohlar insonlarni oziqlantiradi. Suv erlarga hayot bag’ishlaganidek, ilm ham kishilarga ezgulik, yaxshilik keltiradi: “Ilm ko’p yoqqan yomg’irga o’xshaydir. Ba’zi er sof unumdor bo’lib, yomg’irni o’ziga singdiradir-da, har xil o’simliklar va ko’katlarni o’stiradilar va ba’zi er qurg’oq, qattiq bo’lib, suvni emmasdan o’zida to’playdir. Undan Alloh taolo bandalarini foydalantirgaydir. Odamlar suvdan ichgaydir, hayvonlarni va ekinlarni sug’orgaydirlar. Ba’zi er esa tekis bo’lib, suvni o’zida tutib qolmaydir, ko’katni ham ko’kartirmaydir”, - deyiladi hadislarda.

Ilm, hikmat o’rganmoq mo’minning eng yuksak fazilatidir. Chunki ilm kishilarga tayanch, rahnamo, zebu-ziynat, mo’min uchun ilm hayotining yo’ldoshi va dushmanlarga qarshi kurashda quroldir. “Ilm egallang!- deb xitob qilgan payg’ambarimiz. – Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik damlarida – yo’ldosh, baxtiyor daqiqalarda – rahbar, qayg’uli onlarda – madadkor, odamlar orasida – zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda - quroldir”. Shuning uchun ilm olish yo’lida har qanday riyozat bo’lsa ham kishi undan qaytmasligi kerak. Ilm-hunar o’rganish mashaqqatdir. Ammo inson o’z irodasi, aql-zakovati bilan unga intilmog’i lozim. “Ilmu hunarni Xitoydan bo’lsa ham borib o’rganinglar”, deydi (126-hadis) Muhammad payg’ambar.

Shunday qilib, Qur’oni Karim va Hadislarda insonni o’qib-o’rganishga, ilm vositasi bilan dunyodagi voqea-hodisalarning tub mazmun-mohiyatini anglab etishga targ’ib qilinadi.

Islom madaniyati va tasavvuf ilmining murshidi komillardan biri.Shayx Xovandiy Tohurning “Risolai dah shart” (“o’nta shart haqida risola”) nomli asarida komil inson tarbiyasi va uning tafakkur rivoji, ustoz va shogird munosabatlari haqida fikr yuritilib, soliq (shogird)larga qo’llanma sifatida quyidagi shartlarni bayon qilgan:

Birinchi shart: “... yaxshilik va yomonlikdan, ne’mat va zahmatdan etgan har bir narsani Haqdan deb bilish, hech kimdan ranjimaslik, har bir mavjudodni tasarruf qiluvchi Allohdir deb bilish”.

Allohning bayon qilishicha, har bir soliq (shogird) o’zida namoyon bo’ladigan yaxshilik va yomonlik, ne’mat va zahmatdan keladigan rahmat va zahmat toshlarini tan ola bilishi, ya’ni uni birovdan emas, balki o’zidan deb bilishi, qadriga etishi, bo’layotgan ishlar uchun birovdan ranjimasligi lozimdir. Bunda har lahzada har qanday sharoitga tayyor turishlik jihati nazarda tutiladi.

Allomaning mazkur fikrlari naqshbandiya tariqatining “Xush dar dam” – har bir nafasda ogoh bo’lish, g’aflatdan narida bo’lishlik aqidasi (talabi)ga hamohangdir.

Ikkinchi shartda esa, quyidagi fikr keltiriladi: “Alloh do’stlariga muhabbat qo’yish shu darajadaki, ularni o’zidan ham yaxshiroq ko’rish. Bilginki, ularsiz hech kim hech vaqt Xudoi ta’ologa etishmagan”.

Bunda ustozlar haqida, ularga munosabat xususida gap yuritiladi. Ya’ni, ustozlar – Xudo yuqtirgan insonlar ekanligi, ularga hurmat tuyg’usi bilan qarash, “Ustoz otangdek ulug’!” naqliga amal qilish lozimligi qayd qilinadi.

Uchinchi shart: “Xudoi ta’olo xalqiga qo’ldan kelgancha mehribonlik ko’rsatish va ozor etkazmaslik”.

Alloma uqtiradiki, soliq qo’lidan kelganicha xalqqa yaxshilik qilishi, xalqparvar bo’lishi, boshqalarga yordam berishi, hech kimga ozor etmasligi kerak.

To’rtinchi shart: “Allohdan keladigan har bir narsaga, xoh u lutf bo’lsin, xoh u qahr bo’lsin, rozi bo’lish”. Demak soliq o’z hayotidan rozi bo’lib yashashi, ato etiladigan lutfi-karamni qadriga etishi, yomon illatlar giriftori qahru – g’azabning oldini olishi lozim.

Beshinchi shart: “O’zini hech bir kishidan yaxshiroq deb bilmaslik”. Bunda shogirdning mavjud narsa borki, undan o’zini past tutishi, ya’ni, kamtar bo’lishiga ishora etilgan.

Oltinchi shart: “O’zini hech bir narsani egasi deb bilmaslik, qo’lidagi har bir narsa Allohnikidir”.

Demak, shogird o’zini hech bir insondan ustun qo’ymasligi va hech bir narsaning egasiman, demasligi, qo’lida nimaiki bo’lsa uning qadriga etishi va uni Allohdan deb bilish kerak.

Ettinchi shart: “Iloji boricha ahli dil (ilm ahli) bilan o’tirish, dunyoning moli va obro’idan hazar qilish, toki, unga aldanib qolmaslik kerakki, dunyo – g’addor sehrgardir”.

Bunda qayd etilishicha, iloji va imkoni bo’lsa ahli dil – ilm ahli bilan muloqot qilish, dunyoga o’ch bo’lmaslik, molu davlatga hirs qo’yganlardan uzoq yurish, dunyo – g’addor – aldovchi sehgar ekanligini anglash lozim.

Inson zamondan va vaqtdan ogoh bo’lib, yashashi lozim. Bu naqshbandiya tariqatidagi “vuqufiy zamoniy” aqidasi (talabi)ga mosdir.

Sakkizinchi shartda esa, shogirdga hech qachon va har qanday holatda ham yolg’on gapirmaslik talabi qo’yiladi. Bu erda qalb ogohligi – naqshbandiya tariqatining “vuqufiy - qalbiy” talabi bilan hamohangdir.

To’qqizinchi shart: “Haq ta’oloni doimo hozir deb bilish kerak, bir nafas ham undan g’oyib va g’ofil bo’lmaslik zarur”. Bunda keltirilishicha, shogird Allohni hamisha hozir deb bilishi, uni yod etishi, g’ofil bo’lmasligi zarur. Bu naqshbandiya tariqatidagi “yoddaiy aqida”siga to’g’ri keladi.

O’ninchi shart: “Barcha narsaning asosi bu – piri komildir. U nima desa, darhol aytganini qilishi, uning huzurida boadab bo’lishi lozim. Bilishi lozimki, u (pir) uning holatini ko’rib turuvchi va bilib turuvchidir”.

Mazkur shartda bayon qilinishicha, shogird uchun pir, ustoz ulug’dir. Shogird ustoz o’gitlarini bajarishi, unga amal qilishi, uning huzurida odob saqlashi lozim. Ustoz esa doimo shogirdning ahvolidan xabardor bo’lishi kerak. Shuningdek, ustoz shogirdning kelajagini oldindan ko’ra olsagina, unga ta’lim-tarbiya bera oladi, deyiladi.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish