Ustoz mehnatini moddiy va ma’naviy rag`batlantirish
Ustoz malaka oshirish o’quv jarayoni jadvali asosida o’ziga biriktirilgan shogirdlar bilan birgalikda barcha o’quv va amaliy mashg`ulotlarning o’z vaqtida to’liq bajarilishining monitoringi hududiy ХТB hamda PKQТMOI tomonidan olib boriladi.
Ustoz tomonidan bajarilgan ishlar jurnalda qayd etiladi, imzo bilan rasmiylashtiriladi. Malaka oshirish jarayoni tugagach, jurnal dalolatnoma asosida hududiy malaka oshirish institutiga topshiriladi. Undagi ma’lumotlar Ustoz mehnatiga tegishli PKQТMOI tomonidan haq to’lash uchun asos bo’ladi.
Ustozning mehnatiga haq to’lash soatbay asosda, malaka oshirish institutlarida o’rnatilgan tartib va me’yorlar bo’yicha amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |