Ustoz-shogird maktabi


Ustozning majburiyatlari va vazifalari



Download 19,09 Kb.
bet4/5
Sana04.04.2022
Hajmi19,09 Kb.
#527771
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ustoz

Ustozning majburiyatlari va vazifalari
Shogirdlarning individual rejasi bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirib borishlarini, individual rejasida belgilangan tadbirlarning o’z vaqtida to’liq va sifatli bajarilishini nazorat qiladi.
Uzluksiz malaka oshirish jarayoni monitoringini olib boradi, tegishli hisobotlarni o’z vaqtida tayyorlaydi va tuman(shahar) xalq ta’limi bo’limiga taqdim qiladi.
Shogirdlarining darslarini kuzatadi, tahlil qiladi, amaliy-uslubiy tavsiyalar beradi.
Zamonaviy o’quv-laboratoriya asbob-uskunalari va jihozlaridan samarali foydalanish bo’yicha shogirdlariga ilg`or pedagogik tajribalarni o’rgatadi va amalga tatbiq qilishga ko’maklashadi.
Shogirdlarning o’zlashtirishi monitoringini olib borish
Shogirdlarning o’zlashtirish darajasi quyidagi ko’rsatkichlar asosida aniqlanadi:
-tegishli fan bo’yicha o’quvchilarining o’zlashtirish ko’rsatkichlari o’sishi darajasi;
– ilg`or tajribalarni o’rganishi va amalga tatbiq qilishi;
-o’z faoliyatida innovatsiyalar (ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanishi;
-ijodiy, metodik yoki ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug`ullanishi;
– hamkasb o’qituvchilari orasida reytingining ortishi darajasi va boshqa ko’rsatkichlar.
Natijalar shogird o’qituvchi ishlaydigan ta’lim muassasasidagi tegishli fan metodika birlashmasi hamda Ustoz tomonidan kuzatib boriladi va metodika birlashmasining xulosasi, ustozning hisoboti har chorak yakuni bo’yicha tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limiga taqdim etiladi.
Har chorak yakunida monitoring natijalari bo’yicha yuqori ko’rsatkichlarga erishgan 1-shogirdni ustoz o’qituvchining hamda ta’lim muassasasi tegishli fan metodika birlashmasining tavsiyasiga binoan ustozlar ro’yxatiga o’tkazish, shuningdek natijalari past yoki noto’g`ri tanlangan ustoz, shogirdlarni o’zgartirish kabi masalalar tuman(shahar) xalq ta’limi bo’limi tomonidan ko’rib chiqilib, xulosa qilinadi.
“Ustoz-shogird” metodi bo’yicha ta’lim muassasasida o’qitish shaklida shogirdlar safidan hududiy PKQТMOIga malaka oshirishga yo’llash masalasi tuman(shahar) xalq ta’limi bo’limi tomonidan ko’rib chiqiladi.
Bu metod bo’yicha malaka oshirish hududiy PKQТMOI tomonidan tashkil qilinadi.
Ustoz-shogird” metodi bo’yicha ta’lim muassasasida o’qitishni amalga oshirish tartibi
“Ustoz-shogird” metodi bo’yicha ta’lim muassasasida o’qitish (innovatsiya metodi)ni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi ”Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to’g`risida”gi 25-sonli qaroriga muvofiq “…yuqori malakali pedagog-ustozlar rahbarligida tegishli tipdagi ta’lim muassasalarida fanlar bo’yicha pedagog xodimlarning malakasini maqsadli oshirish” shaklida amalga oshiriladi.
Pedagog-ustozlar ta’lim muassasasida pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oshirishiga rahbarlik qilayotgan, “Ustoz-shogird” metodi bo’yicha ishlayotgan ustozlar orasidan tanlanadi. Bunda ustozning o’zi hamda shogirdlari dars berayotgan o’quvchilarining o’zlashtirishi darajasining o’sishi, ustozning yuqori kasbiy tayyorgarlik darajasiga egaligi, uning metodik va amaliy-pedagogik hamda ijodiy faoliyatidagi natijalari hisobga olinadi.
Pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oshirishiga rahbarlik qiluvchi ustozlar ro’yxati Qoraqalpog`iston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligi, Тoshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari bilan kelishilgan holda hududiy PKQТMOIning buyrug`i bilan tasdiqlanadi.
Ustoz-o’qituvchilarga shogirdlarning malakasini oshirishga rahbarlik qilish uchun ko’pi bilan 3 nafar shogird biriktiriladi.
Hududiy PKQТMOIning majburiyatlari va vazifalari
Тuman(shahar) xalq ta’limi bo’limi yo’llanmasi asosida hududiy PKQТMOI “Ustoz – shogird” metodi bo’yicha malaka oshirishni tashkil etish to’g`risida buyruq chiqaradi.
Buyruq bilan quyidagilar tasdiqlanadi:
– Ustoz va shogirdlarning ish joyi va lavozimi;
– “Ustoz – shogird” metodi bo’yicha malaka oshirishning boshlanish sanasi va davom etish muddati;
– “Ustoz – shogird” metodi bo’yicha malaka oshirish o’quv jarayonining jadvali;
– shogirdlar PKQТMOIda amalda qo’llanilayotgan tegishli pedagog kadrlar malakasini oshirish kursi o’quv-mavzu rejasidagi mutaxassislik fanlari blokini Ustoz tomonidan olib boriladigan o’quv mashg`ulotlari jarayonida, ijtimoiy fanlar va umumkasbiy fanlar bloklari tarkibidagi fanlarni Ustoz rahbarligida mustaqil ravishda PKQТMOIdan zarur bo’lgan o’quv-metodik va nazorat materiallarini, shu jumladan, masofaviy ta’lim materiallarini olgan holda o’zlashtirishi;
– malaka oshirishning ishdan ajralgan yoki ajralmagan holda amalga oshirilishi;
– malaka oshirish jarayonini o’quv-metodik, o’quv-moddiy, moddiy-texnika va moliyaviy ta’minlash masalalari;
– Ustoz mehnatini rag`batlantirish tartibi va manbalari;
– malaka oshirish jarayonining monitoringi va nazorati, bitiruv hujjatlari (sertifikat, pedagogning reyting daftarchasi)ni berish tartibi ko’rsatiladi.
Buyruq nusxasi belgilangan ustoz va shogirdlarning ish joyiga yetkaziladi. Unga muvofiq Ustoz hamda shogirdlar o’zlari ishlaydigan ta’lim muassasasi ma’muriyati bilan kelishilgan holda o’z asosiy ish va malaka oshirish faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Ustozni malaka oshirishga qo’yiladigan davlat talablari, o’quv reja, dasturlar, nazorat materiallari, yakuniy attestatsiya tartibi, o’quv-metodik materiallar, mashg`ulotlarni hisobga olish jurnali, oraliq nazoratlar jadvali, hisobotning namunaviy shakllari va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlaydi.
Ustozning institut kutubxonasida ishlashi, o’quv–moddiy bazasidan foydalanishini tashkil etadi.
Ustoz mehnatiga o’rnatilgan tartibda haq to’laydi, muvaffaqiyatli bitirgan shogirdga bitiruv hujjatlarini beradi.
Ustoz tomonidan shogirdlarning malaka oshirishga qo’yiladigan davlat talablari asosida bilim, ko’nikma, malakalarni o’zlashtirishlarini, mashg`ulotlar jadvali asosida o’quv dasturining o’z vaqtida to’liq va sifatli bajarilishini tahlil qilib boradi.
Ustoz shogirdning kasbiy bilim, ko’nikma, malakalari zamonaviy darajada bo’lishi uchun individul yondashuv asosida zarur tavsiyalar beradi, ilmiy –metodik yordam ko’rsatadi, oraliq nazoratlarni jadvalga muvofiq amalga oshiradi, mashg`ulotlarni hisobga olish jurnalini o’z vaqtida rasmiylashtiradi, tegishli hisobotlarni malaka oshirish institutiga taqdim qiladi.
Malaka oshirish jarayoni oxirida shogirdning yakuniy attestatsiyasi o’rnatilgan tartibda tegishli PKQТMOI tomonidan o’tkaziladi. Bunda shogirdning tajriba orttirishi bo’yicha barcha tur va shakllardagi ishlari yuzasidan hisoboti, Ustoz tomonidan shogirdining malaka ishiga xulosasi hamda shogirdiga bergan tavsifnomasi hisobga olinadi. Attestatsiya natijasiga ko’ra, shogirdga o’rnatilgan tartibda hujjat (sertifikat, pedagogning reyting daftarchasi) berish, Ustoz mehnatiga haq to’lash haqida buyruq chiqariladi.

Download 19,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish