Ustoz-shogird maktabi


Pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oshirishini «Ustoz-shogird» usulida tashkil etish to’g`risida



Download 19,09 Kb.
bet2/5
Sana04.04.2022
Hajmi19,09 Kb.
#527771
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ustoz

Pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oshirishini «Ustoz-shogird» usulida tashkil etish to’g`risida
Nizom
I. Umumiy qoidalar
Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasining “Тa’lim to’g`risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, xalq ta’limi tizimida faoliyat ko’rsatayotgan pedagog kadrlarning lavozim majburiyatlari, ularning kasbiy tayyorlanganligiga qo’yiladigan umumiy malaka talablari asosida pedagog kadrlarning ta’lim muassasasida «Ustoz-shogird» usulida uzluksiz malakasini oshirishni tashkil etish hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi ”Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to’g`risida”gi 25-sonli qarori asosida “Ustoz-shogird” metodi bo’yicha ta’lim muassasasida o’qitish (innovatsiya metodi)ni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ustoz-shogird maktabini tashkil etish tartibi
Тa’lim muassasasida pedagog kadrlarning «Ustoz-shogird» usulida uzluksiz malakasini oshirishni tashkil qilish uchun tuman(shahar) xalq ta’limi bo’limlari tomonidan ustozlar tanlovi amalga oshiriladi.
Ustoz har bir fan yo’nalishi bo’yicha quyidagi talablarga javob bera oladigan nomzodlar orasidan tanlab olinadi:
– oliy pedagogik ma’lumotga ega bo’lishi;
– o’zi faoliyat olib borayotgan ta’lim yo’nalishi bo’yicha kamida 10 yillik pedagogik stajga ega bo’lishi;
– o’z fani yo’nalishida ilg`or tajribaga ega, ijodkor, tashabbuskor, yangilikka intiluvchan, muntazam ravishda sohaviy bilimlarini oshirib borishi;
– uning faoliyati to’g`risida ta’lim muassasasi rahbarlari, kasbdoshlari, o’quvchilar va ularning ota-onalari tomonidan ijobiy bahoga ega bo’lishi;
– kamida ikki marta malaka oshirishdan o’tgan bo’lishi;
– oliy yoki birinchi toifali o’qituvchi bo’lishi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi 25-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Pedagog kadrlarning tayyorlanganligiga qo’yiladigan talablar. Umumiy malaka talablari” ga muvofiq o’qitish, tarbiyalash, o’quv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta’minlaydigan shaxsiy sifatlarga, ta’lim olayotganlarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahoratiga ega bo’lishi kerak.
Shu bilan birga:
– respublika va mahalliy matbuotda e’lon qilingan maqola yoki ilmiy, ilmiy-metodik, ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruzachi sifatida ishtirok etib, to’plamlarda chop etilgan ma’ruzalar muallifi;
-“Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi”, “Yilning eng yaxshi pedagogi”, yoki “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” ko’rik-tanlovi sovrindori;
– o’quvchilarining fanni o’zlashtirish sifat ko’rsatkichi yuqori bo’lishi va boshqa ko’rsatkichlari ham hisobga olinadi.
Ustoz-o’qituvchilarni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “Iste’dod” jamg`armasida tashkil etiladigan kurslarda hamda turli o’quv seminar va treninglarda tayyorgarlikdan o’tkazib borish ko’zda tutiladi.
Тanlangan ustoz o’z ish joyidagi xizmat vazifalarini to’liq bajarishi va shu bilan birga, o’ziga biriktirilgan shogirdlar bilan shug`ullanishi uchun sarflanadigan vaqtni hisobga olgan holda bir Ustozga ko’pi bilan 3 nafar shogird biriktiriladi.
Shogirdlardan bir nafari Ustoz ishlaydigan ta’lim muassasasidan, qolgan ikki nafari Ustoz ishlaydigan maktabga yaqin hududdagi maktablardan, ulardagi tegishli fan metodika birlashmalarining tavsiyasiga binoan tanlanib, tuman(shahar) xalq ta’limi bo’limi buyrug`i bilan ustozga biriktiriladi.
Shogirdlarni tanlashda ularning kasbiy tayyorgarlik darajasi quyidagicha bo’lishi ko’zda tutiladi:
– 1 – shogird 8-10 yillik pedagogik ish stajiga ega, tajribali, kasbiy mahorati yuqori bo’lgan pedagog;
– 2 – shogird 5-8 yillik pedagogik ish stajiga ega bo’lgan pedagog;
-3 – shogird 5 yilgacha pedagogik ish stajiga ega bo’lgan yosh mutaxassis.
Тuman(shahar) xalq ta’limi bo’limining shogirdlarni Ustozga biriktirish to’g`risidagi buyrug`ida quyidagilar aks ettiriladi:
– belgilangan Ustoz va shogirdlarning ish joyi, lavozimi;
– uzluksiz malaka oshirishning o’quv-metodik, o’quv-moddiy, moddiy-texnika va moliyaviy ta’minoti masalalari;
– Ustoz mehnatini rag`batlantirish tartibi va manbalari;
– uzluksiz malaka oshirish jarayoni monitoringi va nazorati tartibi.
Mazkur buyruq bilan shogirdlarning “Ustoz – shogird” metodi bo’yicha o’quv yiliga mo’ljallangan uzluksiz malaka oshirish jarayoni jadvali tasdiqlanadi. Buyruq nusxasi belgilangan Ustozning va shogirdlarning ish joyiga yetkaziladi. Unga muvofiq Ustoz hamda shogirdlar o’zlari ishlaydigan ta’lim muassasasi ma’muriyati bilan kelishilgan holda o’z asosiy ish va uzluksiz malaka oshirish faoliyatlarini muvofiqlashtiradi.
Uzluksiz malaka oshirish jarayoni har bir shogirdning Ustoz rahbarligida mustaqil o’qib bilim olish bo’yicha individual rejasini shakllantirishdan boshlanadi. Bu rejada shogirdning mutaxassislik fani nazariyasi va uni o’qitish metodikasi, pedagogika, psixologiya, milliy g`oya va ma’naviyat asoslari va boshqa yo’nalishlar bo’yicha kasbiy tayyorgarligi darajasini oshirib borishi ko’zda tutiladi.
O’zaro darslar kuzatish va tahlil qilishni tegishli fan o’qituvchilarining metodik kunlarida, birinchi haftada Ustoz ishlaydigan ta’lim muassasasida uning darsini, keyingi haftalarda navbati bilan shogirdlar ishlaydigan ta’lim muassasalarida ularning darsini kuzatish va tahlil qilish shaklida olib boriladi. Buning uchun tegishli ta’lim muassasalari ma’muriyati tomonidan metodik kunlarda 1 soatdan “Ustoz-shogird” darslarini o’tkazish uchun dars jadvali muvofiqlashtirib beriladi.

Download 19,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish