Ustav kapitali auditining me’yoriy-huquqiy asoslari va ma’lumot manbalari


Sintetik va analitik hisob registrlarini tekshirish



Download 0,78 Mb.
bet11/17
Sana31.12.2021
Hajmi0,78 Mb.
#263277
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Устав капитал аудити (2)

4. Sintetik va analitik hisob registrlarini tekshirish

Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli qo‘llaniladigan korxona-larda amaldagi qoidalarga muvofiq 8310-8330 schyotlar bo‘yicha №13- jurnal-order va analitik hisob vedomostlari qo‘llaniladi. Buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan korxonalarda 8300-ustav kapitalini hisobga oladigan schyotlar (8310-8330), 4610- “Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sislarning qarzlari” va 6620- Chiqib ketayotgan ta’sislarning ulushlari bo‘yicha qarzlar» schyotlari bo‘yicha sintetik va analitik hisob yuritiladi-gan kompyuter dasturlari qo‘llaniladi.

Shuningdek, Bosh daftar yoki oborot-saldo vedomostlari ham tekshi-riladi.

Qoidaga ko‘ra, ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga qo‘shiladigan hissalar hisobda va balansda ularning haqiqatda kirim qilinish me’yoriga qarab aks ettiriladi: asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy qiy-matliklar uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasining tuzilgan sanasi, pul mablag‘lari uchun mablag‘larining korxona schyotiga kelib tushgani (bank ko‘chirmasi va unga ilova qilingan tegishli hujjat). Bunda ushbu hissalarning analitik hisobi har bir ishtirokchi bo‘yicha yuritiladi.

Hissalarning belgilangan miqdori kirim qilinganidan so‘ng ustav kapi-talining tashkil etilishi hisobda aks ettiriladi.

Ustav kapitalining miqdori ta’sis hujjatlarida belgilanganidan oshib ketmasligini ta’kidlab o‘tish zarur.

Korxona ta’sischilari ulushlarining yig‘indisi (ulushlar, aksiyalar, pay badallari) ta’sis hujjatlarida qayd qilingan ustav kapitalining miqdori va summalari tegishli dastlabki hujjatlarga (dalolatnomalar, bank ko‘chirma-lari, bank kassasiga naqd pul topshirilganligi to‘g‘risida kvitantsiya va h. k) asosan schyotlar aloqasi tuzilib, dastlabki buxgalteriya balansida aks ettiriladi.

Ustav kapitali summasi ta’sis hujjatlari, hisob registrlari va hisobot-dagi ma’lumotlarga teng bo‘lishi lozim.



№21 –BHMS ga muvofiq ustav kapitalini hisobga oladigan schyotlar (8310-«Oddiy aksiyalar», 8320-«Imtiyozli aksiyalar», 8330-«Pay va ulush-lar») krediti va 4610 –«Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari» schyotining debeti bo‘yicha yozuvlar korxona davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng amalga oshiriladi.

Ustav kapitali to‘liq va to‘g‘ri shakllanishi 4610–«Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari» schyoti ma’lumotlari bilan 8310–«Oddiy aksiyalar», 8320–«Imtiyozli aksiyalar» schyotlari yoki 8330–«Paylar va ulushlar» schyoti (xo‘jalik yurituvchi subyekt tashkiliy-huquqiy shakliga qarab tegishli schyot) ma’lumotlarini solishtirish asosida tekshiriladi.

Har bir ta’sischi tomonidan ustav kapitaliga ulushlarning haqiqatan qo‘shilganligini tasdiqlovchi buxgalteriya hujjatlarining mavjudligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirish orqali aniqlanadi. Natura shakli-dagi ulushlar (asosiy vositalar, materiallar va h. k) tegishli shakldagi dalo-latnomalar, pul mablag‘lari esa kassa va bank hujjatlari bilan tasdiqlanadi. Tasdiqlovchi hujjatlarda tegishli mablag‘larning aynan ustav kapitaliga ulush sifatida ta’sis hujjatlariga muvofiq topshirilganligi haqida ma’lumot-lar bo‘lishi lozim. Bu nafaqat ustav kapitaliga qo‘shiladigan ulushlarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri rasmiylashtirish uchun, balki soliqqa tortish masalalari uchun ham zarurdir10.

Shuningdek, tekshiruv chog‘ida ushbu hujjatlar shakl va mazmun-larining O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»ga Qonun 9-moddasi talablariga muvofiqligi ham aniqlanadi.

Ustav kapitaliga chet el valutasida qo‘shiladigan ulushlarning to‘g‘ri aks ettirilganligini aniqlash «Chet el valutasida amalga oshiriladigan muomalalarni buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarda aks ettirish TARTIBI» (O‘z. R. Adliya vazirligida 2000-yil 3 iyunda 931-tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan) talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Chet el valutasidagi ustav kapitali va ta’sischilarning ustav kapi-taliga ulushlar bo‘yicha qarzlarini shakllantirish ta’sis hujjatlari imzolan-gan sanada amalda bo‘lgan O‘z. R. MB kursi bo‘yicha so‘mga hisoblab o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda auditor chet el valutasi kursi va so‘mga hisoblab o‘tkazishning to‘g‘riligini hamda schyotlarda aks et-tirilishini tekshirishi zarur.

Ustav kapitaliga ulushlarning ta’sischilar tomonidan haqiqatda qo‘-shilganligi tegishli dastlabki hujjatlar va 4610-«Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari», 6620-«Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ularning ulushlari bo‘yicha to‘lanadigan qarzlar» schyotlari bo‘yicha hisob registrlaridagi yozuvlar asosida tekshiriladi. 4610-schyotning debet qol-dig‘i ta’sischilarning ustav kapitaliga qo‘shadigan ulushlari bo‘yicha qarz-larini, 6620- schyotning kredit qoldig‘i korxonaning chiqib ketayotgan ta’-sischilardan ustav kapitalidagi ulushlari bo‘yicha qarzlarni bildiradi. Audi-tor ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzlarning o‘z vaqtida to‘lanishi va 4610 va 6620 schyotlar bo‘yicha qoldiqlarning haqqoniyligini aniqlashi lozim.

Aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitalining to‘g‘ri shakllantirilishini tekshirishda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:

– ustav kapitali aksiyadorlar tomonidan sotib olingan aksiyadorlik ja-miyati aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topganligi;

– barcha aksiyalar egasi yozilgan aksiya ekanligi va ta’sis etishda ta’-sischilar o‘rtasida joylashtirilgan bo‘lishi lozim;

– joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining 10% dan oshmasligi lozim;

– aksiyadorlik jamiyati aksiyalari uni ta’sis etish chog‘ida ustavda ko‘rsatilgan muddat davomida to‘liq to‘lanishi lozim. Ammo ustav kapi-talining kamida 50% bir oy ichida, qolgan qismi esa jamiyat ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab bir yil ichida to‘lanishi lozim;

– to‘lov shakllari (pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, pulda baho-langan boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar) aksiyadorlik jamiyatining ustavi va ta’sis shartnomasiga mos kelishi lozim;

– ochiq va yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarining chiqarilgan aksiyalari reestrda ro‘yxatga olingan bo‘lishi shart;

– aksiyalarning analitik hisobi ta’sischilar, ustav kapitalining shakllanish bosqichlari va aksiyalarning turlari bo‘yicha batafsil ma’lumot olishni ta’minlashi lozim.

Auditor tekshiruv jarayonida oddiy aksiyalaardan iborat aksiyadorlik kapitali (8310-schyot), imtiyozli aksiyalar ko‘rinishidagi aksiyadorlik ka-pitali (8320-schyot), qaytarib sotib olingan oddiy xususiy aksiyalar(8610-schyot) va qaytarib sotib olingan imtiyozli xususiy aksiyalar(8620-schyot)ni alohida tekshiradi.

№21 BHMS ga muvofiq aksiyadorlik jamiyati davlat ro‘yxatidan o‘t-gan paytdan boshlab oddiy va imtiyozli aksiyalarning obuna summasi mos ravishda 8310 va 8320-schyotlar kreditida aks ettirilishi lozim (Dt 4610-schyot, Kt 8310, 8320-schyotlar). Obuna bo‘lingan aksiyalar qiymati ta’-sischilar tomonidapn pul, qimmatli qog‘ozlar, pulda baholangan boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar bilan to‘lanishi mumkin11.

Ustav kapitalining shakllanishini tekshirishda aksiyalar qiymatini to‘-lash uchun topshirilgan mulklarning to‘g‘ri baholanganligini aniqlash za-rur. Bu mulklarni baholash ta’sischilarning kelishuviga muvofiq amalga oshirilishi, qonunda ko‘zda tutilgan hollarda esa mustaqil ekspert baho-lashi lozim.

Ustav kapitaliga ulushlarning haqqoniy qo‘shilganligini auditor ta’sis-chilar bilan hisob-kitoblarni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi va to‘g‘-ri rasmiylashtirilganligini tekshirish orqali aniqlaydi. Tasdiqlovchi huj-jatlarda ustav kapitalini shakllantirish to‘g‘risida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Bu nafaqat muomalani buxgalteriya hisobi schyotlarida to‘g‘ri aks ettirish uchun, balki soliqlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llashning to‘g‘rili-gini asoslash uchun ham muhimdir.



Dastlabki hujjatlar (asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, yuk xatlari, schyotlar, kassa hisobotlari, bank ko‘-chirmalari, to‘lov topshiriqnomalari va b) bo‘yicha ustav kapi-taliga qo‘shil-gan ulushlarning tegishli schyotlarda to‘g‘ri aks ettirilganligi tekshiriladi.

Ustav kapitaliga qo‘shilgan ulushlarni tekshirishda auditor ishtirokida inventarizatsiya o‘tkazish maqsadga muvofiq. Bunda ustav kapitaliga ulush sifatida ishlashga yaroqsiz asosiy vositalar, amaliy qiymatini yo‘-qotgan nomoddiy aktivlar qo‘shilgan holatlar aniqlanishi mumkin.

Ustav kapitali o‘zgarishining asosliligini tekshirish 8310-«Ustav kapi-talini hisobga olinadigan schyotlar»(8310, 8320, 8330-schyotlar) bo‘yicha hisob registrlarining yozuvlarini tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday yozuvlar ustav kapitali beligilangan tartibda ko‘paytirilgan yoki kamaytirilgan holatdagina, faqat aksiyadorlik jamiyatining ta’sis hujjat-lariga tegishli tarzda o‘zgartirishlar kiritilganidan so‘ng amalga oshiriladi.

«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qi-lish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga muvofiq «jamiyatning ustav fondi aksiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qo‘shim-cha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirilishi mumkin» (18)

Tekshiruv chog‘ida ustav kapitalini ko‘paytirish manbalari aniqlana-di. Ular asosan quyidagilar hisobiga bo‘lishi mumkin:

– emitent-aksiyadorlik jamiyatining o‘z aksiyalarini ularning nominal qiymatidan yuqori bahoda sotishdan olingan mablag‘lar, ya’ni emission daromad (Kt 8320-schyot);

– jamg‘arma, iste’mol va boshqa fondlar hamda ishlatilmagan zaxiralar mablag‘lari;

– oldingi yil yakuni bo‘yicha taqsimlanmagan foyda;

– grantlar, subsidiyalar va qaytarib berilmaydigan yordamlar hisobiga (Kt 8810, 8820, 8890-schyotlar);

– aktivlarni qayta baholashdan hosil bo‘lgan manba hisobiga (Kt 8510-schyot);

– dividendlar hisobiga.

Auditor ustav kapitali kamaytirilishining asosliligini ham tekshiradi.

Yuqorida nomi qayd qilingan qonunning 22-moddasiga muvofiq «Jamiyatning ustav fondi aksiyalarning nominal qiymatini yoki ularning umu-miy sonini qisqartirish yo‘li bilan, shu jumladan aksiyalarning bir qismini jamiyatning o‘zi keyinchalik muomaladan chiqarish sharti bilan sotib olishi yo‘li bilan kamaytirilishi mumkin»12.

Auditor ustav kapitalining korxona xususiy manbalarini kapitallashti-rish hisobiga ko‘paytirilishi yoki yuqoridagi holatda kamaytirilishi to‘g‘-risida aksiyadorlar majlisining qarori mavjudligini ham aniqlaydi. Ustav kapitali ko‘paytirilganda qo‘shimcha aksiyalar qiymatini to‘lash shakli ularni joylashtirish to‘g‘risidagi qaror bilan belgilanadi.

Keyinchalik auditor asosiy va qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalar qiy-matining to‘lanishini tekshiradi. «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyador-larning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 37-moddasiga muvofiq «Jamiyat aksiyalariga haq to‘lash bozor qiymatida amalga oshi-riladi» (18).

Faqat quyidagi hollardagina aksiyalar ularning bozor qiymatidan ar-zonroq narxda joylashtirilishi mumkin:

– jamiyatning qo‘shimcha oddiy aksiyalari oddiy aksiyalar egalari bo‘lgan aksiyadorlarga joylashtirilib, ular oddiy aksiyalarni bozor qiymati-ning to‘qson foizidan past bo‘lmagan narxda sotib olishdan iborat o‘z imtiyozli huquqlarini ro‘yobga chiqargan hollarda;

– qo‘shimcha aksiyalar vositachi ishtirokida joylashtirilib, ularning bahosi bozor bahosidan ko‘pi bilan bunday aksiyalarni joylashtirish baho-siga nisbatan foizlarda belgilangan vositachilik haqi miqdorida arzon bo‘lganida.

Ustav kapitalini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning yakunlovchi bosqichida uning eng kam miqdori to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi ham aniqlanadi.

Ustav kapitalining sintetik va analitik hisobini yuritishning to‘g‘riligi mazkur korxonada qo‘llanilayotgan hisob shaklining registrlari (memorial-orderlar, daftarlar, jurnal-orderlar, mashinagrammalar va h. k) ma’lumot-larini tekshirish bilan aniqlanadi.

Ustav kapitalining analitik hisobini tekshirishda nafaqat uning sintetik hisob ma’lumotlariga tengligi, balki aksiyalarning turlari, ularning egalari, aksiyalar uchun hisob-kitoblarning ahvoli va boshqalar bo‘yicha axborot olish imkoniyatlari ham aniqlanadi.

Shuningdek, auditor «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyalarning hu-quqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 47-50 moddalariga muvofiq aksiyadorlar reestrini yuritish qoidalariga rioya qilinishini ham tekshiradi.

Barcha bajarilgan tekshiruv amallari va aniqlangan nomuvofiqliklar auditorning ishchi hujjatlarida aks ettiriladi.

Tekshiruv yakunida auditor ustav kapitalini hisobga olish va hisobotda aks ettirish bo‘yicha aniqlangan tafovutlarning qanchalik jiddiyligi(katta-kichikligi)ni me’yoriy hujjatlar talablariga nisbatan aniqlaydi. Agar auditor aniqlangan tafovut ustav kapitaliga doir hisobot ko‘rsatkichlariga unchalik ta’sir qilmaydi deb hisoblasa, u ushbu ko‘rsatkichlarning ishonchliligi to‘g‘risida ijobiy auditorlik xulosasi tuzishi mumkin. Agar ahvol bunga teskari bo‘lsa, ya’ni aniqlangan tafovutlar ustav kapitaliga doir hisobot ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada buzib ko‘rsatilganligi aniqlansa, u holda auditor ushbu kamchiliklarni aks ettirib salbiy auditorlik xulosasi tuzadi.




Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish