TIBBIYOT AMALIYOTIDA ISHLATILADIGAN UGLEVODLAR.
Uglevodlar tabiatda keng tarqalgan moddalardan bo'lib, ular ayniqsa, o'simliklarda ko'p uchraydi. Masalan, glukoza-uzum sharbatida, ko'pchilik o'simliklarning mevasida, ildizpoyasida, ildizida, bargida va boshqa a’zolarida erkin holda, ba’zi o'simliklarda esa glikozidsimon birikkan shaklda uchraydi.
Glukozaning chinligini aniqlashda, uning ishqoriy muhitda siklik bog'lanishining yengil buzilib ketishi va unda aldegid xossa paydo bo‘lishidan foydalaniladi. Masalan, glukoza eritmasiga Feling suyuqligi qo'shib qizdirilganda, qizil g'isht rangii cho'kma holida mis (I) oksid ajralib chiqadi. Bu reaksiya ishqoriy muhitda glukozaning glukonat kislotasiga oksidlanishi va Feling suyuqligidan ikki valentli misni esa mis (I) oksidgacha qaytarilib, cho'kma holida ajralib chiqishiga asoslangan. Reaksiyani quyidagi tenglamalar bilan ifodalash mumkin:
Aldegidlarga qo'llanadigan boshqa reaksiyalardan ham, glukozaning chinligini aniqlashda foydalaniladi. Masalan, kumush ko'zgu reaksiyasi hamda glukozaning konsentrlangan sulfat yoki xlorid kislota ishtirokida oksimetil furfurolga o'tishi va keyinchalik uning ba’zi fenollar yoki aromatik aminlar (rezorsin, timol, α,β-naflol, fenatsetin, nafilamin, novokain va boshqa) bilan ko'k, qizil, qizil-binafsha rangii birikmalar hosil qilish reaksiyalari.
Bu reaksiyani amalga oshirish uchun glukozaning kristall holdagisini baravar miqdorda timol bilan aralashtirib, unga bir necha tomchi konsentrlangan sulfat kislota va suv tomizilganda to'q qizil rangli kondensirlangan bo'yoq modda hosil bo'ladi.
Bunda avval glukoza konsentrlangan sulfat kislota ta’sirida o 'zidan suv chiqarib, oksimetil furfurolga o'tadi:
So'ngra oksimetilfurfurol timol bilan reaksiyaga kirishib, xinoid xilidagi to'q qizil rangli birikma hosil qiladi:
Glukozaning chinligini uning fizikaviy konstantalari, solishtirma buruvchanligi orqali ham aniqlash mumkin.
Me’yoriy hujjarlarda glukozaning tozaligiga juda katta e’tibor berilgan. Uning talabi bo'yicha dori moddasining eritmasi tiniq rangsiz va kislotali muhitga ega bo'lmasligi kerak. Glukozaning tarkibida xlorid, sulfat, kalsiy, bariy, og'ir metall ionlarining bor-yo'qligi tekshirib ko'riladi. Ularning faqat etalon eritmasidagi miqdorda bo'lishiga yo'l qo'yiladi. Bulardan tashqari, glukoza tarkibida dekstrin va margimushning bor-yo'qligi tekshiriladi. Glukozaning inyeksion eritmadagi miqdori refraktometrik usul bo'yicha aniqlanadi. Glukozaning miqdori yana yodometrik usul bilan ham aniqlanadi. Bunda preparatdan ma’lum miqdorda olib, suvdagi eritmasiga ishqoriy muhitda aniq bir hajmda, ortiqcha yodning 0,1 mol/1 eritmasi qo'shiladi. Glukoza glukonat kislotagacha oksidlanadi:
Glukoza gipoglikemiyada, har xil jigar kasalliklarida, yuqumli xastaliklarda, gemogragik diatez va turli moddalar bilan zaharlanganda ishlatiladi. Glukozaning inyeksiyada qo'llanadigan eritmalariga barqarorligini saqlovchi modda sifatida pH qiymati 3-4 ga teng bo'ladigan miqdorda 0,1 mol/l xlorid kislota eritmasi qo'shiladi. Belgilangan konsentratsiyadan ortiq qo'shilgan xlorid kislota ta’sirida eritma isitilganda, glukoza oksimetilfurfurolga o'tib ketishi mumkin. Glukoza og'zi mahkam berkitiladigan idishlarda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |