Usmonova oysha nurqobil qizining organik kimyo fanidan organik biologik faol birikmalar



Download 0,66 Mb.
bet1/5
Sana18.01.2022
Hajmi0,66 Mb.
#388782
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Organik biologik faol birikmalar




NAVOIY ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIK TEXNIKUMI FARMATSIYA YO’NALISHI 135- GURUH TALABASI

USMONOVA OYSHA NURQOBIL QIZINING

ORGANIK KIMYO FANIDAN

ORGANIK BIOLOGIK FAOL BIRIKMALAR

MAVZUSIDA YOZGAN


REFERATI

Navoiy -2021 yil


  1. RE J A:

1. Tibbiyot sohasining rivojlanishiga hissa qo’shgan allomalar haqida ma’lumot

2. Organik modda molekula tuzilishi bilan uning organizmga ta’siri o'rtasidagi bog'liqlik.

3. Tibbiyot amaliyotida ishlatiladigan uglevodlar.

4. Vitamin ta’siriga ega bo‘lgan karbon kislotalar



TIBBIYOT SOHASINING RIVOJLANISHIGA HISSA QO’SHGAN ALLOMALAR HAQIDA MA’LUMOT

Dori moddalarini olishda hozirgacha tabiiy manbalar, jumladan, o'simlik va hayvon mahsulotlari, neft, toshko'mir, yoqilg’i slans, turli minerallar, qazilma ma’danlar va boshqa qazilmalar asosiy xomashyo hisoblanadi. Kimyoviy tasniflashda dori moddalari kimyoviy xossalariga ko'ra ikki asosiy guruhga ajratiladi:

a) noorganik guruh dori moddalari;

b) organik guruh dori moddalari.

Noorganik guruh dori moddalari asosan undagi elementlarning D.I. Mendeleyev davriy sistemasida tutgan o'miga qarab guruhlanadi. Bundan tashqari, har qaysi element guruhiga kiruvchi preparatlar o‘z navbatida oksidlar, kislotalar, tuzlar va kompleks birikmalar kabi guruhlarga bo'lib chiqqan holda o'rganiladi.

Organik dori moddalari, ularning kimyoviy tuzilishlari asosida, organik kimyoda qabul qilingan qoida bo'yicha quyidagi asosiy sinflarga bo'linadi.

1. Alisiklik (alifatik) birikmalar. Bu guruhni barcha ochiq zanjirli tuzilishdagi dori moddalari tashkil qiladi.

2. Karbosiklik birikmalar. Bunga barcha siklik (halqali) tuzilishdagi dori moddalari kiradi. Ular o'z navbatida alisiklik (alifatik siklik) va aromatik birikma guruhlariga ajratiladi.

Alisiklik birikmalar guruhiga gidroaromatik halqa saqlagan adamantan hosilalari, terpenoidlar, steroid tuzilishli va boshqa shu kabi dori moddalari kiradi.

Aromatik birikmalar guruhining tarkibini benzol halqasidan iborat (fenollar, tetrasiklinlar, aromatik kislotalar, aminokislotalar va boshqalar) dori moddalari tashkil qiladi.

3. Geterosiklik birikmalar. Bu guruhga tarkibida uglerod atomidan tashqari kislorod, oltingugurt va azot geteroatomlarini saqlagan halqali tabiiy (alkaloid, vitamin, antibiotik) va sintez yo'li bilan olingan ko'p sonli dori moddalari kiradi.

Quyidagi mavzularda har bir ayrim sinfga kiruvchi moddalar o'z navbatida, tarkibidagi funksional guruhlarga (-OH, -CHO, -COOH, -NH2, -SH va boshqalarga) qarab yangi guruhlarga (uglevodorodlar va ulaming galogenli hosilalari, spirtlar, aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalar, laktonlar, aminlar va h.k.) bo'lib o'rganiladi.

Ko'pchilik sintetik organik moddalarni olishda koks-kimyo, o‘rmonchilik-kimyo va neftni qayta ishlash sanoati korxonalarida, toshko'mir, yog‘och va yoqilg‘i slanslarini quruq haydash, neftning esa turli fraksiyalarida haydab olingan mahsulotlari ishlatiladi. Masalan, toshko'mirni kokslash jarayonida ajratib olingan qatronning tarkibi ancha murakkab bo’lib, unda taxminan 400 dan ortiq turli guruh organik birikmalar (alifatik aromatik geterosiklik va boshqalar) bo’ladi. Ularning aksariyat qismini aromatik birikmalar (fenol, krezol, ksilol, naftalin, metilnaftalin, antratsen va hokazo), kam qismini esa geterosiklik birikmalar tashkil qiladi.

Toshko'mir qatronidan haydab olingan fraksiyalardan har qaysi moddani ayrim holda rektifikatsiya va kristallizatsiya usuilari yordamida ajratib olinadi va ulardan turli dori vositalarini sintez qilishda boshlang’ich mahsulot sifatida foydalaniladi. Yog'ochni ham quruq haydash yordamida turli moddalar olinadi. Ularga metanol, atseton, sirka kislota, turli fenollar va boshqa organik moddalar kiradi. Yog‘och furfurol moddasini olishda asosiy tabiiy manbalardan biri hisoblanadi.

Hozirda undan furatsillin, furadonin, furazolidon kabi yuqori biologik ta’sirli dori moddalarini tayyorlashda foydalaniladi. Buning uchun furfurolni gaz fazasida katalizator sirtida oksidlab malein angidrid olinadi. Atsetilnitrat bilan nitrolash natijasida 5-nitrofurfuroldiatsetat hosil bo'ladi.



5-Nitrofurfuroldiatsetat 5-nitrofurfurol hosilalarini sintez qilish uchun dastlabki modda hisoblanadi, mazkur birikma meditsina va veterinariyada kuchli bakteritsid sifatida ishlatiladi:



Neftni qayta ishlash mahsulotlaridan tibbiyot va farmatsevtika amaliyotida, asosan uning tarkibidagi to'yingan uglevodorodlardan tashkil topgan suyuq va qattiq preparatlardan vazelin moyi, vazelin va qattiq parafinlar keng qo'llanadi. Yoqilg'i slanslarini quruq haydash jarayonida tibbiyot uchun juda muhim dorilardan ixtiol preparati va yana bir qator boshqa geterosiklik birikmalar olinadi.

Har xil oilaga kiruvchi ko'pdan ko'p o'simliklarning turli organlaridan (bargi, po'stlog'i, poyasi, ildizi, mevasi va guli) oqsil, uglevod va efir moylaridan tashqari bir qator juda qimmatbaho biologik faol moddalar ham olinadi. Ularga terpenoidlar, alkaloidlar, glikozidlar, vitaminlar va boshqa preparatlar misol bo'la oladi.

Hozirgi vaqtda ularning ko'pchiligi sintez yo'li bilan olinadi. Biroq hozirgacha ham turli dori moddalarini olishda ko'pchilik dorivor o'simliklar xomashyo sifatida o'z qimmatini saqlab kelmoqda. Masalan, yurak glikozidlari, ba’zi alkaloidlar (morfin, strixnin, xinin, rezerpin va boshqalar) faqat o'simliklardan olinadi.

Alkaloidlar mеditsinada ishlatiladigan dorivor moddalarning ichida eng qimmatlisi hisoblanadi. Alkaloidlar o’zlarining fiziologik ta'sirini xilma - xilligi tufayli juda ko’p kasalliklarda qo’llaniladi. Alkaloidlar sof holida ham, tuzlar holida ham va mahsulotdan ajratilmagan holda ham kеng qo’llaniladi, ulardan ko’plab dorilar tayyorlanadi.

.Tibbiyot sohasini rivojlantirishda o’zbek allomalari  katta hissa qo’shganlar. Sharqning buyuk tabibi Ibn Abbos (997 yilda vafot etgan) o’z asarlarida yillar sayin yangi dori moddalari paydo bo’lishi, ularni avval hayvonlarda sinab ko’rish zarurligini ta’kidlagan.  Sharqning qomusiy olimi, tabibi, mutafakkiri Abu Bakr Muxammad ibn Zakariyo ar-Roziyning (865-925 y) tabobatga doir 36 asari bizgacha etib kelgan: o’z asarlarida terapiya, xirurgiya, farmakognoziya, farmakologiya, psixologiya ilmlarini yangi goya va ixtirolar bilan boyitgan. Ushbu olimning tibbiyotga va kimyoga bagishlangan asarlari o’rta asrlarda Sharq va Garbda shu soxalarning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatgan.  Tibbiyot fani rivojida O’rta Osiyoning buyuk hakimi Abu Ali Ibn Sino hissasi juda katta bo’lgan “Tib qonunlari”, “Kitob ush shifo”, “Kitobi al kalbiya” kabi asarlarida o’sha davr tibbiyotida qo’llanilgan dori moddalari keltirilgan. “Tib qonunlari” ning birinchi kitobida 811 xil oddiy dori moddalari keltirilgan, ulardan 612 tasi o’simliklarga mansub. Beshinchi kitobda murakkab dori moddalarni tayyorlash va ularni qo’llash usullari bayon etilgan. Ibn Sino dorilarni bemorlarni mijoziga qarab ishlatish zarurligini uqtirgan, dori moddalarini mijoz bo’yicha isituvchi, sovituvchi, qurituvchi, namlovchi turlarga bo’lgan: Ibn Sino dori moddalariga bag’ishlangan  she’riy “Urjuza fi-t-tibb” yozgan. Ibn Sino Ovrupo shifokorlaridan 400 yil oldin zaxm kasalligini simob bilan davolagan. 

Abu Ali ibn Sinoning «Тib qonunlari» kitobining ahamiyati shundaki, bu kitobda qadimgi Rim, Yunoniston, Eron, Hindiston va O‘rta Osiyo meditsinasining farmatsevtika sohasidagi tajribalari birlashtirilgandir.

Abu Ali ibn Sino o‘z zamonasida qo‘llanilgan dorilar ko‘lamini Hindiston, Xitoy, Eron va O‘rta dengiz sohillaridan keltirilgan ko‘pgina dorilar hisobiga ancha kengaytirdi.



Tibbiyotning rivojlanishida buyuk qomusiy olim Abu Rayxon Beruniyning ham hissasi katta, “Saydana” asarida XI asrda ma’lum bo’lgan dori moddalari, to’rt yarim mingdan ortiq o’simliklar, hayvonlar, minerallar va ulardan olinadigan oziqalarning nomlari va izohlari keltirilgan. Beruniy insonning ichiga tushadigan har bir narsa yo oziq-ovqat yoki zahar bo’ladi, dorilar ana shularning o’rtasida turadi, degan. Dastavval oddiy dorilar tavsiya qilinishi zarur, agar ular foyda etkazmasa, shundan so’ng murakkab dorilarni qo’llash mumkin, deb ta’kidlagan. Beruniyning “Saydana” kitobi sharq dorishunosligining buyuk qomusi sifatida qo’llanib kelingan.  Sharafutdin Abu Abdullox  Muxammad  Yusuf Ilokiy (1068 yilda vafot etgan) Ibn Sinoning shogirdlaridan bo’lib, o’zining “Muolajati Ilokiy”, “Muxtasari Ilokiy” asarlarida turli kasalliklarning kelib chiqishi, ularni aniqlash, belgilari va dori moddalar bilan davolash usullarini bayon etgan. Bu asarlar o’z davrida tabiblar uchun qo’llanma bo’lgan. 

Xorazmlik olim va tabib Ismoil Jurjoniy (1080 - 1141) tibbiyot sohasida 15 dan ortiq asar yozgan.Tibbiyotga oid kitobi ikki bo’limdan iborat. Birinchi bo’limda oddiy moddalar, ikkinchi bo’limda murakkab moddalar va ularni tayyorlash usullari tog’risida ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu olim forsiy tilda farmakologik atamalarni yaratgan.  Umar Chagminiy (1221 yili vafot etgan) tib ilmiga mansub “Qonuncha” asarini yaratgan. Ushbu asarda  faqat olimning vatani Xorazmda emas, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qo’qon madrasalarida, shuningdek Xindiston, Eron kabi mamlakatlarda XX asrning boshlarigacha qo’llanma sifatida foydalanib kelingan.  Najibuddin Samarqandiy Abu Xomid Muxammad ibn Ali ibn Umar (1222 yilda vafot etgan) samarqandlik tabib va olimni tabobatga oid 8 ta ilmiy asari ma’lum, ulardan biri “Murakkab dorilarni tayyorlash” usullaridir.  Yusufiy Muxammad ibn Yusuf al-Xiraviy (XV asr) Xindistonda Shox Zaxiriddin Bobur, keyinchalik uning o’g’li Xumoyunning saroy tabibi bo’lgan, “Tibbi Yusufiy” kitobi , bemorlarni dori moddalar bilan davolashni o’rganishda muxim qo’llanma bo’lgan.  XVI asrda G’arb olimi Parastels farmakologiyani kimyoviy moddalar bilan to’ldirib yuborgan, tibbiyotda yatrokimyo (yatros - vrach) yunalishining asoschisi bo’lgan.Shu bilan birga Parastels fikricha, tabiatda hamma kasalliklarning davosi bor ularni tashqi ko’rinishidan aniqlash mumkin.Bemorga kasallangan a’zo shakliga o’xshagan meva, o’simliklar tavsiya qilingan. Masalan, yurak kasalliklarida mevalari yurak shakliga o’xshagan anakardius o’simligi, buyrak kasalliklarida esa barglari buyrakka o’xshagan o’simliklar bemorga  shifobaxsh ta’sir etgan.  XVIII asr oxirlarida Ganeman dorishunoslikda gomeopatiya yo’nalishiga asos solgan. Bunda davolash monandlik, o’xshashlik qonuniga asoslangan. Ganeman, Gomeopatik dorixonalar hozirgi kunda xam keng tarqalgan.  XIX asrga qadar farmakologiya empirik tarzda rivojlandi, xalq tabobatida xamda shifokorlar dori moddalarning ta’sirini bemorlarda kuzatib borganlar.XIX asrda eksperimental farmakologiya rivojlana boshladi.Barcha qo’llaniladigan, qo’llanmoqchi bo’lgan dori moddalari avval xayvonlarda tekshirib ko’rilishi zarur degan xulosaga kelindi, shu vaqtdan boshlab ilmiy farmakologiyaga asos solindi.  Ilmiy farmakologiyaning rivojlanishida Rossiyada A.P.Nelyubin, O.V.Zabelin, E.V.Pelikan, Ovrupoda Fransua Majandi, Klod Bernar, Shmideberg kabi olimlar katta  xissa qo’shdilar.I.P.Pavlov mashxur fiziolog bo’lishiga qadar farmakologiya soxasida katta tajribalar o’tkazgan, bu sohaga oid 80 ta ilmiy ish chop etilgan. I.P.Pavlov 1891 yildan 1895 yilga qadar Sankt-Peterburgdagi harbiy tibbiy akademiyada farmakologiya kafedrasiga rahbarlik qilgan edi. Ushbu kafedrani I.P.Pavlovdan keyin hozirgi davr farmakologiyasining asoschisi akademik N.P.Kravkov 25 yil boshqardi. N.P.Kravkov farmakologiya sohasida katta maktab yaratgan, uning “Farmakologiya asoslari”  kitobi 14 marta nashr etilgan. N.P.Kravkov juda ko’p shogirdlar tayyorlagan. Akademiklar S.V.Anichkov, V.V.Zakusov kabi shogirdlarining ishlari bugungi kun farmakologiyasining poydevori hisoblanadi.  Hozirgi kunda farmakologiyaning rivojlanishida akademiklardan M.D.Mashkovskiy va D.A.Xarkevich katta hissa qo’shib kelmoqdalar, ayniqsa M.D.Mashkovskiyning “Dori moddalari, D.A.Xarkevichning talabalar uchun yozgan “Farmakologiya” dasturi shu fanni o’zlashtirishda katta ahamiyatga egadir. 


Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish