Usmoniylar imperiyasining qulashi



Download 11,49 Kb.
Sana26.04.2022
Hajmi11,49 Kb.
#583408
Bog'liq
usmonlilar-WPS Office


Saljuqiylarning Ko‘nya sultonligidan so‘ng Anatoliya bir qancha mustaqil bekliklarga bo‘linib ketdi. Zaiflashib qolgan Vizantiya imperiyasi ko‘pgina Anatoliya viloyatlarini turklarga boy bergandi. Mana shunday beyliklardan birida Usmon I hukmronlik qilgan. Uning imperiyasi Usmonli imperiya yoki Yevropada Ottoman deb atalishi ham Osman, ya’ni Usmon I nomidan olingan.

Usmonlilarning kelajagi Usmonning tushi deb atalgan afsonada yoritilgan. Unga ko‘ra yosh Usmon imperiyaning kelajagini oldindan ko‘ra oladi. Usmonning tushida imperiya katta daraxt shaklida bo‘lib, ildizlari 3 ta qit’aga cho‘zilgan, shoxlari esa osmonni qoplagan ekan. Uning tushida ildizlar 4 ta daryo – Dajla, Frot, Nil va Dunaygacha borib yetgan. Usmonlilar islom diniga qat’iy amal qilishgan va islom nomi bilan jang qiladigan zobitlarga tayanishgan.

Usmonli turklar degan nom XIII asrda, aniqrog‘i, 1299-yilda paydo bo‘ladi. Keyingi asrda esa hokimiyat kengayib borib, sharqiy O‘rtayer dengizi va Bolqon yarim oroligacha cho‘ziladi. 1326-yili Bursa shahri bosib olingach, u Usmoniylar davlatining yangi poytaxtiga aylangan. Muhim shahar hisoblangan Saloniki esa 1387-yil istilo qilingan. So‘ngra Usmoniylar Bolqon tomon yurish qilib, 1389-yilda Kosovodagi jangda g‘alaba qozonishadi. Shu tariqa Yevropaning boshqa hududlarini ham egallash boshlanib ketadi. O‘rta Sharqdagi salib yurishlari esa Bolqon va Anatoliyaning kattagina qismini egallab ulgurgan Usmonli turklarni to‘xtata olmadi. Qulab borayotgan Rim imperiyasining so‘nggi shahri Konstantinopol esa uzoq vaqt davom etgan janglardan so‘ng 1453-yilda Usmoniylar qo‘liga o‘tadi. 

XVI va XVII asrlarga kelib Usmoniylar imperiyasi 3 qit’ada turli madaniyat, til va dinga mansub bo‘lgan xalqlarni o‘ziga bo‘ysundirgandi. 1683-yil Venaga bo‘lgan yurish muvaffaqiyatsiz yankun topgach, Imperiya sekin-asta tanazzulga yuz tutishni boshladi. 

Usmoniylar imperiyasining qulashi

Usmoniylar boshqa xalqlar yashaydigan hududlarning ko‘pini mustamlaka qilgan. Ular orasida yunonlar, janubiy slavyanlar, vengriyaliklar va rimliklar Usmoniylar provinsiyasi bo‘lsa-da, vassal maqomini olgan. Imperiya eng katta hududni egallagan davrda maydoni 5 million kvadrat kilometrga teng bo‘lgan. U yerda 50 milliondan ortiq aholi yashagan. Bu yerlar Sulton hokimiyati ostida bo‘lgan paytlar juda ko‘p qo‘zg‘olonlar va urushlar bo‘lib turgan. Yillar o‘tgani sari imperiyada buyuk shaxslar yetishib chiqqan. Ko‘plari haqida eshitgandirsiz ham. Ular ajnabiylar bosqiniga qarshi qo‘zg‘olonlarga boshchilik qilishgan. 

Qo‘zg‘olonlarning sababi faqatgina millatdagi farq bo‘lmagan. Nasroniylar va musulmonlar o‘rtasida ham ko‘pgina ziddiyatlar yuzaga kelgan. O‘rta Sharq va Shimoliy Afrikada aholining ko‘pi musulmon bo‘lgani uchun Bolqon hududlariga qaraganda kamroq nizolar bo‘lgan. Ammo Yevropa xalqlari va boshqalar ozodlikka erishishni istashardi. Ushbu muammolar imperiyani zimdan yemirib borgan. Iqtisodiyotga bo‘lgan e’tibor urushga qaratilgan. Imperiya hech qachon o‘z mustamlakalari bilan iqtisodiy hamkorlik qilmagan, shuning uchun ular bilan kerakli aloqa o‘rnatolmasdi. Masalan, ko‘p asrlar avval rimliklar mamlakatni juda yaxshi boshqargan. Ular yangi hududlarni mustamlakaga aylantirib, mahalliy xalq bilan kuchli aloqa o‘rnatgan. O‘sha hududlarda qurilish ishlarini olib borishgan va yaxshigina sarmoya kiritishgan. Usmoniylar esa mahalliy xalqni tazyiq ostiga olardi, soliq va bojlar undirardi. Davlat Konstantinopolga yaxshi e’tibor bergan-u, ammo boshqa hududlar rivojlanmay qolgan.

Turklarning o‘sha paytdagi eng asosiy raqibi avstriyaliklar edi. Ammo ko‘p o‘tmay Usmoniylarning yangi dushmani paydo bo‘ldi. Rossiya nasroniylarning yangi “rahnamosi” sifatida maydonga chiqdi. Buyuk turk urushi imperiya tarixida katta burilish yasadi. 1684-yilda Rim papasi Muqaddas liga tuzish tashabbusi bilan chiqdi. Gabsburglar va Polshaning birlashgan armiyasiga 2 yil o‘tib, Rossiya qo‘shildi. Turklar bu urushda yengildi va muhim hududlarni Avstriya, Venetsiya hamda Rossiyaga boy berdi.

Yevropa iqtisodiyoti uchun savdo juda muhim ahamiyatga ega edi. Usmoniylar esa aynan Afrika, Osiyo va Yevropa tutashgan hududda joylashgan edi. Bunday joylashuv g‘arb va sharqqa tomon ko‘plab savdo yo‘llarini ochdi. Usmoniylar Hindiston bilan bo‘ladigan savdoni ham nazorat qilardi. Tasavvur qiling, uchta qit’ani bog‘lagan bu imperiya orqali qancha mahsulot olib o‘tilgan. 

Kashfiyotlar asri boshlangach, yevropaliklar O‘rtayer dengizi va Amerika orqali savdo qilib, butun Afrika davlatlari orqali o‘tib, Hindiston va janubi-sharqiy Osiyoga olib boradigan yo‘llarni ochishdi. Natijada o‘sha davrda dunyo markazi hisoblangan Usmoniylar imperiyasi e’tibordan chetda qoldi. Yevropaliklar bilan doimiy ravishda bo‘lgan urushlar Usmoniylarni pul va savdodan tushadigan foydadan mahrum qildi. Chunki endi Osiyoga yangi yo‘l ochilgandi. Shuningdek, texnologik poygada ham g‘arbning qo‘li baland keldi. 

XVII va XIX asrlar o‘rtasida Usmoniylar ko‘p bora rus-turk urushlarini boshdan kechirdi va ularning ko‘pida mag‘lubiyatga uchradi. Rossiya sarhadlari tobora kengayib borardi. Bora-bora u Qora dengiz va Dunaygacha yetib bordi. Rossiyani katta xavf sifatida ko‘rgan ba’zi Yevropa davlatlari Qrim urushida Usmoniylarga yordam berdi.

Ichki ziddiyatlar imperiyani parchalab yubormasligi uchun Usmoniylar yangi islohotlar o‘tkazdi. Ulardan biri 1870-yildagi Tanzimat islohoti hisoblanib, u mamlakatni isloh qilish va har bir fuqaroga teng huquq berishni ko‘zda tutardi. Ammo endi juda kech bo‘lgandi. Yevropaliklar va ayniqsa, Bolqondagi aholi Usmoniylar hukmronligi ostida yashashdan charchagandi. Chunki G‘arbiy Yevropaga solishtirganda ahvol nihoyatda og‘ir, hududlar rivojlanmagandi. Juda ko‘p isyonlardan keyin bu imperiya bilan yaxshi hayotga erishishga odamlar endi ishonmay qo‘ygandi. Endi ularda kuchli millatchilik hissi uyg‘ongan edi. Butun Bolqon yarimoroli turli etnik guruhlarga bo‘linib ketgan va ularning har biri ozodlikka chiqishni xohlardi. Ozodlik kurashlarining ba’zilarini G‘arbdagi kuchlar qo‘llab-quvvatladi. 1821-yili ruminlar adolatsiz hokimiyatga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Yunonlar ham ozodlik uchun kurash boshladi va mustaqillikka erishdi. Siyosiy millatchilik tobora avj olib bordi. 1850-yildan keyin esa Serbiya, Bolgariya va Ruminiya to‘liq mustaqillikka intila boshladi. 1859-yilda Ruminiya knyazliklari yagona shaxs qo‘li ostida birlashdi. Qo‘zg‘olon Bosniya va Bolgariyada bo‘lib o‘tdi. Turk armiyasi qo‘zg‘olonni bostirdi, unda 30 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu esa xalqning g‘azabini battar qo‘zg‘adi. 

1877-yilda Rossiya Usmoniylar imperiyasiga qarshi urush ochdi. Ruminiya Rossiya qo‘shinlariga turklarga hujum qilish uchun o‘z hududi orqali o‘tishiga ruxsat berdi. Xuddi shu yili Ruminiya o‘zini mustaqil davlat deb e’lon qildi hamda serblar va bolgarlar bilan birga turklarga qarshi urushda Rossiya tomonida turib qatnashdi. Ushbu mojarodan so‘ng imperiya Ruminiya, Serbiya va Bolgariyaning bir qismida o‘z ta’sirini yo‘qotdi. Shuningdek, u Bosniya, Tunis va Kiprda ham nazoratni qo‘ldan boy berdi. 1882-yildan keyin esa Misr Britaniya protektoratiga aylandi. Bunday mag‘lubiyatlardan so‘ng imperiya mo‘rtlashib qoldi. Ichki nizolar haliyam davom etardi. Imperiyani liberal va demokratik mamlakatga aylantirish uchun birinchi Konstitutsiya ishlab chiqildi, lekin u Sulton Abdulhamid II avtokratik rejimni o‘rnatgach, bekor qilindi. Bu esa Yosh turklar inqilobini keltirib chiqardi. Inqilob sabab Usmoniylar konstitutsiyasi tiklandi va bu ikki bosqichli saylov tizimidagi ko‘p partiyaviylik siyosatining boshlanishi bo‘ldi. 

1911-yilda Italiya-Turkiya urushi boshlandi. Birinchi Bolqon urushi esa 1912-yilda bo‘lib o‘tdi. Mana shu ikki urushdan so‘ng Usmoniylarning ba’zi hududlari Italiya, Chernogoriya, Serbiya, Yunoniston va Bolgariyaga o‘tib ketdi. Ammo Bolgariya bu bilan qoniqmadi. Shuning uchun u Yunoniston va Serbiyaga hujum qildi. Ruminiya ham bu urushga qo‘shildi. Turklar esa imkoniyatdan foydalanib, yo‘qotgan yerlarining ba’zilarini qaytarib oldi.

1914-yilda Birinchi jahon urushi boshlandi. Usmoniylar imperiyasi yana bir urushni boshdan kechirishiga to‘g‘ri keldi. Hududiy zaiflashishi oqibatida Yosh turklar Germaniya tomonda turib jang qildi. Chunki Germaniya ularga boy berilgan hududlarni yana qo‘lga kiritishda, hech bo‘lmaganda uni parchalanib ketmasligida yordam berishiga ishondi. Usmoniylar Bolqon yarim orolida va O‘rta Sharqda jang olib bordi. Saltanatda tartibsizliklar boshlandi. Germaniya rasmiylariga qarshi yashirin sulhlar tuzila boshlandi. 

Urush, shuningdek, Usmoniylar imperiyasining arab xalqlari bilan munosabati uchun ham sinov bo‘ldi. Mahalliy arablar orasida isyonlar kelib chiqa boshladi. 1916-yilda Buyuk arab qo‘zg‘oloni boshlandi. Uni bostirish uchun endi imperiyaning qo‘lidan hech narsa kelmasdi. Bunday qo‘zg‘olonlar 1918-yilda Damashqqacha yetib bordi va u yerda Britaniya qo‘shinlari bilan birlashdi. Bu 400 yil davom etgan Usmoniylar hokimiyatiga nuqta qo‘ydi hamda arab dunyosi uchun katta g‘alaba bo‘ldi. To‘rtlar ittifoqi urushda mag‘lubiyatga uchragach Usmoniylar uchun endi hammasi tugagandi. Sevr tinchlik shartnomasiga ko‘ra, Usmoniylar imperiyasi bekor qilindi va uning hududi to‘rtdan uch qismga kamaydi. Shundan keyin mamlakatda turk milliy ozodlik harakatlari boshlandi. 



Turkiya Buyuk Millat Majlisi 1922-yilda sultonlikni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sulton unvoni “istalmagan shaxs” sifatida e’lon qilindi. Bu yerlarda Usmoniylar sulolasi 1299-yildan 1922-yilgacha hukmronlik qildi.

Ziyodaxon G‘ulomova tayyorladi
Download 11,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish