II. 2. ILK BOLAIIKDAGI NUTQ RIVOJLANISHINING IKKI
DAVRI
Bola hayoti kattalaming hayoti va faoliyatiga qo‘shilib ketgan. Lekin shunga qaramasdan, ayni paytda bola ularga ta’sir ko‘rsatishning o ‘ziga xos insoniy vositalarining birontasiga ham ega emas. Bu esa rivojlanishning ushbu bosqichidagi asosiy irsiy (genetik) vazifani, ya’ni kichkintoylarda kattalar bilan muloqot qilishning metod va vositalarini shakllantirish vazifasini belgilab beradi. Emotsional-vositasiz muloqot ushbu yoshdagi asosiy faoliyat turi hisoblanadi.
Bolani ajratib qo‘yish, kattalar bilan emotsional aloqalaming kamligi bola hayotining birinchi oylaridan boshlaboq uning yetarli darajada rivojlanmasligiga olib kelishi mumkin.
Go‘daklik yoshida bolaning ayniqsa kattalar bilan muloqoti jadal rivojlanadi, dastlabki mehr qo‘yish shakllanadi, ijtimoiy kutishlar vujudga keladi (bola kattalardan muayyan hayotiy vaziyatlarga mos keluvchi harakatlami kutadi), bola bilan kattalar o‘rtasidagi sherikchilikning ilk ko‘rinishlari shakllana boshlaydi. Bola o‘zining qo‘lidan hali hech narsa kelmasa-da, biroq kattalarning harakatlarini boshqarishni o‘rganadi. Bu hoi unda nutqning hali mavjud emasligidan qat’i nazar, ro‘y beradi. Uning ixtiyorida faqat ovoz munosabatlari va imo-ishoralargina mavjud. Dastlabki so‘zlar emotsional ifodaliligi, vaziyatga mosligi va kommunikativ yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. Bunday nutq avtonom yoki vaziyatga oid nutq deb ataladi, u faqat bola atrofidagi muhit bilan yaxshi tanish bo‘lgan yaqinlarigagina tushunarlidir. So‘zni dastlabki tushunish muayyan vaziyatni qabul qilish bilan uyg‘unlashgandir. Ilk so‘zlar muayyan narsalarga taalluqli bo‘lib, umumlashtiruvchi xususiyatga ega emas (soat deganda faqat devorda osilib turadigan soatlar tushuniladi). So‘z bola xulqining umumiy ko‘rinishidan joy oladi va u imo-ishora, qo‘l harakatlari, qarash-nigohlar, ifodali vositalar bilan birgalikda bir so‘zli fikmi bildirishga olib keladi («Хауг», «Ber».; «Ol»).
Ilk so‘zlaming paydo bo‘lishi bolani rivojlantirishning ijtimoiy vaziyati o‘zgarganidan dalolat beradi.'Endi bolaning o‘zi o‘z istakxohishlarini ma’lum qilishi mumkin, kattalar esa og‘zaki ko‘rsatmalar yordamida uning xulq-atvorini yo‘naltirish imkoniga ega bo‘Iadilar.
Bolaning bu yoshda o‘zini-o‘zi anglab yetishini imga nisbatan kattalaming munosabati in’ikosi deyish mumkin. O‘ziga nisbatan ijobiy munosabat - shaxsning normal rivojlanishi uchun asos hisoblanadi. O‘ziga nisbatan salbiy munosabat esa - bolaning ilk yoshda kattalar bilan emotsional-ijobiy muloqoti kam bo‘lganligi natijasidir.
Bola bilan muloqot u bilan hamkorlik asosiga qurilishi lozim. Doimo kattalarning biron narsani majburlashlari bolada faol tadqiq etish va bilishga intilishni emas, balki sustlik, faqat atrof-muhitga moslashish istagini shakllantiradi.
3. Ilk bolalikdagi nutq rivojlanishining ikki davri. Ilk yosh (1-3 yosh). Bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrda bola rivojla nishiga oid ijtimoiy vaziyat sezilarli darajada o‘zgaradi. O‘z yaqinlari o‘lmish kattalar bilan birgalikda bolaning muloqot doirasiga birinchi navbatda kichkintoyning diqqat-e’tibor va g‘amxo‘rlikka bo‘lgan ehtiyojini qondirishi lozim bo‘lgan boshqa kattalar (maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari, tarbiyachi yordamchisi) ham kirib kela boshlaydilar. Bunday sharoitda ilk yoshdagi bolalarda kattalar bilan narsalar, o'yinchoqlar va ular bilan bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar xususida muloqot qilishga ehtiyoj oshadi.
Bu yoshdagi bolada kattalar bilan emotsional va amaliy aloqalar o‘matish qobiliyati rivojlanadi, bu unga yangi hayotiy shart-sharoitlarga moslashishga: so‘zlar, iltimoslarni baholovchi fikrlami va boshqa kishilaming emotsional munosabatlarini to‘g‘ri qabul qilishga yordam beradi. Bolaning maktabgacha ta’lim muassasasiga kelishi bilan uning «bola - katta yoshli odam» munosabatlar tizimidagi emotsional aloqdariga «bola - tengdoshlar» munosabati ham qo‘shiladi.
Bola hayotining uchinchi yilida kichkintoylar bir-birlariga faol taqlid qila boshlaydilar, o‘zlarini ko‘rsatishga intiladilar va shu bilan birga o‘ziga nisbatan munosabatni his qila boshlaydilar, dastlabki nutqiy dialoglar paydo bo‘ladi.
Ilk yoshdagi bolalarda bolalar jamiyati endigina shakllana boshlaydi. Ular bo‘sh vaqtlarining ko‘p qismini bir-birlariga yaqin turgani holda asosan yolg‘iz o‘yinlarda o‘tkazadilar. Bolalar tashabbusi bilan vujudga keladigan o‘yin jamiyatlari - diadalar (ikkitadan bo‘lib o‘ynash) barqaror emas.
Bolaning o‘ziga-o‘zi baho berishi emotsional jihatdan yorqin bo‘yoqlarga bo‘yalgan bo‘lib, u yaxshi bola bo‘lish, kattalaming talablariga javob berish, ularning ma’qullashlariga erishishga intihsh bilan bog‘liqdir.
Bola hayotining o‘zga yili nihoyasida bolalar o‘zlariga nisbatan umumiy baholami beradi: «yaxshi», «katta» va boshq.
Uch yoshga kelib «men» tizimi vujudga keladi. U bolaning o‘z ismi orqali («men Yulduzxonman», «men Kamronbekman») o‘zining qaysi jinsga mansubligi haqidagi tasavvurlarini (o‘g‘il bola, qiz bola), ma’qullash, tan olishlariga («men yaxshiman») va mustaqillikka ehtiyojini («men o‘zim») o‘z ichiga oladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida moslashish davrining yaxshi o‘tishi uchun tarbiyachi guruhda bolalar uchun emotsional jihatdan qulay muhitni ta’minlashi zarur. Katta yoshli odam o‘z hissiyotlarini ochiq va ishonib ifoda qilar ekan, u bu bilan bolani yaxshi ko‘rishini va uning uchun qayg‘urishini, uning tashvishlariga sherik bo‘lishga tayyor ekanligini tushunishga undaydi. Bolaning ham ijobiy (quvonch, zavq-shavq va boshq.), ham salbiy (qo‘rquv, tashvish, arazlash va boshq.) his-tuyg‘ularini erkin ifoda qilishiga ko‘maklashadi.
Ijtimoiy xulq-atvor va muloqotning axloqiy negizi bolaning emotsional sohasi orqali shakllanadi.
Tabiiy ravishda vujudga keladigan va ataylab yaratiladigan, katta yoshli odam bolaning yordami, g‘amxo‘rligi va diqqat-e’tiboriga muhtoj bo‘ladigan turli vaziyatlardan foydalanish zarur. Bunday vaziyatlarda katta yoshli odam o‘z his-tuyg‘ularini samimiy ravishda namoyon qiladi, bolaga ham ijobiy, ham salbiy emotsiyalami ifodalash yo‘llarini ko‘rsatib beradi.
Uyushtirilgan birgalikdagi harakatlarda pedagog har bir bolaga erishilgan muvaffaqiyatlardan xursand bo‘lish, zavqlanish imkonini beradi, bolaning har bir mustaqil sa’y-harakatlarini qoilabquvvatlaydi va rag‘batlantiradi, bola qiynalib qolsa unga sezdirmasdan yordam beradi, ayni paytda unga salbiy baho berishdan o‘zini tiyadi.
Salbiy baholar bolaning boshqa bolalar bilan o'zaro munosabatlariga ta’sir qiladi va bu hoi guruhda emotsional jihatdan noqulay muhitni yuzaga keltirishi mumkin.
Tarbiyachi doimo boshqa bolalar oldida bolaning har qanday yaxshi harakatlariga ijobiy baho berib borishi darkor.
Katta yoshli odam bolada o‘ziga nisbatan qiziqish, birgalikdagi faoliyatda, o‘yinlarda ishtirok etish istagini hosil qilishi zarur. Ushbu maqsadda u sevimli ertaklar, badiiy adabiyotlar, she’rlardan olingan holatlami o‘yin vaziyatlariga qo‘shadi.
Bolalar bilan bunday mazmunli muloqotda ular bilan tarbiyachi o‘rtasida ishonchga asoslangan munosabatlar shakllana boshlaydi va bolalarda unga taqlid qilish istagi vujudga keladi.
Uch yoshga kelib bola ijtimoiy rivojlanishning quyidagi ko'rsatkichlariga ega bo‘ladi:
- vaziyatli-amaliy muloqot va kattalar bilan oddiy hamkorlikni egallay boshlaydi;
- kattalar va tengdoshlari bilan muloqotga muhtojlik;
- tengdoshlar bilan nutqiy muloqot emotsional-amaliy muloqot shakliga ega;
- eng oddiy shaklda tashabbuskorlik, mustaqillikkni namoyish qila boshlaydi;
- o‘z imkoniyatlariga ishona boshlaydi.
Uch yoshli bolalardagi markaziy yangilik - «MEN» tizimining paydo bo‘lganligidir, u o‘z navbatida bolada o‘zi harakat qilishga ehtiyojni, irodali xulq-atvor elementlarinii vujudga keltiradi. «MEN» tizimining shakllanganligi o‘ziga-o‘zi baho berish va u bilan bog‘liq kattalar talablariga mos bo‘lishga intilish paydo bo‘ladi.
1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqiniTivojlantirishga doir mashg‘ulotlami didaktik o‘yinlar, ermak o'yinlar, tahna ko‘rinishlari shaklida o‘tkazish tavsiya qilinadi. Ular nafaqat ko‘ngilochar tusga, balki albatta ta’lim tusiga ega bo‘lishi lozim.
XULOSA
- Bolaning nutqi til qonuniyatlariga to‘g‘ri amal qilish, kattalar nutqini idrok etish va o‘zining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi.
- Nutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolalarning tevarak-atrof obyektlari (kishilaming hayoti va mehnati, hayvonlar, o‘simliklar olami, suv osti dunyosi) to‘g‘risidagi tasavvurlarini aniqlash va izchil, rejali tarzda kengaytira borish talab etiladi.
- Tilni to‘g‘ri o‘rganish, uning grammatik tuzilishiga e’tibor berib so‘zlashish, bolalarda erkin muhokama yuritish, savollar berish, boshqalardan eshitgan fikrlari yuzasidan xulosalar chiqarish, narsa va hodisalar o‘rtasidagi bof‘lanishning turli ko‘rinishlarini anglab yetishga olib keladi.
- Maktabgacha tarbiya muassasasida soglom, tabiiy muhit yaratish, ulaming to‘g‘ri muomalaga kirishishi, boshqalar bilan gaplashish ishtiyoqining ortif higa turtki bo‘ladi.
- Bolalarni narsalaming nomlarini to‘g‘ri.aytishga, ulaming o‘xshash va farqli tomonl irini tushunish, shakli, rangi, sifati, xossalarini, jinsi va turiga oid yoiaaltiruvchi lug‘atini faollashtirish, nutqning grammatik tuzilishini sha dlantirish, nutq madaniyatini shakllantirish, dialogik va monologik i utqini takomillashtirish va nihoyat savod o‘rgatishga tayyorlash mu him ahamiyat kasb etadi.
Bola uchun maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnay boshlagan dastlabki kunlar va oylar juda murakkabdir - chunki bolaning onasi O'miga boshqa notanish kattalaming paydo bo‘lishi, u o‘rganib qolgan odatiy turmush-tarzini izdan chiqaradi. Bu ko‘pchilik bolalarda salbiy emotsiyalar, qo‘rquvni vujudga keltirib, ushbu holat butun organizmni qamrab olishi va uning rivojlanishini anchagacha susaytirib qo‘yishi mumkin. Bunday paytda uyquning, ishtahaning buzilishi, tozalik ko'nikmalarini vaqtincha esdan chiqarish, emotsional kechinmalar (yig‘loqilik, qo‘rquv, hujumkorlik, o‘jarlik va boshq.), sustlik, o'zi mustaqil ravishda ovqatlanishdan bosh tortish holatlari kuzatiladi. Agarda pedagog xushmuomalali va sabr-toqatli bo‘lsa, bu holatlar 3-6 haftada o‘tib ketadi, ayrim bolalarda esa, bundan uzoqroqqa ham cho‘zilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |