1-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH QONUNIYATLARI
I.1. BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY
ASOSLARI
Ma’lumki, bolaning nutqi til qonuniyatlariga to‘g‘ri amal qilish, kattalar nutqini idrok etish va o‘zining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi. Shunday qilib, til va nutq maktabgacha katta yoshdagi bolaning psixologik nvojlanishi hamda dastawal xotirasi, fikrlashi, idrok etishi, hissiyot; va ehtirosini ta’minlaydigan ikkita muhim vositadir.
Birinchi qonuniyat: Ona tilidagi nutqni idrok etish qobiliyati bola nutq organlari muskullarining mashq qildirilishiga bog‘liq (shuning uchun ham so‘z, ibora va gaplami talaffuz etishni takomillashtirish uchun nutq organlarini mashq qildirishga yetarli darajada e’tibor bermoq muhimdir).
Ikkinchi qonuniyat: Nutq ma’nosini tushunish bola tomonidan nutqning leksik va grammatik qonuniyatlarining o‘zlashtirilishiga bog‘liq.
Uchinchi qonuniyat: Nutq ifodaliligini o‘zlashtirish bolada fonetika, leksika va grammatikaning ifoda vositalarini tushunishga bo‘lgan moyillikka bog‘liq (maktabgacha katta yoshdagi bolalarni nutq ifodaliligini tushunishga o‘rgatish hamda bu hissiyotlaming bola tomonidan o‘zlashtirilishiga erishish lozim).
To‘rtinchi qonuniyat: Nutqni boyitish, awalo, nutq ko‘nikmalarini takomillashtirishga bog‘liq (agar oldingi yosh bosqichida maktab gacha katta yoshdagi bola nutqini shakllantirish muvaffaqiyatli bo‘lganbo‘Isa, undan keyingi nutqni boyitish jarayoni hamda uni o‘zlashtirish oson va tez boradi). Bundan tashqari, tadqiqotchilar tomonidan nutqni boyitish jadalligi tilni his etish, bilish imkoniyatlari (sezish, xotira, idrok qilish, fikrlash), iroda kuchining rivojlanishiga ham bog‘liq.
Beshinchi qonuniyat: Nutq m e’yorlarini o‘zlashtirish tilni his etishning rivojlanishiga bog‘liq. Bolalarning nutqini o‘zlashtirishda tinish belgilarini qo‘llash me’yorini, eslab qolish qobiliyatini shakllantirish muhim o‘rin tutadi. Me’yorlangan nutqda ona tili unsurlarini an’anaviy qo‘llashda inson hayotining asosan maktabgacha katta yoshdagi davri samarali bo‘lishi ona tili metodikasi ilmida allaqachon o‘z isbotini topgan.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar kompleksini hal etishda quyidagilar alohida hisobga olinadi:
1. Insondagi bilish instinkti, tug‘ma qiziquvchanlik nutq vositasida amalga oshiriladi.
2. Bola nutq ishtirokida olamni bilib boradi. Psixologlaming kuzatishicha, tevarak-atrof to‘g‘risidagi bilimlar nutq orqali o‘zlashtiriladi.
Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, bolalarni tevarakatrof bilan tanishtirish nutqni rivojlantirishda keng imkoniyatlar tug‘diradi.
Shunga ko‘ra tarbiyachilar maktabgacha katta yoshdagi bolalarning nutqini to‘g ‘ri yo‘naltirishni tevarak-atrof bilan tanishtirish orqali amalga oshiradi.
Bolalar nutqini rivojlantirish samaradorligiga erishish uchun ulaming bilim darajasi, qiziqishi va shaxsiy qobiliyati xususiyatlarini hisobga olish muhimdir.
Shu narsa aniqlanganki, maktabgacha katta yoshdagi bolalarning barcha harakat va xulqini boshqarishda bosh miya faoliyatining roli ortib boradi. Ya’ni bolalar boshqalaming xatti-harakatlarini, atrofda kechayotgan voqea-hodisalami bilishga va baholashga intiladilar.
Shunga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolalar bajaradigan faoliyat turlari ham xilma-xil va mazmunli bo‘lib boradi. Demak, bolalar faoliyatining sermahsul turlari nutq o‘stirishda katta rol o‘ynaydi.
Bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi birgalikda uyushtiriladigan o‘yinlarda yuqori darajada shakllanadi. Ijtimoiy foydali mehnat va o‘qish kabi faoliyat turlari tobora ko‘proq rol o‘ynay boshlaydi. Shu bilan birga, tengdoshlariga nima bilandir ko‘mak berish, ular uchun biron-bir foyda yetkazish maqsadida namoyon bo'Iadigan mehnatning ijtimoiy motivlari yanada ahamiyatliroq, ya’ni sezilarli bo‘lib qoladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar o ‘z xulqlarini yanada asosliroq boshqara boshlaydilar.
Bolalar tarbiyachisi tomonidan ular oldiga qo‘yilgan vazifalar ma’nosini aniq biladilar, topshiriqlami mustaqil va nuqsonsiz bajarisli uchun astoydil intiladilar. Bulaming barchasi nutqni rivojlantirishning muhim shart-sharoitlari b o iib xizmat qiladi.
Ma’lumki, ta’limda biror-bir yutuqqa erishish tarbiyaga bogiiq.
Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagi bolalaming madaaiy xulqodatlarini shakllantirishga muayyan darajada e’tibor beris lozim.
Ularda yaxshilik, kamtarlik, adolatlilik, vijdonlilik to‘g ‘risid igi axloqiy tasawurlami tarkib toptirish kerak.
Nutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolalaming tevarak-atrof obyektlari (kishilaming hayoti va mehnati, hayvonlar, o'simliklar olami, suv osti dunyosi) to‘g‘risidagi tasawurlarini aniqlash va izchil, rejali tarzda kengaytira borish talab etiladi.
Nutqni rivojlantirishning samaradorligini oshirish rejasida nafaqat tevarak-atrof obyektlari ustida oddiy kuzatishlar (mushohadalar) uchun, balki ulami o‘rganish uchun ham sayrlar, sayohatlar o‘tkazish muhimdir.
Shu o‘rinda tevarak-atrof obyektlarini o‘rganishda nimalarga erishish mumkinligini aniqlab olishimiz lozim bo‘ladi. Buning uchun, aw alo, nutq o‘stirishga oid tevarak-atrof manbalarining o‘zini guruhlashtirish taqozo etiladi. Tevarak-atrofni o ‘rganishda (tarbiyachilar yoki ota-onalar tomonidan) bolalar shunchaki kuzatmasliklari, balki predmetlami ularning qismlari, elementlarini ko‘rib, jarayonlar, hodisalami idrok eta borib, ular to‘g‘risida mulohaza yuritishlari ham lozim. Bunga erishish uchun tarbiyachi oldiga qiyoslash, taqqoslash, ajratish, umumlashtirish, ahlil qilish va boshqa shu kabi usullardan foydalanish vazifasi qc- yiladi. Bundan tashqari, о ‘rganish jarayonida) maktabgacha katta yoshdagi bolalarni mehnatning ular uchun qulay bo‘lgan turlari (ariqchalami tozalash, daraxtlar tagini yumshatish, gullami parvarish qilish)ga jalb qilish muhimdir. Bunday yondashuv shu bilan bog‘liqki, inson biron narsani o‘z qo‘li bilan bajarsa, uni ko‘proq va to‘laroq esda saqlaydi. Mazkur usul bilan maktabgacha katta yoshdagi bolalaming bog‘lanishli nutqidagi kamchiliklar narsa-predmetlaming nomlarini so‘zma-so‘z va eslash orqali to‘ldiriladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish ko‘p jihatdan quyidagi narsalarning to‘g‘ri hal etilishiga bog‘liq:
- nutqni rivojlantirishga doir didaktik materiallar (tarbiyachi va ota-onalaming m a’lum maqsadga qaratilgan nutqi, bolalarga o‘qib yoki aytib beriladigan ertaklar, qo‘shiqlar, hikoyalar);
- ta’limning didaktik materiallami o‘zlashtirish uchun foydalaniladigan metod va usullari;
- ta’limni tashkil etish (tevarak-atrof obyektlarini saralash, shunga bog‘liq nutq o‘stirishni rejalashtirish).
- o‘quv materialining mazmuni, uni o‘rganishning ayrim usullari hamda ularga tegishli tamoyillarga tayanib, tarbiyachi nutq o‘stirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlami rejalashtirmog‘i zarur.
Biz ayni muammoga oid tadqiqot ishlari olib borish jarayonida nutq o‘stirish borasida quyidagi didaktik tamoyillarga tayanib ish ko'rish yaxshi natija beradi degan xulosaga keldik:
- nutq organlari hamda qo‘lni o ‘rgatish uchun nutq materialini tushunish;
- nutq ahamiyatini tushunish hamda leksik va Grammatik ko‘nikmalami rivojlantirish;
- nutq ifodaliligini baholash. Buning uchun maktabgacha yoshdagi katta bolalarda muayyan hissiyotni rivojlantiradigan didaktik materiallami tanlash maqsadga muvofiqdir;
- ona tiliga m uhabbat tuyg‘usini rivojlantirish tam oyili (bu o ‘rinda bolalarga, xususan, nutqda ona tili faktlarini q o ‘llash an ’anasini o ‘zlashtirish b o ‘yicha ta ’limni tashkil etish nazarda (utiladi);
- muayyan mavzuga oid yozma nutqni og‘zaki nutq bilan qiyoslash;
- nutqning asta-sekin boyib borishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |