Usmon Nosir (1912-1944)



Download 25,59 Kb.
Sana04.02.2022
Hajmi25,59 Kb.
#429248
Bog'liq
Usmon Nosir


Usmon Nosir (1912-1944)








She'riyat - Zamonaviy o'zbek she'riyati




U smon Nosir 1912 yil 13 noyabrda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Moskvadagi Kinematografiya institutining stsenariy fakultetida (1929— 30) va Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining til va adabiyot fakultetida bir muncha muddat taxsil olgan (1933—34). «Quyosh bilan suhbat», «Safarbar satrlar» (1932), «Traktorobod» (1934), «Yurak» (1935), «Mehrim» (1936) kabi she’riy to‘plamlari, «Norbo‘ta» va «Naxshon» (1934) dostonlari nashr etilgan. «Atlas» (1935) pesasi o‘z vaqtida xavaskorlar teatri sahnasida ko‘yilgan. A. S. Pushkinning «Bokchasaroy fontani», M. Yu. Lermontovning «Demon» («Iblis») dostonlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 1937 yil 13 iyulda «xalq dushmani» sifatida hibsga olinib, dastlab Magadan, so‘ngra Kemerovo viloyatlaridagi qamoqxonalarga yuborilgan va 1944 yil 9 martda o‘sha yerda vafot etgan.
YURAK
Yurak,sensan mening sozim,
Tilimni nayga jo'r etding.
Ko'zimga oyni berkitding,
Yurak,sensan ishqibozim.
Senga tor keldi bu ko'krak,
Sevinching toshdi qirg'oqdan,
Tilim charchar, ajab,gohi
Seni tarjima qilmoqdan.
Sen, ey sen - o'ynoqi dilbar,
Zafardan izla yoringni.
To'lib qayna, toshib o'yna,
Tirikman, kuyla boringni!
Itoat et!
Agar sendan
Vatan rozi emas bo'lsa,
Yoril,chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli, tamom o'lsam!
YANA SHE’RIMGA
(Sonet)

She’rim! Yana o‘zing yaxshisan, 


Boqqa kirsang, gullar sharmanda. 
Bir men emas, hayot shaxsisan
Jonim kabi yashaysan manda.

Yuragimning dardi - naqshisan, 


Qilolmayman seni hech kanda! 
O’t bo‘lurmi ishqi yo‘q tanda? 
Dardimsanki, she’rim yaxshisan.

Sen orada ko‘prik bo‘lding-da, 


Geyne bilan o‘rtoq tutindim. 
Lermontovdan ko‘mak o‘tindim. 
Butun umrim sening bo‘yningda.

Saharda qon tupursam, mayli. 


Men - Majnunman, she’rim, sen –
Layli!
BOG'IM
O, u qanday fusnkor!
Nur bilan to'lgan butun.
Gullari chaman-chaman,
Men ularni ichaman:
Ko'nglimda yashnar bahor...
Nur bilan to'lgan butun.
Bargdek uzilib ketsam,
Unutmas meni bog'im:
Ishimni hurmat qilur,
Gullardan haykal qurur.
Ming yillardan keyin ham
Unutmas meni bog'im!
She'rlarim yangrab qolur -
Bir umrga o'lmayman!
Hayotimning davomi -
Kelajagimga homiy,
O'rnimga bog'bon bo'lur -
Bir umrga o'lmayman!
O, u qanday davomdor!
Nur bilan to'lgan butun.
Gullari chaman-chaman,
Men ularni ichaman:
Ko'nglimda yashnar bahor...
Nur bilan to'lgan butun.
YURGANMISIZ OY BILAN
Yurganmisiz birga oy bilan
Oqshom payti ko'm-ko'k o'rmonda?
Maysalarga shabnam qo'nganda,
Shunday yaxshi tinch bo'lar ekan.
Shitir-shitir o'ynar shabboda,
Barglar musiqasi bir shirin...
Havo go'yo tiniq,sof boda -
Ko'ngil sezar hayotning sirin.
Men mast bo'lib qoldim bu kecha,
Sil o'pkamni ancha yayratdim.
Uxlamasdan to tong otguncha
Dilginamni rosa sayratdim.
DENGIZ OYNA KABI
Dengiz oyna kabi yaltirar,
To'lqinlarga suqim oqadi.
Oqqush mungli-mungli oh urar,
Hazin kuyi dilga yoqadi.
O'tiraman - ko'nglim osuda,
Boshim uzra barglar shitraydi.
Soyalari limmo-lim suvda
Tanga-tanga bo'lib titraydi.
Qanday yaxshi, kechqurun yolg'iz
Yursang, ko'ngil asti to'ymasa,
Oy go'yoki parishonhol qiz,
Sochlarini yozib o'ynasa...

Download 25,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish