Foyda –
bu korxonaning mahsulot sotishdan olingan foydasi (zarari) bilan
mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog`liq bo`lmagan foydalari (zararlari)
yig`indisidir. Mahsulot sotish deyilganda nafaqat natural-moddiy shaklga ega
132
bo`lgan ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish, balki ishlarni bajarish, xizmatlar
ko`rsatish ham tushuniladi.
Xo`jalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning
quyidagi ko`rsatkichlari bilan tavsiflanadi:
- mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda (YAF), bu sotishdan olingan sof
tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o`rtasidagi tafovut
sifatida aniqlanadi:
YAF
=
SST – MIT,
bu yerda:
YAF –
yalpi foyda;
SST
– sotishdan olingan sof tushum;
MIT
– sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;
- asosiy faoliyatdan ko`rilgan foyda – bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi
foyda bilan davr xarajatlari o`rtasidagi tafovut va qo`shimcha asosiy faoliyatdan
ko`rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:
AFF = YAF – DX +BD – BZ,
bu yerda:
AFF
– asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX
– davr xarajatlari;
BD
– asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ
– asosiy faoliyatdan ko`rilgan boshqa zararlar;
- xo`jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar) – bu asosiy faoliyatdan
olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko`rilgan daromadlar va
minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:
UF= AFF + MD – MX,
bu yerda:
UF
– umumxo`jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD
– moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX
– moliyaviy faoliyat xarajatlari;
- soliq to`lagungacha olingan foyda – bu umumxo`jalik faoliyatidan olingan
foyda, plyus favqulodda (ko`zda tutilmagan) vaziyatlardan ko`rilgan foyda va
minus zarar sifatida aniqlanadi:
133
STF = UF + FP – FZ,
bu yerda:
STF
– soliq to`lagungacha olingan foyda:
FP
– favqulodda vaziyatlardan olingan foyda:
FZ
– favqulodda vaziyatlardan ko`rilgan zarar;
- yilning sof foydasi – bu soliq to`langandan keyin xo`jalik yurituvchi
subyekt ixtiyorida qoladi, o`zi dadaromad (foyda)dan to`lanadigan soliqni va
minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to`lovlarni chiqarib
tashlangan holda soliqlar to`lagunga qadar olingan foydani ifodalaydi:
SF = STF – DS – BS,
bu yerda:
SF
– sof foyda;
DS
– daromad (foyda)dan to`lanadigan soliq;
BS
– boshqa soliqlar va to`lovlar.
Har bir korxona (firma) yashashi va ravnaq topishi uchun foyda olishi kerak.
Korxona foydani o`z rivojini ta`minlovchi birinchi muhim omil deb biladi.
Foydani maksimallashtirish bilan shug`ullanmaydigan korxonaning yashab ketish
imkoniyati kam bo`ladi. Makroiqtisod sohasida uzoq muddatga foydani
maksimallashtirish masalasiga katta e`tibor berilishi shundan iboratki, shu asosda
firma faoliyati oldindan bashorat qilinadi.
Mulk egasini o`zi boshqaradigan unchalik katta bo`lmagan korxona
(firma)da ularni yuritish bilan bog`liq bo`lgan hamma qarorlarda foydani
ko`paytirish asosiy o`rin tutadi. Juda katta va yirik korxona (firma) larda rahbar
(boshqa ruvchi)lar kundalik qarorlarni qabul qilishda mulk egalari har doim ham
boshqaruvchilar faoliyatini nazorat ostida saqlay olmaydilar. Shuning uchun
boshqaruvchilarda va korxonaga rahbarlik qilishda ma`lum darajada erkinliklar
bo`lib, foydani maksimallashtirish bilan yetarli shug`ullanmasliklari mumkin. Ular
mulk egasi bo`lmaganliklari uchun uzoq muddatli manfaat o`rniga qisqa manfaatni
afzal ko`rishlari mumkin. Boshqaruvchilar ko`pincha foydani maksimallashtirish
o`rniga daromadni ko`paytirish yoki aktsiyadorlarni qiziqtirish uchun dividendni
oshirishga harakat qilishlari mumkin. Bundan tashqari, ular yuqori lavozimga
134
erishish yoki katta mukofotlar olish maqsadida foyda keyinchalik kamayib ketsa
ham hozirgi kunning o`zida oshirishga harakat qiladilar. Shu tufayli bunday
rahbarlar o`z lavozimlaridan chetlashtirilishi va korxonani boshqa rahbarlarga
topshirish zaruriyati yuzaga keladi.
Yuqorida keltirilgan foyda turlaridan tashqari, uning yana bir qancha turlari
mavjud:
-
haqiqiy foyda;
-
o`rtacha foyda;
-
monopol foyda yoki iqtisodiy renta;
-
maksimal foyda.
Haqiqiy foyda – bu haqiqatda hisobot ma`lumotlari, ya`ni haqiqiy xarajatlar
asosida aniqlangan foyda hisoblanadi. Bu foyda korxona moliyaviy faoliyatini
tashkil etishda asosiy manba bo`lib hisoblanadi.
O`rtacha foyda deganda boshqa hamma korxonalar kabi sarflangan
kapitaliga bir xil foyda olish yoki bir xil rentabellikka ega bo`lish tushuniladi.
O`rtacha foyda korxona (firma)ning faoliyat ko`rsatayotgan sohada, tarmoqda
qolishini ta`minlaydi. Bunday foydaning yuzaga kelishi bozorning uzoq muddatli
barqarorlikka erishganidan dalolat beradi. O`rtacha foydani ko`pincha iqtisodiy
foyda deb ataydilar.
Iqtisodiy foyda qachon paydo bo`ladi? Agar korxona bir mahsulotni
tayyorlab, sotib, haqiqatda 100 ming so`m foyda olgan bo`lsa-yu, ana shu
mablag`ni boshqa mahsulot ishlab chiqarishga sarflab, uni sotganda 150 ming
so`mlik foyda olsa, bunday foydani iqtisodiy foyda deb tushunish kerak. Bu holda
foyda ijobiy tus oladi. Ijobiy iqtisodiy foyda korxonani biron-bir investor faoliyat
boshlashiga rag`batlantirsa, ijobiy haqiqiy foyda ishlab chiqarish yoki firmaning
ancha oyoqqa turib olganidan darak beradi.
Monopol foyda yoki iqtisodiy renta – bu cheklangan ishlab chiqarish omilla-
ridan foydalanish natijasida sodir bo`lgan foyda hisoblanadi. Masalan, ikkita kor-
xona bir xil yerga ega bo`lib, yerni olish bilan bog`liq xarajatlar bir xil bo`lishi
sharoitida birinchi yer transport tarmog`iga yaqin bo`lganligi uchun mahsulotni
135
tashishga 10 mln.so`m kam sarf qilinishi mumkin, ana shu 10 mln.so`m uning qo`-
shimcha foydasi hisoblanadi. Iqtisodiy renta ishlab chiqarish omillari cheklangan-
ligidan kelib chiqadi va u yoki bu ishlab chiqarish omiliga berish holatini bildirgan
baho bilan shu omilning eng kam bahosi o`rtasidagi farqdan iborat bo`ladi.
Maksimal foyda – bu bir birlik qo`shimcha mahsulotni sotishdan olingan
daromadni shu bir birlik qo`shimcha mahsulotga qilingan xarajat miqdori bilan
bab-barobar kelishi natijasida olingan foyda. Shu holda rentabellikning eng yuqori
darajasiga erishilgan bo`ladi. Shunga ko`ra, foydani maksimallashtirish degani,
eng yuqori rentabellikni ta`minlash deganidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat sohasida o`tkazilayotgan tub iqtisodiy
tadbirlar majmuida foydani taqsimlash masalalari muhim o`rin tutadi, zero uni,
adolat yuzasidan va to`g`ri taqsimlash jamoa va har bir xodimning
manfaatdorligini uyg`unlashtirish uchun sharoit yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |