69
Texnologik to`xtashlar
ga texnologik ohimni tozalashdagi tanaffuslar,
texnologik oqim va transport uskunalaridagi tiqilishlardagi to`xtashlar hisoblanadi.
Ko`pincha, paxtaning navi qanchalik yuqori bo`lsa,
tolaning paxtadan
chiqishi ham oshib boradi. Paxtaning namligi qancha yuqori bo`lsa, uning metall
bilan ishqalanish koeffitsienti oshib boradi va bu ko`rsatkich uskunaning
unumdorligiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Paxtaning ifloslik darajasi qancha ko`p
bo`lsa, asbob-uskunalarda tiqilish orqali to`xtab turish ko`payadi.
Tashkiliy
to`xtashlarga xom-ashyo
elektro-energiya yetishmasligi, asbob-
uskunalar yuklanish darajasining to`g`ri tashkil etilmaganligi sababli asosiy
oqimning to`xtab turishidir.
Paxta tolasining mashina (yoki arra) soatda ishlab
chiqarilishi miqdori jin
uskunasidan foydalanish intensivligini ifodalaydi.
Ishlab chiqarish intensivligini oshirish korxona ishlab chiqarish quvvatidan
oqilona foydalanishning eng muhim amali hisoblanadi.
Paxta tozalash korxonalarida asbob-uskunalardan intensiv foydalanishni
oshirish imkoniyatlariga jin bo`lishi ishlab chiqarish
quvvati bilan boshqa
bo`limlar ish quvvati o`rtasidagi yuklanishning muvofiq kelmasligini bartaraf
etish, sermehnat jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish,
asbob-uskunalar holatini
yaxshilash va mehnatni tashkil etishni takomillashtirish sanaladi.
Har bo`limlardagi o`rnatilgan asbob-uskunalarning yuklanishi o`rtasidagi
tafovut jin mashinasi unumdorligiga salbiy ta`sir qiladi. Ko`p hollarda bu kabi
tafovut ishlab chiqarishga paxta xom-ashyosini uzatishda ro`y beradi.
Asbob-uskunalar unumdorligini oshirish tadbirlarini amalga oshirish paxta
tolasi va boshqa qo`shimcha mahsulotlar sifatining
doimiy oshib borishini
ta`minlash bilan uyg`un ravishda bo`lmog`i lozim. Ushbu paxta tozalash
korxonalari texnologik jarayonini takomillashtirish,
texnologik asbob-uskunalar
asosiy qismlari konstruktsiyasini yaxshilash paxta xom-ashyosini qurilish va
tozalash hamda tola tozalash uskunalarining zamonaviy turlarini yaratish orqali
erishiladi. Shunday qilib, paxta tozalash korxonalari ishlab chiqarish quvvatlaridan
foydalanishni yaxshilash quyidagilar orqali erishiladi.
70
•
asbob-uskunalarni modernizatsiyalash va yangilash;
•
texnologiyalarni takomillashtirish;
•
xom-ashyo va elektroenergiya bilan to`liq ta`minlash;
•
ishlab chiqarishga me`yor darajasidagi namlik va ifloslikka ega bo`lgan xom-
ashyoni uzatish;
•
doimiy ravishda reja-ogohlantirish ta`mirlash ishlarni tashkil etish va to`g`ri
arra xo`jaligi ishini tashkil etish;
•
texnik iqtisodiy rejalashtirish va boshqaruvni takomillashtirish;
•
ishlab chiqarishni tashkil etishga keng miqyosda ilg`or ilmiy ishlab chiqarishni
usullarini qo`llash ishchilar va muxandis-texnik xodimlar malakasini oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: