Usmanova N. Yu. Iqtisodiyot va moliyaviy menejment



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/208
Sana16.03.2022
Hajmi2,57 Mb.
#497037
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   208
Bog'liq
fayl 1668 20210827

Xavfsizlik tamoyillari
– xavfsizlikni ta`minlash taktika va strategiyasiga 
bo`lgan asosiy talablar xavfsizlikning maqsad va vazifalarini hal qilishning to`g`ri 
yo`llarini tanlashdir. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 

qonuniylik tamoyillari; 

mustaqillik va mas`uliyat; 

iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va foydalilik; 


241 

maqsadli-dasturiy rejalashtirish;

o`zaro aloqalar va muvofiqlashtirish; 

mehnatni ilmiy tashkil qilish. 

oshkoralik va zaruriy maxfiylikning uyg`unligi 

ixtisoslashuv va yuqori kasbiy malaka. 
 
Korxona xavfsizligini ta`minlashni tashkil qilish va boshqarish. 
Xavfsizlik hodisalarning oldini olish va ogohlantirish chorasi sifatida, har bir 
alohida holatdagi aniq harakat bo`lib, korxona xarakteri, uning joylashuvi
ahamiyati va hokazolarga bog`liq bo`ladi. Mazkur jarayonda xavfsizlik tizimining 
o`zini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Uning rahbari xavfsizlik 
kontseptsiyasini ishlab chiqarishning muayyan sharoitlariga nisbatan ishlab 
chiqishda shaxsan ishtirok etishi zarur. 
Xavfsizlik kontseptsiyasi birinchidan, korxonaning maqsad va vazifalariga 
zid kelmasligi, ikkinchidan, korxona xavfsizligiga bevosita va bilvosita ta`sir 
ko`rsatishi mumkin bo`lgan tashqi muhit ta`sirini inobatga olishi zarur. Bu ta`sirni 
quyidagi chizma ko`rinishida aks ettirish mumkin (16.1-chizma): 
Shu bilan bir vaqtda korxona o`z faoliyatining muhim yo`nalishlari 
xavfsizligini ta`minlash uchun muayyan chora-tadbirlarni amalga oshirishi kerak 
va buning uchun avvalo, mos keluvchi qo`riqlash tartibini yaratish lozim. 
Mamlakatimiz va xorij amaliyoti tajribasi bunda quyidagi faoliyat turlarini ajratib 
ko`rsatadi: 
1. Bino va inshootlar, aloqa tarmog`i qurilma va uskunalarini qo`riqlash 
tartibini ta`minlash. 
2. Tezkor xavfsizlik – maxfiy axborotlarga bo`lgan vakolatni boshqarish, 
kelib-ketuvchilar, transport va yuk tashishni nazorat qilish, qoidabuzarlik 
holatlarini tekshirish, axborot xavfsizligini ta`minlash. 
3. Xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha ma`muriy faoliyat – personalni 
tayyorlash va o`qitish, inspektsiya, taftish va nazorat, muammoli vaziyatlarning 
oldini olish, istiqbolli chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 


242 
4. Moddiy boyliklarni himoya qilish va tabiiy ofatlar bilan kurash – 
yong`inlarning oldini olish, yong`in xavfsizligi va ogohlantirish qurilmalari 
holatini kuzatib borish va hokazolar. 
Korxonalar rahbarlari mehnat jamoalarini doimiy ravishda xavfsizlikni 
ta`minlash natijalari to`g`risida xabardor etishlari lozim. Faqat zarur hollardagina 
xavfsizlik chora-tadbirlari maxfiy bo`lishi mumkin. Xavfsizlik chora-tadbirlarining 
maxfiyligi korxona bo`limlarini zaruriy qoidalarni qo`llash va ularga amal qilishini 
nazorat qilishni maxsus tashkil etishni ko`zda tutadi. 
Hozirgi jamiyatning axborotlashtirish va elektronlashtirish sharoitlarida 
korxonalarning xavfsizligini ta`minlash uchun doimiy ravishda faoliyat 
ko`rsatuvchi, tijorat faoliyatining xavfsizligini ta`minlashning barcha shakl va 
usullarini qamrab oluvchi tizim amal qilishi lozim. Shu sababli xavfsizlik xizmati 
marketing va menejment xizmati, valyuta, kredit va huquqiy bo`limlar kabi 
iqtisodiy bo`linmalar bilan chambarchas bog`liqlikda ishlab, iqtisodiy xavfsizlikka 
ko`proq yondashgan holda ularning foliyatini to`ldirishi zarur. 

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish