Usmanova N. Yu. Iqtisodiyot va moliyaviy menejment


 Investitsiya xavf-xatarlarining turlari va ularni boshqarish



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/208
Sana16.03.2022
Hajmi2,57 Mb.
#497037
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   208
Bog'liq
fayl 1668 20210827

16.4. Investitsiya xavf-xatarlarining turlari va ularni boshqarish 
Xavfsizlik bu murakkab va serqirra kategoriyadir. U asosan va ko`pincha 
ishlab chiqarishda foydalanilayotgan vositalarning xavfsizligi nuqtai nazaridan 
baholanadi va ko`rib chiqiladi. Shu sababli hozirgacha biz texnika xavfsizligi, 
piyoda xavfsizligi, oziq-ovqat xavfsizligi yoki zararsizligi kabi tushunchalarni 
uchratsakda, korxona xavfsizligiga hali duch kelganimiz yo`q. 
Mahsulotlarning zamonaviy namunalari, ishlab chiqarish texnologiyasi, 
investitsiya rejalari va boshqalar sanoat ayg`oqchiligining diqqat markazida turib
korxona va mamlakat uchun ma`lum bir xavf tug`diradi. Shu sababli xavfsizlik va 
tijorat sirlari muammolari hozirgi bozor va raqobatchilik sharoitlarida iqtisodiyot 
fanining, jumladan, zamonaviy korxonalar iqtisodiyotining muhim bo`limlaridan 
biri hisoblanadi. 
Korxona xavfsizligini ta`minlashning asosiy maqsadlari quyidagilardan 
iborat: 

korxona va uning barcha bo`linmalari, mehnat jamoasining davlat 
tuzilmasi, xorijiy hamkorlar va raqiblar bilan o`zaro munosabatlarda 
qonuniy huquqlarini himoya qilish; 

korxona mulkini saqlash, undan oqilona va unumli foydalanish; 

ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ichki va tashqi bozordagi 
raqobatbardoshligini oshirish; 

tashkiliy va ishlab chiqarish barqarorligiga erishish, butlovchi qismlar 
etkazib beruvchilarga yordamchi va hamkorlarga bir tomonlama qaram 
bo`lishga yo`l qo`ymaslik; 

barcha tuzilmaviy bo`g`inlardagi xodimlar orasida mehnat intizomini 
mustahkamlash; 

mehnat 
unumdorligini 
oshirish 
uchun 
moddiy 
va 
ma`naviy 
manfaatdorligini ta`minlash; 

ishlab chiqarishda fan-texnika yutuqlaridan foydalanish, samarali axborot 
bazasini rivojlantirish; 

korxona obro`sini oshirish. 


240 
Ko`rsatilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda korxona xavfsizligini 
ta`minlash vazifalari belgilanib, ular korxonaning ichki tartib qoidalari va ish 
tartibida hamda maxsus ishlab chiqilgan chora-tadbirlarda o`z aksini topishi 
mumkin. Bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1. Korxona ichida hamda tashqi tashkilotlar hukumat idoralari, boshqaruv 
tuzilmasidagi qoidabuzarlik omillari, vakolatni oshirish hollari va hokazolarni 
aniqlash; 
2. Korxonaning barqaror ishlashiga ta`sir qilishi mumkin bo`lgan xavf-xatar 
hamda bozor kon`yunkturasidagi noqulay o`zgarishlarni aniqlash va zarur 
choralarni qo`llash; 
3. Bo`lajak hamkorlarni o`rganish, ularning moliyaviy ahvolini tahlil qilish 
va baholash; 
4. Iqtisodiy ayg`oqchilikka qarshi chora-tadbirlarni tayyorlash; 
5. Korxona sirlaridan xabardor bo`lgan malakali xodimlarni boshqa 
korxonalarga jalb qilishning oldini olish; 
6. Nosog`lom raqobatchilikni engish; 
7. Korxona hududi va moddiy resurslarini himoya qilish; 
8. Tijorat sirlarini muhofaza qilishni tashkil qilish; 
9. Mehnat jamoasi a`zolari orasidagi salbiy fikrlarni aniqlash; 
10. Favqulodda hodisalarning oldini olish va xavfsizlikning boshqa choralari. 
Ma`lumki, ko`rsatilgan maqsad va vazifalar o`z-o`zidan avtomatik ravishda 
hal qilinmaydi. Buning uchun, avvalo, o`z ishini yaxshi bilishdan tashqari mohir va 
yuqori malakaga ega bo`lgan hamda o`zlari ishlayotgan korxona uchun «jon 
kuydiruvchi» kadrlar zarur. Ularsiz muvaffaqiyatga deyarli erishib bo`lmaydi. 

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish