Usmanova N. Yu. Iqtisodiyot va moliyaviy menejment


Tahlilda qo`llaniladigan iqtisodiy matematik usullar



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/208
Sana16.03.2022
Hajmi2,57 Mb.
#497037
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   208
Bog'liq
fayl 1668 20210827

Tahlilda qo`llaniladigan iqtisodiy matematik usullar 
Taqqoslash usuli va uni qo`llashda amal qiladigan shartlar 
Moliyaviy va boshqaruv tahlilining oddiy an`anaviy (odatdagi) usullaridan 
eng ko`p va avvaldan qo`llanilib kelinayotgani taqqoslash usulidir. Har qanday 


194 
iqtisodiy hodisa, jarayonni o`rganish, taqqoslash, ma`lum ko`rsatkichlar bilan 
nisbat, solishtirish yo`li bilan o`rganiladi. Bunday o`rganishda hodisa va 
jarayonlarni o`zgartirishning asosiy va qo`shimcha sabablari aniqlanadi, taraqqiyot 
darajasiga baxo beriladi. Odatda tahlil taqqoslash bilan boshlanadi deyiladi. 
Taqqoslashning bir necha turlari mavjud: biznes reja ma`lumotlari, o`tgan yillar 
erishilgan ko`rsatkichlar, eng ilg`or va yuqori, o`rtacha erishilgan natijalar bilan. 
Bizga ma`lumki iqtisodiy taxlilning muhim vazifalaridan biri tuzilgan biznes 
reja ko`rsatkichlarining bajarilishiga baho berishdan iboratdir. Shundan ham 
ma`lumotlardagi hisobotdan (o`rganilayotgan yil) erishilgan natijalarni taqqoslash 
tahlilining ahamiyati yuqoriligi ko`rinadi. 
Biznes reja ma`lumotlari bilan haqiqatda erishilgan natijalarni taqqoslab, 
aniqlangan farqlar tahlilni keyingi chuqur o`rganish uchun obe`kt bo`ladi, ya`ni 
hisoblangan o`zgarishlar tuzilgan biznes rejaning asoslanganligi, to`gri va bor 
haqiqiy imkoniyatga yaqin, bajarilish imkoniyati kengligini bildiradi. Shuningdek, 
bu aniqlangan farqlar biznes rejaning sifatli tuzilganligi yoki bor haqiqatdan 
uzoqliligini ifodalaydi. 
Guruhlashtirish usuli va uning tahlilda qo`llanilishi 
Har bir iqtisodiy hodisa va jarayonlar eng avvalo boshlang`ich hujjatlarda 
aks ettiriladi. Bu boshlang`ich hujjatlardagi ma`lumotlarni tahlil qilish uchun, ular 
ma`lum 
tartibga 
solinishi 
«analitik 
gruppalashtirish» 
zarur. 
Analitik 
gruppalashtirish — bu yig`ma umumiy ma`lumotlardan alohida muhim belgilari va 
xususiyatlari bo`yicha guruhlarga ajratishdir. 
Guruhlashtirish usuli – iqtisodiy izlanishlarda bir tarkibli, ko`plab 
ko`rsatkichlarning o`zaro aloqadorligi va bog`liqligini tavsiflashdagi muhim usul 
sifatida qo`llaniladi. Ma`lumotlar o`zining guruhlash belgisi bo`yicha turlicha 
tarkiblangan holda o`rganiladi. Bu esa ko`rsatkichlarning o`zaro bir-biriga nisbatan 
qiyosiy o`zgarishlarini, ularning sabablarini aniqlash, baholash imkonini beradi. 
Shuningdek, guruhlash usuli moliyaviy va boshqaruv tahlili uchun zarur bo`lgan 
ma`lumotlarni qayta ishlashda ham muhim hisoblanadi. 


195 
Guruhlash yordamida o`rganilayotgan ko`rsatkichlar tarkibidagi ilg`or 
korxonalarga tegishli bo`lgan ma`lumotlarni ommalashtirish ham mumkin. 
Analitik guruhlar o`zining maqsadi va mazmuniga qarab: tipologik, tarkibiy 
va omilli guruhlarga ajratiladi.
Balansli bog`lanish usuli va uning tahlilda qo`llanilishi 
Balansli bog`lanish usuli – ko`rsatkichlar orasidagi funksional bog`lanishlar 
mavjud bo`lgan hollarda qo`llaniladi. Bu ko`proq buxgalteriya hisobi, statistika va 
rejalashtirishda qo`llaniladi. Ushbu usul asosida moddiy va mexnat resurslari, kor-
xona pul mablag`lari kirimi va chiqimi, daromad va xarajatlarini (maxsus balanslar 
va ularning ma`lumotlarini o`rganish asosida) tahlil etish mumkin. Balansli bog`la-
nish usuli ko`proq korxonaning moliyaviy (holati, mulki, majburiyati va kapitalini 
o`rganishda qo`llaniladi. Iqtisodiy tahlil qilishda ko`pgina ko`rsatkichlar bir-biri 
bilan funksional bog`liqlikda o`rganiladi. Bir o`rganiladigan ma`lumotning 
o`zgarishi ikkinchi ko`rsatkich bilan chambarchas bog`liq bo`ladi. Masalan, tovar 
mahsulotining yil oxiriga qoldig`ini tahlil qilishda uning yil boshidagi omborda 
bo`lgan qiymati, yil davomida ishlab chiqarilgan va sotilgan tovar mahsulotlar 
hajmini o`rganmasdan hisob-kitob qilish aniq natija keltirmaydi. Bu bog`liqlikni 
quyidagi formulada (tovar mahsuloti balansi) ko`rsatish mumkin. 
TK
 yilboshiga
 + MT + IN
o
 = ST + IN
k
 + TK
yiloxiriga 
bunda: 
TK
– tovarlar qoldig`i yil boshi va yil oxiriga;
MT
– tovar mahsuloti kirimi (ishlab chiqarilgan mahsulot); 
ST 
– jami sotilgan va jo`natilgan tovarlar; 
IN
o
– inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqchalilik;
IN
k
– inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomad
(STTK) ST = TK
yil bosh.
 + MT – TK
yil oxiri
ga teng bo`ladi.
Mutlaq va nisbiy farqlarni aniqlash usuli 
Mutlaq va nisbiy farqlarni aniqlash usuli – ko`proq statistika fanida keng 
qo`llanilib, tahlilda ko`pgina o`rganiladigan ko`rsatkichlarni o`sish va o`zgarishini 
hisoblashda ishlatiladi. Mutlaq o`zgarish tahlilda har bir o`rganiladigan 
ma`lumotlarni avval davrlarga nisbatan farqlarini ko`rsatsa, nisbiy ko`rsatkichlar 


196 
esa foiz, koeffisient, indeksda hisoblanadi. Bu ko`rsatkichlarni hisoblash va 
o`rganish tartiblari statistika fanida yoritiladi. Moliyaviy va boshqaruv tahlilida 
mutlaq va nisbiy ko`rsatkichlarining qo`llanilishi, mehnat haqi fondining 
sarflanishida o`rganishda ayniqsa ko`proq ishlatiladi. 

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish