194
iqtisodiy hodisa, jarayonni o`rganish, taqqoslash, ma`lum ko`rsatkichlar
bilan
nisbat, solishtirish yo`li bilan o`rganiladi. Bunday o`rganishda hodisa va
jarayonlarni o`zgartirishning asosiy va qo`shimcha sabablari aniqlanadi, taraqqiyot
darajasiga baxo beriladi. Odatda tahlil taqqoslash bilan boshlanadi deyiladi.
Taqqoslashning bir necha turlari mavjud: biznes reja ma`lumotlari, o`tgan yillar
erishilgan ko`rsatkichlar, eng ilg`or va yuqori, o`rtacha erishilgan natijalar bilan.
Bizga ma`lumki iqtisodiy taxlilning muhim vazifalaridan biri tuzilgan biznes
reja ko`rsatkichlarining bajarilishiga baho berishdan iboratdir.
Shundan ham
ma`lumotlardagi hisobotdan (o`rganilayotgan yil) erishilgan natijalarni taqqoslash
tahlilining ahamiyati yuqoriligi ko`rinadi.
Biznes reja ma`lumotlari bilan haqiqatda erishilgan natijalarni taqqoslab,
aniqlangan farqlar tahlilni keyingi chuqur o`rganish uchun obe`kt bo`ladi, ya`ni
hisoblangan o`zgarishlar tuzilgan
biznes rejaning asoslanganligi, to`gri va bor
haqiqiy imkoniyatga yaqin, bajarilish imkoniyati kengligini bildiradi. Shuningdek,
bu aniqlangan farqlar biznes rejaning sifatli tuzilganligi yoki bor haqiqatdan
uzoqliligini ifodalaydi.
Guruhlashtirish usuli va uning tahlilda qo`llanilishi
Har bir iqtisodiy hodisa va jarayonlar eng avvalo boshlang`ich
hujjatlarda
aks ettiriladi. Bu boshlang`ich hujjatlardagi ma`lumotlarni tahlil qilish uchun, ular
ma`lum
tartibga
solinishi
«analitik
gruppalashtirish»
zarur.
Analitik
gruppalashtirish — bu yig`ma umumiy ma`lumotlardan alohida muhim belgilari va
xususiyatlari bo`yicha guruhlarga ajratishdir.
Guruhlashtirish usuli – iqtisodiy izlanishlarda bir tarkibli, ko`plab
ko`rsatkichlarning o`zaro aloqadorligi va bog`liqligini tavsiflashdagi muhim usul
sifatida qo`llaniladi. Ma`lumotlar o`zining guruhlash belgisi bo`yicha
turlicha
tarkiblangan holda o`rganiladi. Bu esa ko`rsatkichlarning o`zaro bir-biriga nisbatan
qiyosiy o`zgarishlarini, ularning sabablarini aniqlash, baholash imkonini beradi.
Shuningdek, guruhlash usuli moliyaviy va boshqaruv tahlili uchun zarur bo`lgan
ma`lumotlarni qayta ishlashda ham muhim hisoblanadi.
195
Guruhlash yordamida o`rganilayotgan ko`rsatkichlar tarkibidagi ilg`or
korxonalarga tegishli bo`lgan ma`lumotlarni ommalashtirish ham mumkin.
Analitik guruhlar o`zining maqsadi va mazmuniga qarab: tipologik, tarkibiy
va omilli guruhlarga ajratiladi.
Balansli bog`lanish usuli va uning tahlilda qo`llanilishi
Balansli bog`lanish usuli – ko`rsatkichlar orasidagi funksional bog`lanishlar
mavjud bo`lgan hollarda qo`llaniladi. Bu ko`proq buxgalteriya hisobi, statistika va
rejalashtirishda qo`llaniladi. Ushbu usul asosida moddiy va mexnat resurslari, kor-
xona pul mablag`lari kirimi va chiqimi, daromad va xarajatlarini (maxsus balanslar
va ularning ma`lumotlarini o`rganish asosida) tahlil etish mumkin. Balansli bog`la-
nish usuli ko`proq korxonaning moliyaviy (holati, mulki, majburiyati va kapitalini
o`rganishda qo`llaniladi. Iqtisodiy tahlil qilishda ko`pgina ko`rsatkichlar bir-biri
bilan funksional bog`liqlikda o`rganiladi. Bir o`rganiladigan ma`lumotning
o`zgarishi ikkinchi ko`rsatkich bilan chambarchas bog`liq bo`ladi. Masalan, tovar
mahsulotining yil oxiriga qoldig`ini tahlil qilishda
uning yil boshidagi omborda
bo`lgan qiymati, yil davomida ishlab chiqarilgan va sotilgan tovar mahsulotlar
hajmini o`rganmasdan hisob-kitob qilish aniq natija keltirmaydi. Bu bog`liqlikni
quyidagi formulada (tovar mahsuloti balansi) ko`rsatish mumkin.
TK
yilboshiga
+ MT + IN
o
= ST + IN
k
+ TK
yiloxiriga
bunda:
TK
– tovarlar qoldig`i yil boshi va yil oxiriga;
MT
– tovar mahsuloti kirimi (ishlab chiqarilgan mahsulot);
ST
– jami sotilgan va jo`natilgan tovarlar;
IN
o
– inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqchalilik;
IN
k
– inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomad
(STTK) ST = TK
yil bosh.
+ MT – TK
yil oxiri
ga teng bo`ladi.
Mutlaq va nisbiy farqlarni aniqlash usuli
Mutlaq va nisbiy farqlarni aniqlash usuli – ko`proq statistika fanida keng
qo`llanilib, tahlilda ko`pgina o`rganiladigan ko`rsatkichlarni o`sish va o`zgarishini
hisoblashda ishlatiladi. Mutlaq o`zgarish tahlilda har bir o`rganiladigan
ma`lumotlarni avval davrlarga nisbatan farqlarini ko`rsatsa, nisbiy ko`rsatkichlar
196
esa foiz,
koeffisient, indeksda hisoblanadi. Bu ko`rsatkichlarni hisoblash va
o`rganish tartiblari statistika fanida yoritiladi. Moliyaviy va boshqaruv tahlilida
mutlaq va nisbiy ko`rsatkichlarining qo`llanilishi,
mehnat haqi fondining
sarflanishida o`rganishda ayniqsa ko`proq ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: