Usmanova N. Yu. Iqtisodiyot va moliyaviy menejment


 O`zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobotlarni tashkil qilish va



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/208
Sana16.03.2022
Hajmi2,57 Mb.
#497037
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   208
Bog'liq
fayl 1668 20210827

 
12.3. O`zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobotlarni tashkil qilish va 
yuritishning huquqiy-me`yoriy asoslari 
O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan 
«Korxonalar to`g`risida» gi qonuniga asosan, 
korxona

 huquqiy shaxs maqomiga 
ega, mustaqil ravishda xo`jalik faoliyati yurituvchi subyekt bo`lib, o`ziga tegishli 
bo`lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste`molchilar (xaridorlar) talabini 
qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish, xizmat) ishlab 
chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi.
Har bir mamlakatning sanoat quvvati hamda fan-texnika taraqqiyoti va 
iqtisodiyotni modernizatsiyalash ko`rsatkichlarini birinchi o`rinda yirik korxonalar 
belgilab beradi. Shu sababli «kichik» iqtisodiyotni rivojlantirish, ya`ni kichik va 
o`rta korxona hamda mikrofirmalarga keng yo`l ochib berishda yirik korxonalar-
ning o`rni va rolini unutmaslik darkor. Chunki bu korxonalarda ishlovchi xodimlar 
soni katta bo`lishdan tashqari, fan-texnika yutuqlarini hayotga tatbiq etish, yuqori 
sifatli mahsulot ishlab chiqarish, mehnatni rag`batlantirish hamda do`stona, 
sherikchilik aloqalarini (jumladan, xorijiy korxona va firmalar bilan) rivojlantirish-
ga keng imkoniyatlar mavjud. Shu sababli yirik, o`rta va kichik korxonalarning 
optimalligi umumiy ishlab chiqarish talablari va milliy iqtisodiyotning rivojlanish 
istiqbollaridan kelib chiqqan holda fan va xo`jalik amaliyotining eng muhim 
vazifasi hisoblanadi. Bu vazifani iqtisodiyotning har bir tarmog`i va sohasida hal 
qilishning yo`llari o`xshash bo`lmasligi yoki bir xil tavsifga ega bo`lmasligi 
mumkin. Har bir alohida yuzaga kelgan iqtisodiy holatda mavjud sharoitlar va 
rivojlanish afzalliklariga mos holda harakat qilish zarur. 
Korxonalar faoliyati milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlariga to`g`ridan-
to`g`ri ta`sir ko`rsatadi. Korxonalar qanchalik yaxshi, samarali va rentabelli 


180 
ishlasa, butun iqtisodiyotning, jumladan, ularning o`zlarining ham ko`rsatkichlari 
yuqori bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti korxonalar faoliyatini erkinlashtiradi, ularning 
mustaqilligini mustahkamlaydi hamda ishlab chiqarishni tashkil etish va 
rentabellikning yuqori ko`rsatkichlariga erishishga keng imkoniyatlar yaratadi, deb 
hisoblanadi. Balki haqiqatdan ham shundaydir. Biroq korxona, ayniqsa, davlatga 
tegishli bo`lgan korxona qanday ishlashi, uning jamiyatga keltiruvchi foydasi, 
rentabellik darajasi, xodimlarning bandligi qanday bo`lishi faqat korxonalarnigina 
emas, davlatning ham ko`z oldida bo`lishi zarur. Xuddi shuning uchun ham davlat 
korxonalarga katta imkoniyatlar yaratib berish bilan birga ularni belgilangan 
tartibda nazorat qilib ham boradi. Davlat korxonalar «taqdiriga», ularning ishlab 
chiqarish faoliyati yakuniy natijalariga befarq qarab tura olmaydi. Bankrotga uch-
ragan korxonalar, zarar keltiruvchi ishlab chiqarish, iqtisodiy nochorlik – bularning 
barchasi korxona jamoasi uchun ham, davlat uchun ham og`ir yuk hisoblanadi. 
Jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida barcha 
korxonalar ham raqobatchilikni yengib, samarali ishlab keta olmaydi hamda 
daromad yoki foyda ololmaydi. Natijada minglab korxonalar tashkil qilinib, 
xo`jalik faoliyati doirasiga qo`shiladi va deyarli shunchasi turli sabablarga ko`ra 
tugatiladi. Shu sababli bankrotlik, korxonalarning tugatilishi bozor iqtisodiyot 
sharoitlarida odatiy hol bo`lib, bu ahvolga tushib qolishdan ehtiyot bo`lish kerak 
bo`lsada, lekin bundan fojea ham yasash kerak emas. 
Xalq orasida «Kambag`al va kasal bo`lgandan ko`ra boy va sog`lom bo`lgan 
afzal» degan gap bor. Shu gapga amal qiladigan bo`lsak, yaxshisi korxonani 
bankrot bo`lishga olib kelmaslik, uning iqtisodiy mustaqilligi, mehnat qobiliyati va 
daromadligini ta`minlash uchun barcha zarur choralarni qo`llash zarur. 
Korxonaning mehnat qobiliyati va daromadliligi milliy iqtisodiyotga qo`shiladigan 
hissa bo`lishdan tashqari respublikamizda tobora ko`payib borayotgan aholini ish 
bilan ta`minlashda ham ahamiyat kasb yetishini unutmaslik muhim. Ko`rinib 
turibdiki, istalgan korxonaning milliy iqtisodiyotdagi o`rni va ahamiyati ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar, olinadigan foyda yoki daromad miqdoridan tashqari 
bu korxonaning aholini ish bilan ta`minlashdagi ishtirokiga ham bog`liq bo`ladi. 


181 
Aholini ish bilan ta`minlar ekan, korxonalar o`zlarining bevosita ishlab chiqarish 
vazifalarini bajarishdan tashqari ishsizlikning kamayishiga, demak, to`g`ri, mehnat 
faolligining ortishi va ijtimoiy ahvolning yaxshilanishiga ham sababchi bo`ladi. 
Bu yerda hamma narsa faqat korxonanning o`ziga bog`liq emasligi ko`rinib 
turibdi, albatta. Chunki korxona o`z faoliyatini amalga oshirish jarayonida 
xomashyo, material, asbob-uskuna va boshqa ishlab chiqarish vositalari yetkazib 
beruvchi yoki mahsulot iste`molchilari sifatida harakat qiluvchi boshqa korxonalar 
bilan o`zaro aloqaga kirishadi. Bu munosabatlarda har bir kamchilik va nuqsonlar, 
jumladan, xomashyo, material va asbob-uskunalarni vaqtida yetkazib bermaslik, 
o`z vaqtida haq to`lamaslik, qarzlarni to`lash muddatlarining o`tkazib yuborilishi 
va boshqa xo`jalik yuritish qoidalari va majburiyatlarining buzilishi korxona 
iqtisodiy ahvolining yomonlashishiga, uning nochorlikka uchrashiga olib keladi. 
Shu sababli korxonalar faoliyatini samarali va yuqori rentabelli darajada amalga 
oshirish zaruriyati, barcha korxonalar ishlab chiqarishni kerakli tarzda tashkil 
qilish hamda o`z hamkorlari va davlat oldidagi majburiyatlarni qat`iy tarzda 
bajarish intizomi bilan uzviy bog`liqdir. 
O`zbekistonda ko`plab kichik, o`rta va yirik ishlab chiqarish korxonalari 
faoliyat ko`rsatayotgan bo`lib, ular iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarini – 
og`ir sanoatdan yengil sanoatgacha, qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlash-
dan ilmiy ishlab chiqarishgacha qamrab olgan. Ular o`z faoliyatida ishlab chiqa-
rishning barcha omillaridan – yer, tabiiy va mehnat resurslari, texnika va texnolo-
giyalar, investitsiyalar, hozirgi zamon fani tomonidan ishlab chiqarishning asosi 
yoki mamlakatning milliy boyligi deb ataluvchi zamonaviy axborot tizimidan 
foydalanadi. Ma`lumki, boylik yoki salohiyat bir nechta avlod va butun 
jamiyatning xatti-harakatlari evaziga yaratiladi. Korxonalarning vazifasi ushbu 
boylikni asrab-avaylash va undan samarali foydalanishda ifodalanadi. Xo`jalik 
yuritishning mazkur tamoyillaridan bir oz bo`lsada chetga chiqish jamoatchilik 
ishlab chiqarishi samaradorligining pasayishiga, xo`jasizlik va isrofgarchilikka olib 
keladi. Korxonalar ham bundan mustasno emas. 
Zamonaviy korxona-mustaqil xo`jalik yurituvchi subyekt bo`lib, ularning 


182 
ishlab chiqarish vositalari va boshqa mulklari rejali iqtisodiyot sharoitlaridagidek 
davlatning o`zigagina tegishli bo`lmaydi. Shu sababli korxonalar 
mulkchilik 
shakliga
ko`ra, davlat va nodavlat, 
tarmoq belgilariga
ko`ra, mashinasozlik, 
energetika, metallurgiya, neft` va gaz sanoati, qurilish majmuaviyi, oziq-ovqat, 
yengil sanoat, savdo va hokazolar, 
ishlab chiqarish miqyosi va xodimlar soniga
ko`ra, yirik, o`rta va kichik, 
faoliyat yuritish muddatiga
ko`ra, uzluksiz, mavsumiy 
va uzlukli korxonalarga bo`linadi. 
Biroq ushbu belgilardan qat`iy nazar, deyarli har bir korxona 
Nizom
asosida 
faoliyat yuritadi. Nizomda korxonaning nomi, manzilgohi, yuqori turuvchi idorasi 
va bu idoraning nomi, Nizom jamg`armasi, bank muassasalaridagi rekvizitlari, 
korxona rahbariyatining lavozimlari, rahbar shaxslarning majburiyatlari, 
tuzilmaviy bo`linmalar ro`yxati, hisobot tartibi va hokazolar ko`rsatilgan bo`ladi. 
Agar nizomda korxonaning tashkiliy-huquqiy vazifalari belgilangan bo`lsa, 
uning ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyati tarkibiga asosiy va aylanma fondlar, 
pul mablag`lari va boshqa aktivlar kiruvchi 

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish