Uslubiy majmua


Optimizm. Skeptitsizm. Agnostitsizm



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/359
Sana10.02.2022
Hajmi2,82 Mb.
#440838
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   359
Bog'liq
falsafa

Optimizm. Skeptitsizm. Agnostitsizm.
Bilish jarayoni rivojlanish qonuniyatlarining 
shakllari, haqiqatning tagiga etish imkoniyatlari nuqtai nazaridan o‗rganiladi. Uning har xil 
modellari, yondashuvlari mavjud. Materialistik modellar zamirida dunyoning inson ongida aks 
etish tamoyillari: Demokritda – obrazlar (eydoslar), YAngi davr faylasuflarida – sensor 
signallari, Berklida – sub‘ektning sezgilari yotadi. Leybnits bilishni ilohiylashtirilgan g‗oyaning 
inson tug‗ma tushunchalariga ta‘siri deb hisoblagan. Gegel taklif qilgan modelning zamirida 
mutlaq g‗oyani anglash yotadi. Max, Avenarius va boshqa sub‘ektiv idealistlarda (XIX asr oxiri 
– XX asr boshlari) bilish jarayoni – bu sezgilarning bo‗sh va tejamli aloqasini amalga 
oshirishdir.
Inson aqli bilish pillapoyasidan yuqoriga ko‗tarilar ekan, har bir yangi pog‗onada qayta-
qayta quyidagi savolga javob topishga harakat qiladi: dunyoni bilish mumkinmi?, bilishning 
chegaralari bormi? Falsafada bu savollarga javob beruvchi uch asosiy yo‗nalishni farqlash 
mumkin: optimizm, skeptitsizm va agnostitsizm (Kant va boshqalar). Optimistlar dunyoni bilish 
mumkinligini ta‘kidlaydilar, agnostiklar, aksincha, buni rad etadilar (I.Kant – «narsa o‗zida»). 
Skeptiklar dunyoni bilish mumkinligini inkor etmaydilar (XVIII asrda D.YUm), biroq bilimning 
haqiqiyligiga shubha bildiradilar. Odatda, skeptitsizm paradigmalar, qadriyatlar, ijtimoiy tizimlar 
va hokazolar o‗zgarayotgan davrda (yoki uning arafasida), ilgari haqiqiy deb hisoblangan 
xulosalar fan va amaliyot olgan yangi ma‘lumotlar nuqtai nazaridan soxta, asossiz bo‗lib chiqqan 
holda ravnaq topadi. Skeptitsizm psixologiyasiga xos xususiyat shundan iboratki, u darhol 
nafaqat eskirgan, balki yangi, shakllanayotgan fikrlar, g‗oyalarni ham toptay boshlaydi. Bu 
psixologiya zamirida tadqiqotchining yangilikka tashnaligi va inson tafakkurining kuchiga 
bo‗lgan ishonch emas, balki qachondir qabul qilingan «qulay» tamoyillarga tayanish yotadi. 


74 
Skeptitsizm ta‘limot sifatida, hech shubhasiz, zararlidir, chunki u insonning bilish borasidagi 
deyarli barcha imkoniyatlarini kamsitadi. 
Bilimga chanqoq bo‗lgan, bilishga harakat qilayotgan odam optimist: «Men buning 
nimaligini bilmayman, biroq bilishga umid qilaman», deydi. Agnostik esa, «Men buning 
nimaligini bilmayman va hech qachon bila olmayman», deb ta‘kidlaydi. YUzaki skeptitsizm, 
ko‗r-ko‗rona fanatizm kabi, dunyoqarashi tor odamlarda ko‗p uchraydi. F.Laroshfuko ta‘biri 
bilan aytganda, kaltabin odamlar odatda o‗z dunyoqarashi doirasidan chetga chiqadigan hamma 
narsani qoralaydi. Biroq oqilona darajadagi skeptitsizm foydali va hatto zarur. Bilish usuli 
sifatida skeptitsizm shubha shaklida amal qiladi, bu esa haqiqatning tagiga etish sari tashlangan 
qadamdir. SHubha eskirgan, qotib qolgan aqidalardan voz kechadi, ularga putur etkazadi. U – 
rivojlanayotgan fanning muhim unsuri. Bilimsizlik qayd etadi va inkor qiladi, bilim – 
shubhalanadi.
Biroq bu uch yo‗nalishni farqlash, bizningcha, masalani soddalashtirishdan boshqa narsa 
emas. To‗g‗ri, agnostiklar dunyoni bilish mumkinligini inkor etadilar, ammo bu ko‗r-ko‗rona, 
hech narsaga asoslanmagan inkor etish emas. Ular ko‗rsatayotgan ko‗pgina savollarga chindan 
ham hali javob topilmagan. Agnostitsizmga olib keluvchi asosiy muammo shundan iboratki, 
narsa yoki hodisani bilish jarayonida bu narsa yoki hodisa albatta bizning tafakkur va sezgi 
a‘zolarimizda aks etadi. Bu narsa yoki hodisa bizning tafakkur va sezgi a‘zolarimizda aks etish 
natijasida qanday ko‗rinish kasb etgan bo‗lsa, biz ular haqida shunday ma‘lumotga ega bo‗lamiz. 
Narsalar va hodisalar aslida qanday ekanligini biz bilmaymiz va bilishimiz mumkin ham emas. 
Qarshimizda bosh-adog‗i yo‗q dunyo yastanib yotadi, biz esa unga o‗z formulalarimiz, 
modellarimiz va tushunchalarimiz bilan yaqinlashib, cheksizlikni o‗z tasavvurlarimiz bilan ilg‗ab 
olishga harakat qilamiz. Tushunchalar, kategoriyalar va nazariyalar «tugunlari»ni qay darajada 
qattiq qilib tugmaylik, dunyoni tushunib etishga shu yo‗sinda da‘vogar bo‗lishimiz to‗g‗rimi? 
Bundan chiqdi, biz o‗z bilish usullarimiz bilan chegaralangan dunyoda yashaymiz va olam 
haqida haqqoniy bir gap aytishga qodir emasmiz.
Biroq bilish fanining rivojlanishi agnostitsizmning bu amaliy xulosasini har qadamda rad 
etadi. Masalan, pozitivizm asoschisi O.Kont insoniyat Quyoshning kimyoviy tarkibini 
aniqlashga qodir emas, deb ta‘kidlagan edi. Biroq keyinchalik spektral analiz yordamida Quyosh 
tarkibi aniqlandi. XIX asr fanining ba‘zi bir namoyandalari atomlar amalda mavjud emas, ular 
faqat tafakkur mahsuli, deb hisoblar edi. Biroq E.Rezerford atomlar amalda mavjud ekanligini 
isbotlab berdi, oradan yarim asr o‗tgach, genlarning keng kimyoviy tarkibi aniqlandi.
SHunga qaramay, bugungi kunda ham agnostik xulosalarni neopozitivizm, 
fenomenologiya, ekzistensializm, pragmatizm va hokazolarda kuzatish mumkin. Ularning 
agnostitsizmi nafaqat gnoseologik xususiyatga ega bo‗lgan sabablar, ichki mantiq bilan, balki 
ma‘lum darajada D.YUm va O.Kont falsafasi boshlab bergan an‘ana bilan ham belgilanadi. 
Agnostsizm haqida so‗z borar ekan biz beixtiyor I. Kantga murojaat qilamiz. 
Kant agnostitsizmining qisqacha mazmuni quyidagicha: biz biladigan narsa (fenomen) va 
o‗z holicha mavjud bo‗lgan narsa (noumen) mutlaqo har xildir. Biz hodisalar mohiyatini qay 
darajada teran anglamaylik, bizning bilimimiz baribir o‗zicha mavjud bo‗lgan narsalardan farq 
qiladi. SHunday qilib, I. Kant fikricha, bizning ongimiz, hissiyotimiz, tafakkurimizga bog‗liq 
bo‗lmagan narsalar olami mavjud. Uni faylasuf «narsa o‗zida» sifatida ta‘riflaydi. I.Kantning 
fikricha, bilish jarayoni «narsa o‗zida»ning sezgi a‘zolarimizga bevosita ta‘siri ostida his-
tuyg‗uning uyg‗onishidan boshlanadi. Vaholanki, his-tuyg‗ular, tushuncha va hukmlar o‗z 
holicha «narsa o‗zida» haqida muayyan nazariy bilim berishga qodir emas. Lekin bundan 
ishonchli bilim yo‗q ekan, degan xulosaga kelmaslik kerak. Matematika va tabiatshunoslik aynan 
shunday ishonchli bilim manbaidir. Ammo ular qay darajada ishonchli bo‗lmasin, «narsa o‗zida» 
haqidagi haqiqiy bilim bo‗la olmaydi. Kant bizning tafakkurimizda shakllangan tushunchalar 
«narsa o‗zida»ni qay darajada to‗g‗ri yoki noto‗g‗ri aks ettira oladi, degan savolga aniq javob 
mavjud emas, deb ta‘kidlaydi.
Gnoseologik relyativizm – borliq hodisalari va voqealarini bilish o‗zgaruvchanligi, 
o‗tkinchiligini mutlaqlashtiruvchi agnostitsizmning yo‗nalishlaridan biridir. Relyativizm 


75 
tarafdorlari dunyoda hamma narsa o‗tkinchi, haqiqiy dunyoviy darajada ham, hattoki ilmiy 
darajada ham bizning olam hodisalari haqida olgan faqat shu paytdagi bilimlarimizni ifodalaydi, 
kecha haqiqat deb hisoblangan narsa bugun ishtiboh, xato sifatida tan olinadi: xuddi dori kabi, 
haqiqatning ham saqlanish muddati bor. Nisbiy mushohadalar bundan ham omonatroq. Bu 
ijtimoiy hayotda, axloq normalari va estetik didlarda ayniqsa yaqqol seziladi. YAqindagina shak-
shubhasiz deb e‘tirof etilgan narsa endi do‗zaxdan chiqqan balo sifatida inkor etiladi. Baholar 
kaleydoskopdagi rangli dog‗lar kabi o‗zgaradi. Bundan go‗yo bilish jarayoni – 
muvaffaqiyatsizlikka uchrashi tayin bo‗lgan haqiqat ketidan «quvish», degan umumiy xulosa 
chiqariladi. Bizning barcha bilimlarimiz go‗yo noaniqlik va nohaqiqiylik dengizida suzadi, u 
faqat – va faqat – nisbiy, shartli konvensial (lotincha «conventional» - shartnomaga muvofiq) va 
sub‘ektivdir.
Skeptiklarga xos bo‗lgan bu yondashuv antik davrdayoq yuzaga kelgan. Dunyoda hamma 
narsa shu qadar tez o‗zgaradiki, unda mutlaqo o‗zgarmas bo‗lgan hech narsa mavjud emas, deb 
hisoblagan Kratil ta‘limoti ashaddiy relyativizmga misol bo‗lishi mumkin.
Barcha bilimlarimizni faqat nisbiy deb hisoblash, mohiyat e‘tibori bilan, bilishda 
o‗zboshimchalik hukm surishini tan olish bilan barobardir. Bu holda bilish nisbatan o‗zgarmas, 
ishonchli narsalar mavjud bo‗lmagan, haqiqat bilan ishtiboh o‗rtasida farq qolmaydigan, har 
qanday qoida va tamoyilga ishonch yo‗qoladigan, binobarin, hayotda hech narsaga amal qilib 
bo‗lmaydigan uzluksiz oqimga aylanadi. Bilish nazariyasida mutlaq relyativizm – bu tafakkur 
«boyligi»ning namoyon bo‗lish shakllaridan biri. Unga quyidagi mushohada xos: haqiqat albatta 
mutlaq bo‗lishi kerak, agar haqiqat mutlaq bo‗lmasa, u haqiqat emas. Bu fikr zamirida nafaqat 
nisbiy, balki mutlaq haqiqatga ham ishonchsizlik yotadi. Relyativizm namoyandalari odatda 
haqiqiy deb hisoblangan qoidalar keyinchalik soxta deb inkor etilgan va aksincha, soxta deb 
hisoblangan qoidalar fan rivojlanishi jarayonida haqiqiy deb e‘tirof etilgan hollar fan tarixida 
ko‗p ekanligiga ishora qiladilar. Ilmiy bilishning harakat yo‗li – amalda to‗g‗ri chiziq emas, balki 
kesimlarida yanglishish hollari yuz berishi mumkin bo‗lgan egri chiziqdan iborat. Biroq bu 
bizning barcha bilimlarimiz safsata ekanligini isbotlamaydi. Relyativist «bilimda nisbiylik unsuri 
mavjud» degan to‗g‗ri qoidani «bilim doimo nisbiydir», binobarin, bilim kerak emas, degan 
yanglish qoidaga almashtiradi. «Bu eng yomon fikr: agar men hamma narsani bila olmasam, men 
hech ish qilmayman»
45
.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish