Uslubiy majmua



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/359
Sana10.02.2022
Hajmi2,82 Mb.
#440838
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   359
Bog'liq
falsafa

Zaruriyat va tasodif
falsafiy kategoriyalari narsalar va hodisalarning bir-biri bilan har 
xil tipdagi aloqalarini aks ettiradi. Zaruriyat va tasodif tushunchalari qadim zamonlardan beri 
faylasuflar e‘tiborini o‗ziga tortib keladi. Vaqt o‗tishi bilan ularning talqini o‗zgargan, ayrim 
faylasuflar tabiatda tasodifning mavjudligini istisno etgan bo‗lsa, ayrimlar uni mutlaqlashtirgan. 
Masalan, sinergetikada tasodif tushunchasi va uning o‗ta murakkab sistemalar o‗z-o‗zini tashkil 
etishidagi roli alohida, hatto ancha muhim ahamiyat kasb etadi. Zaruriyat va tasodif 
kategoriyalari bir qator ilmiy yo‗nalishlar: biologiya, tibbiyot, huquqshunoslik, tarix va 
hokazolarda muhim metodologik ahamiyatga egadir. Odamlar amaliy faoliyatida tasodif omili 
zaruriyatdan kamroq ahamiyat kasb etmaydi. Ammo ularning dialektikasini, qarama-qarshilikka 
asoslangan birligini tushunish ayniqsa muhimdir.
Zaruriyat- bu hodisalar o‗rtasidagi ularning qonuniy o‗zgarishi va rivojlanishini 
belgilovchi barqaror, muhim ichki aloqalar. Zaruriyat qonun tushunchasiga yaqin turadi, 
muqarrar tarzda namoyon bo‗ladi. Masalan, nosoz tormoz muqarrar tarzda avtomobil halokatiga, 
uning yo yaqinroqdagi narsalar, yo harakatlanayotgan boshqa avtomobillar bilan to‗qnashuviga 
olib keladi yoki u piyodani urib ketishiga sabab bo‗ladi. Halokat aynan qanday yuz berishi, 
undan kim jabrlanishi mumkinligi tasodif bilan bog‗liq masaladir, zero yo‗lda muayyan paytda 
istalgan narsa va istalgan odam duch kelishi mumkin. Bu erda zaruriyat avtomobilning ichki 
holati bilan, tasodif – tashqi sharoit bilan belgilanadi

Zaruriyat – yuz berishi mumkin bo‗lgan 
narsa. Zaruriyat – ichki xususiyatga ega hodisa, uning sababi o‗zida bo‗ladi va hodisalarning 
ichki o‗zaro aloqasidan kelib chiqadi. Ammo nafaqat ichki, balki tashqi zaruriyat ham 
mavjuddir. Masalan, jismlarning bir-biriga ularning massasiga to‗g‗ri proporsional va ular 
o‗rtasidagi masofaga teskari proporsional bo‗lgan kuch bilan tortishishi zaruriyat hisoblanadi. Bu 
tashqi zaruriyatdir. Tasodif ham ichki va tashqi bo‗lishi mumkin. Masalan, tirik organizmlarning 
mutatsiyalari tasodifiy xususiyat kasb etadi, ammo ular ichki hodisa hisoblanadi, chunki butun 
organizmni qayta qurish bilan bog‗liq. Xo‗sh, bu holda zaruriyat va tasodifni bir-biridan qanday 
farqlash mumkin? 
Zaruriyat hodisaning, jarayonning mohiyatidan kelib chiqadi va mazkur sharoitda 
muqarrar tarzda yuz beradi. Masalan, har qanday tirik organizmning o‗limi muqarrardir, chunki 
u mazkur organizmning tabiati hamda unda yuz beruvchi ichki jarayonlar bilan belgilanadi.
Ammo dunyoda hamma narsa zaruriyat sifatida paydo bo‗ladimi? Yo‗q, dunyoda 
tasodifiy voqealar, hodisalar ham bor.
Tasodif – ob‘ektlarning vujudga kelishi yoki mavjudligining muammoliligini yoki 
muqarrar emasligini belgilovchi kategoriya; soddaroq qilib aytganda muayyan sharoitda bo‗lishi 
ham, bo‗lmasligi ham mumkin bo‗lgan narsa tasodifiy hisoblanadi. Tasodif voqelikning asosan 
tashqi sharoitlar, yuzaki, beqaror aloqalar va mazkur hodisa uchun ikkinchi darajali omillar 
ta‘sirida paydo bo‗luvchi holatlarini aks ettiradi. Tasodif zamirida narsaning mohiyati emas, 
balki unga boshqa narsalar va hodisalarning ta‘siri yotadi. Tasodif yuz berishi ham, yuz 
bermasligi ham mumkin bo‗lgan narsa sifatida ta‘riflanadi
.
Narsalar mavjudligining zaruriyligi yoki tasodifiyligi muammosi xususida ikki nuqtai 
nazar mavjud. Ularning biri zaruriyatni mutlaqlashtiradi: dunyoda hech qanday tasodif yo‗q, 
hamma narsa muqarrar tarzda yuz beradi. Bu nuqtai nazar tasodifni rad etib, fatalizmga yo‗l 
ochadi. Fatalizm
 
– taqdirga, hamma narsa oldindan belgilanganiga bo‗lgan ishonch. Boshqa bir 


69 
nuqtai nazar tasodifning ahamiyatini oshirib ko‗rsatadi. Bu erda, aksincha, voqelikdan har 
qanday ichki bog‗lanishlar, narsalarning ob‘ektiv belgilanganligi chiqarib tashlanadi: dunyoda 
faqat tasodif hukm suradi.
Ilmiy dunyoqarash birinchi nuqtai nazarni ham, ikkinchi nuqtai nazarni ham tan olmaydi. 
Zaruriyat va tasodif alohida-alohida mavjud bo‗lmaydi. Ularning o‗zaro aloqasi shundan 
iboratki, tasodif zaruriyatning namoyon bo‗lish shakli sifatida va uning to‗ldiruvchisi sifatida 
amal qiladi. Masalan, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar zaruriy xususiyat kasb etadi. 
Ularda bu islohotlarni yo‗lga soluvchi muayyan siyosiy arboblar tasodifiy element hisoblanadi. 
Zaruriyat va tasodif dialektikasi ikki muhim jihatni nazarda tutadi. Birinchidan, tasodif 
rivojlanish jarayonida zaruriyatga aylanishi mumkin (u yoki bu biologik turning qonuniy 
belgilari avval tasodifiy og‗ishlar sifatida paydo bo‗ladi va to‗planib boradi, so‗ngra ularning 
asosida tirik organizmning zaruriy sifatlari shakllanadi). Ikkinchidan, zaruriyat son-sanoqsiz 
tasodiflar orqali o‗ziga yo‗l ochadi. Masalan, jamiyatning rivojlanishi turli maqsadlarni 
ko‗zlovchi, fe‘l-atvori har xil bo‗lgan kishilar faoliyati bilan belgilanadi. Bu maqsadlar va 
intilishlarning bog‗lanishi, chatishuvi va to‗qnashuvi pirovard natijada rivojlanishning zaruriy, 
muqarrar xususiyatga ega bo‗lgan muayyan yo‗nalishiga olib keladi.
Dialektikaning barcha qonunlari va kategoriyalari kabi, zaruriyat va tasodif ob‘ektiv 
voqelikni bilishning tayanch nuqtalari hisoblanadi. Bu kategoriyalarning funksiyalari teng 
qimmatga ega emas. Bilishda tasodif doim boshlang‗ich instansiya sifatida, zaruriyat – maqsad 
sifatida amal qiladi. Bilish faoliyati tasodifdan zaruriyat sari yuksalish tarzida yuz beradi. 
Zaruriyat va tasodif tushunchalariga ta‘rif berishda odatda imkoniyat kategoriyalariga 
tayanadilar. SHu sababli u yuz berishi yoki yuz bermasligi mumkin. Zaruriyat va tasodifning 
qarama-qarshiligi – ichki va tashqi narsalar qarama-qarshiligidir. Tasodif – tashqi omillar bilan 
belgilanadigan aloqa tipidir.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish