Mantiqiy qonunlar
– inson tafakkurigagina xos bo‗lgan, inson tafakkurida turli fikr, mulohaza,
muhokamalar munosabatidagina amal qiladigan qonunlardir.
Ayniyat qonuni
– har bir fikr, muhokama aniq, ravshan bo‗lishini o‗zida ifodalaydigan mantiqiy
qonun.
Ziddiyat qonuni
– ziddiyatga yo‗l qo‗ymaslikni talab etuvchi, fikriy ziddiyatning oldini olishga
qaratilgan mantiqiy qonun.
Uchinchisi istisno qonuni
– tushunchaning ikki zid munosabatini ifodalaydigan mantiqiy
qonun.
Etarli asos qonuni
– fikrlashning isbotli, ishonarli bo‗lishini talab etuvchi mantiqiy qonun.
Tushuncha
– buyumlarning umumiy va muhim belgilarini inson ongida yaxlit aks ettiruvchi
tafakkur shakli.
Analiz
– tadqiq etiluvchi ob‘ektni fikran tarkibiy qismlarga ajratish usuli.
Sintez
– narsa va hodisalarni yaxlit, butun holda olib, ularning tarikibiy qismlarini o‗zaro bir-bir
bilan bog‗lab tekshirish usuli.
Kategoriya
– tushunchaning maxsus turi. Kategoriya buyumlar munosabati va bog‗lanishlarini
inson ongida eng umumiy tarzda in‘kos ettiradigan ilmiy tushunchadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |