Tafakkur shakllari – tushuncha, hukm va xulosa chiqarishdan iborat bo‗ladi. Bular hammasi
ob‘ektiv borliqning, predmet, hodisalarning mavhum tafakkurda ifodalanish shaklidir.
Mantiqiy usul – uning yordamida bayon etilgan mulohazalarga asoslanib tafakkur shakli
muayyan tipdagi buyumlar munosabatini aks ettiradi.
Tafakkur qonunlari – chin bilimga erishish maqsadiga xizmat qiladigan to‗g‗ri fikrlashning
aniq normalaridir.
Arastu (er. av. 384 – 322 y.) – mantiqni mustaqil Fan sifatida asoslab bergan qadimgi yunon
mutafakkiri.
Stoya maktabi – qadimgi yunonistonda er.av. IV asrdan – eramizning II asriga qadar faoliyat
yuritadi. Stoya maktabi vakillari tafakkurning shakl va qonunlarini o‗rganuvchi fanni birinchi
bo‗lib «Mantiq‖ deb atadilar.
240
Al-Farobiy (873-950) – o‗z asarlarida mantiq masalalarini keng ravishda izchil tadqiq etgan
Markaziy Osiyolik mutafakkir.