Konstitutsiyalash
– yaratish, belgilash, muayyan tashkiliy tus berish.
Konsyumerizm
– iste‘mol qilishga bo‗lgan kuchli ehtiyoj.
Koevolyusiya
– birgalikda tadrijiy rivojlanish.
Kreatsionizm
– butun borliqni Xudo yaratgan deb hisoblaydigan diniy ta‘limot.
Materializm
– dunyoning moddiyligidan va ongdan qat‘iy nazar mavjudligidan kelib
chiqadigan falsafiy yo‗nalish.
Mahalliy
muammolar
tushunchasi yuqoriroq darajadagi muammolarga, aniqroq aytganda,
ayrim mamlakatlarga yoki yirik mamlakatlarning ancha katta hududlariga tegishli bo‗lgan
muammolarga nisbatan tatbiq etiladi. Bu erda odatda kuchli zilzilalar, yirik suv toshqinlari yoki,
masalan, kichik davlatdagi fuqarolar urushi nazarda tutiladi.
Metafizika
– Gegeldan oldingi va hozirgi G‗arb falsafasida borliqning o‗ta hissiy tamoyillari
va asoslari haqidagi fan. Falsafaning sinonimi sifatida ishlatiladigan atama.
Metodologiya
– metod haqidagi ta‘limot, bilishning yangi metodlarini yaratish tamoyillarini
ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |