Uslubiy majmua



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/259
Sana13.06.2022
Hajmi2,82 Mb.
#662873
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   259
Bog'liq
Uslubiy majmua

SHaxsiy bilim.
Bilim shakllari to‗g‗risida so‗z yuritar ekanmiz, M.Polani tomonidan 
ishlab chiqilgan shaxsiy bilim konsepsiyasini chetlab o‗tishimiz mumkin emas. Olim o‗z 
konsepsiyasini tuzishda bilim – anglash mumkin bo‗lgan narsalarni faol o‗zlashtirish, alohida 
mahorat va alohida vositalarni talab qiluvchi harakat, degan tamoyildan kelib chiqqan. 
Madomiki fanni odamlar yaratar ekan, bilish faoliyati jarayonida olinadigan bilimlarni (xuddi 
shu jarayonning o‗zi kabi) odamlardan ajratish mumkin emas. Demak, odamlarni (aniqrog‗i, o‗z 
qiziqishlari, maqsadlari va mo‗ljallariga ega bo‗lgan olimlarni) ular yaratayotgan bilimlardan 
ajratib yoki boshqa odamlar bilan almashtirib bo‗lmaydi.
Polani fikriga ko‗ra, shaxsiy bilim muqarrar tarzda intellektual salohiyatni talab qiladi. 
Unda nafaqat bilish borlig‗i, balki bilishga harakat qilayotgan shaxs, uning bilimga qiziqishi, 
bilimni talqin qilish va undan foydalanishga nisbatan shaxsiy yondashuvi, uni o‗ziga xos tarzda 
anglab etishi mujassamlashadi.
SHaxsiy bilim nafaqat qandaydir fikr-mulohazalar majmui, balki shaxsning kechinmalari 
hamdir. SHaxs bilimni shunchaki qayd etmaydi, balki u bilan birga yashaydi.
Ijtimoiy bilim
asosan o‗zi o‗rganayotgan borliqning sifat tomonini tavsiflashga qarab 
mo‗ljal oladi. Bu erda hodisalar va jarayonlar miqdor va umumiylik nuqtai nazaridan emas, balki 
sifat va xususiylik nuqtai nazaridan o‗rganiladi. SHu sababli miqdor metodlarining ulushi bu 
erda tabiiy-matematik siklga mansub fanlarga qaraganda kamroq. Biroq bilimning 
matematikalashuvi, kompyuterlashuvi jarayonlari bu erda ham tobora kengroq tus olib 
bormoqda.


81 
«Inson borlig‗i», ijtimoiy bilim predmeti sifatida, o‗ziga xos xususiyatga ega bo‗lganligi 
tufayli, unda matematik apparatdan foydalanish ancha mushkul. Bu sohaga matematik 
metodlarni tatbiq etishga ijtimoiy ob‘ektlarning o‗ta individualligi (va hatto betakrorligi), 
sub‘ektiv (shu jumladan sof irratsional) jihatlar doimo mavjudligi, nazorat qilib bo‗lmaydigan, 
tasodifiy munosabatlarning ko‗pligi, ma‘nolarning mujmalligi, nomukammalligi va hokazolar 
xalaqit beradi.
Biroq bu ijtimoiy fanlarni matematikalashtirish mutlaqo mumkin emasligidan dalolat 
bermaydi. Bu borada toq to‗plamlar nazariyasiga katta umid bog‗lanmoqda. Toq to‗plamlar 
deganda chegaralari aniq bo‗lmagan to‗plamlar tushuniladi, bunda elementlarning mazkur 
to‗plamga mansubligidan unga mansub emasligiga o‗tish keskin emas, balki asta-sekin yuz 
beradi.
Ijtimoiy fanlarda miqdor metodlaridan foydalanish tobora keng va samarali tus olib 
bormoqda. Ularning ayrimlari (iqtisodiyot, sotsiologiya)dan miqdor metodlari mustahkam o‗rin 
olgan, ayrimlari (tarix, san‘atshunoslik va boshqalar)ga esa ular ehtiyotkorlik bilan kirib 
bormoqda. Masalan, tarix fani doirasida matematik metodlar tarixni o‗rganishning asosiy 
vositasi bo‗lgan alohida fan – kiometriya (so‗zma-so‗z ma‘nosi – tarixni o‗lchash) yuzaga keldi 
va shakllanmoqda. Biroq, ijtimoiy fanlarda matematik metodlar qay darajada keng 
qo‗llanilmasin, ular bu fanlar uchun asosiy emas, balki yordamchi metodlar bo‗lib qolayotir.
Ijtimoiy bilimda empirik va nazariy unsurlarning o‗ziga xos uyg‗unligi kuzatiladi. 
Ijtimoiy bilimda empirik metodlarning imkoniyatlari cheklangan bo‗lsa-da, ular bu erda tobora 
kengroq va o‗ziga xos tarzda qo‗llanilmoqda. Bular, avvalo, ko‗rib chiqilayotgan hodisalarning 
sof ob‘ektiv xossalarini emas, balki ularning insoniy ko‗rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan 
so‗rovlar, anketalash, testlash, modelda eksperiment o‗tkazish va hokazolardir.
Xo‗sh, bilishning o‗zi nima? Uning mohiyati nimada? 
Avvalo, bilish – inson aks ettirish faoliyatining alohida turi. U «inson – mehnat vositalari 
– tabiat» tizimi doirasida insonning narsalar mohiyati, masalan, magnetizm tabiati, hayot 
mazmuni va hokazolar yashirinib yotgan dunyoning «qobig‗i»ni ochishga yo‗naladi. U 
dunyoning sirlarini ochadi. 
Bilish
– inson qo‗lga kiritadigan axborotning eng oliy darajasi. Bu axborotni u bilish 
muammolari va vazifalarini qo‗yish va echish yo‗li bilan, izchil anglab etadi. Axborot miyaning 
mvhumlashtiruvchi faoliyati yordamida belgi shaklini (2 



4) kasb etadiki, bu unga ishlov 
berish, saqlash va keyinchalik undan foydalanish uchun qulaydir.
Bilish inson izchil va ijodiy faoliyatining ijtimoiy jarayoni bo‗lib, unda tashqi dunyoning 
ideal obrazlari yuzaga keladi va bilish maqsadi bo‗lgan bilim shakllanadi.
Bilish jarayoni tarix falsafasida muayyan vaqt mobaynida (masalan, XVIII asr falsafiy 
materializmida) insonning sezgi a‘zolariga tabiatning mexanik ta‘siri sifatida qaralgan. Inson 
passiv mavjudot va tabiat uni o‗z maqomiga yo‗rg‗alatadi, deb hisoblangan. «Biz 
qo‗g‗irchoqlarmiz va taqdir bizni iplarimizdan tortib o‗ynatadi», deb yozgan edi V.Gyugo. Biroq 
amalda bilish doim ancha faol xususiyatga ega bo‗lgan va shunday bo‗lib qoladi. Bu 
odamlarning ehtiyojlari va manfaatlari, ularning umumiy maqsadlarga erishish yo‗lidagi 
hamkorligi va boshqa omillar bilan belgilanadi. Boshqacha aytganda, bilish ijtimoiy tabiat, jihat 
va xususiyatlarga ega. Bunga, jumladan, nemis klassik falsafasida sub‘ektning faolligi 
konsepsiyasida (I.Fixte va boshqalar) alohida e‘tibor qaratilgan.
Bilishning ijtimoiy tabiati, agar bu haqda atroflicha so‗z yuritadigan bo‗lsak, yana 
quyidagilarni ham anglatadi. Bilish doim ijtimoiy munosabatlar va madaniy dunyosining faol 
ta‘siri ostida yuz beradi. Biz faqat o‗zimiz yashayotgan davr shart-sharoitlarida va bu shart-
sharoitlar beradigan imkoniyat darajasida bilishimiz mumkin. Bu shart-sharoitlar jamiyatning 
muhim ehtiyojlari ko‗rinishida ijtimoiy buyurtmani yuzaga keltiradi. Ular sub‘ektni 
shakllantiradi va bilish jarayoniga muayyan darajada ta‘sir ko‗rsatadi – uni jadallashtiradi yoki 
sekinlashtiradi. Masalan, o‗rta asrlarda dunyo va insonni bilishga din va cherkov katta ta‘sir 
ko‗rsatgan. XX asrda esa bilishga boshqa omillar, chunonchi: kosmosni keng miqyosda 


82 
o‗zlashtirish, ekologiya, oziq-ovqat muammolarini echish va hokazolar kuchli ta‘sir 
ko‗rsatmoqda.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish