Uslubiy majmua



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/259
Sana13.06.2022
Hajmi2,82 Mb.
#662873
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   259
Bog'liq
Uslubiy majmua

Klassik dialektika. 
Klassik dialektikaning o‗ziga xos xususiyatlarini qayd etib o‗tamiz. 
Birinchidan, klassik dialektika dunyoni tushunishning shunday bir usuliki, bunda borliq narsalar 
va hodisalarning umumiy o‗zaro aloqasi, ularning bir-birini taqozo etishi va muttasil o‗zgarishi 
nuqtai nazaridan anglab etiladi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, dialektika har qanday 
o‗zgarish, har qanday harakat nazariyasi emas, balki o‗zgarishlarning faqat bir shakli – 
rivojlanish nazariyasi hisoblanadi. Dialektika rivojlanishning teran, to‗laqonli va mazmunan boy 
nazariyasidir. U o‗zgarish holatida bo‗lmagan biron-bir narsa tabiatda ham, jamiyatda ham, 
tafakkurda ham mavjud emas, chunki barcha mavjud narsalar o‗z ichki ziddiyatlariga ega va ular 
bu narsalarni o‗zgarishga, yangi shakl-shamoyil kasb etishga, rivojlanishga majbur qiladi, deb 
o‗rgatadi.
Ikkinchidan, dialektika ob‘ektiv va sub‘ektiv dialektikaning mavjudligini tan oladi.
Ob‘ektiv dialektika – bu tabiiy va ijtimoiy hodisalarning o‗zaro aloqasi va rivojlanishi. U 
sub‘ektdan, inson va insoniyatdan qat‘iy nazar mavjuddir. Sub‘ektiv dialektika – bu sub‘ektning 
fikrlash dialektikasi va uning ob‘ektiv dunyoni bilishi. Ob‘ektiv va sub‘ektiv dialektikaning 
o‗zaro nisbati qanday? Materialistik davr nuqtai nazaridan sub‘ektiv dialektika ob‘ektiv 
dialektikani aks ettiradi. Ob‘ektiv va sub‘ektiv dialektika mazmunan bir-biriga mos keladi 
(ularning umumiy jihati mazmun – borliq rivojlanishining yagona dialektik qonuniyati). Biroq, 
shu bilan bir vaqtda, ular shaklan bir-biridan farq qiladi, chunki tafakkur, borliqning boshqa 


45 
sohalari bilan taqqoslaganda, rivojlanishning o‗z ichki mantiqiga ega. Ob‘ektiv dialektika 
tafakkurda, sub‘ektiv va ideal shakllarda aks etadi.
Ob‘ektiv va sub‘ektiv dialektika-qarama-qarshiliklar, lekin bu qarama-qarshilik ijtimoiy-
tarixiy amaliyotda «yo‗qoladi». Hamonki sub‘ektiv dialektika ob‘ektiv dialektikani aks ettirar 
ekan, inson ob‘ektiv dialektikani bilish va shunga muvofiq o‗zining izchil amaliy faoliyatini 
tashkil etish, bu faoliyat jarayonida ob‘ektiv dunyoni va o‗zini o‗zi o‗zgartirishga qodir. Inson va 
jamiyat amaliyotida bilimlar in‘ikos shaklidan faoliyat shakliga aylanadi.
Uchinchidan, fan sifatidagi dialektikaning ichki mazmuni va mantiqiy «poydevori» uning 
tamoyillari, qonunlari va kategoriyalarini yaratadi. Dialektika jamuljum holda ob‘ektiv dunyoni 
va uni uzluksiz o‗zgarish va rivojlanish jarayonida bilishni aks ettiruvchi tamoyillar, qonunlar va 
kategoriyalar tizimi sifatida tavsiflanadi. Bunda tamoyillar deganda umumiy va universal, asosiy 
g‗oyalar tizimida boshqa barcha elementlarning roli va mazmunini belgilovchi mezonlar 
tushuniladi. Dialektikaning hozirgi konsepsiyalarida aloqa tamoyili va rivojlanish tamoyili 
ayniqsa muhim rol o‗ynaydi. Dialektika qonunlari rivojlanish jarayonidagi umumiy muhim 
aloqalarni aks ettiradi. Ular dialektikaning nazariyasini yaratishda muhim metodologik 
funksiyani bajaradi. Dialektikada umumiy qonunlar uchta: dialektik ziddiyatlilik qonuni, miqdor 
va sifat o‗zgarishlarining bir-biriga o‗tishi qonuni hamda inkorni-inkor qonuni. Dialektika 
kategoriyalari – bu eng fundamental, asosiy tushunchalar bo‗lib, ularda va ularning yordamida 
falsafiy fikrlash amalga oshiriladi. (Dialektika tamoyillari, qonunlari va kategoriyalarini biz 
quyida atroflicha ko‗rib chiqamiz.)
To‗rtinchidan, dialektikaning o‗ziga xos xususiyati shundaki, u nazariya vazifasini ham, 
metodologiya vazifasini ham bajaradi. Dialektika qonunlari, kategoriyalarining mazmuniga va 
bilish jarayonining amal qilish va rivojlanish qonuniyatlariga muvofiq fikrlovchi sub‘ektga 
qo‗yiladigan tegishli talablar shakllantiriladi va shu tariqa unga bilish faoliyatida yo‗l 
ko‗rsatiladi. Ko‗rsatilgan sub‘ekt borliqni bilish va amalda o‗zgartirish masalalarida amal qilishi 
lozim bo‗lgan tegishli normalar va qoidalar ham ishlab chiqiladi. Dialektika bergan metodologik 
jihatdan to‗g‗ri mo‗ljallar tadqiqotning to‗g‗ri yo‗lini tanlashga, ko‗p sonli xatolar og‗ishlarni 
chetlab o‗tishga, ortiqcha ish, keraksiz harakatlarga kuch va qimmatli vaqtni behuda 
sarflamaslikka yordam beradi.
SHunday qilib, hozirgi talqindagi dialektika-bu:

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish