Uslubiy majmua



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/259
Sana13.06.2022
Hajmi2,82 Mb.
#662873
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   259
Bog'liq
Uslubiy majmua

So„fizm falsafasi.
Bilish muammosi so‗fizmning eng muhim tomonini tashkil etadi. 
Mo‗‗tadil so‗fizm ta‘limotiga ko‗ra gnostik (orif)ning asosiy vazifasi oliy maqsadga erishish – 
haqiqatni bilishdan iborat. Bu maqsadga o‗zini o‗zi takomillashtirish va o‗zini o‗zi bilish yo‗li 
bilan erishiladi. O‗z mohiyatini bilish jarayonida inson o‗zida ilohiy unsurlar mavjudligini, 
Allohni bilishning birdan-bir to‗g‗ri usuli o‗zini o‗zi bilish, ya‘ni o‗zlikni anglash ekanini 
tushuna boshlaydi.
Biroq bilishning bu darajasiga etish uchun odam o‗zini butunlay o‗z o‗zligini anglashga 
baxshida etishi lozim. U so‗fiycha turmush tarzini tanlashi, shuningdek haqiqat sari yo‗l tutgan 
kishilarga qo‗yiladigan ayrim boshqa talablarni bajarishi darkor. Mo‗‗tadil so‗fizm vakillari 
qatoriga Xorisi Muhosibiy, Abulqosim Kushayriy, Abu Homid G‗azzoliy va boshqalar kiradi. 
Ular so‗fiy shariat chizig‗idan chetga chiqmasligi, uning barcha so‗zlari va ishlari Qur‘oni karim 
aqidalari va Muhammad payg‗ambar hadislariga muvofiq bo‗lishi lozim, deb hisoblaydilar.
«Vahdati vujud» (borliqning birligi) nuqtai nazarida turuvchi so‗fiylar so‗fizmning 
ashaddiy tarafdorlari hisoblanadi. Ular Haqiqat (Alloh) va tabiatni bir deb qaraydilar. Tabiat 
ilohiy emansipatsiya oqibatidir. Inson bu emansipatsiya zanjirida oxirgi bo‗g‗inni egallaydi. U 
nafaqat Haqiqat (Alloh)ni bilish darajasiga etadi, balki o‗zi ham Haqiqat – «Alloh»ga aylanadi. 
So‗fiylikning bu tariqat vakillari yashirin, sirli narsalarni bilishni afzal ko‗rib, shariat aqidalari va 
me‘yorlarini tan olmaganlar.
So‗fizm Allohni tabiat bilan uzviy deb qaraydi. Uni insonni qurshagan tashqi dunyoda 
mavjud har bir narsa bilan tenglashtiradi va ularda Allohning siymosi, mohiyatini ko‗rib, tabiat, 
atrof muhit sari, uning sirlarini ochish tomon, bu yashirin hodisalarning har birida ilohiy haqiqat 
belgisi, mohiyatini topish va bilish maqsadida muayyan qadam tashlaydi.
So‗fizmdagi Allohni bilishda bilish usullari va vositalari sifatida vahiy va ilhom amal 
qiladi. Bu erda sezgilar va aql bilish vositalari sifatida ishlamaydi. Borliqning birligi tarafdorlari 
sanalgan so‗fiylarda panteistik an‘analar ustunlik qiluvchi ta‘limotlarda Allohni bilish nazariyasi 
bilan bir qatorda dunyoni bilish nazariyasi ham mavjud bo‗lib, unda bilish ob‘ekti sifatida 
moddiy dunyoning o‗zi, bilish vositalari va usullari sifatida esa – sezgilar, aql, kuzatish, 
taqqoslash, so‗zning tor ma‘nosidagi tajriba amal qiladi. Garchi ular bilishning turli shakllarini 
tan olsalar-da, mohiyatlar mohiyati (Alloh)ni bilish darajasi to‗g‗risida so‗z yuritilgan hollarda 
bilish shakllarining ahamiyatini cheklaydilar. Allohni bilishga faqat Uning karami va nuri 
yordamida muvaffaq bo‗linadi.
Mutlaq haqiqatning tagiga etish yo‗lidan boruvchi odam (orif) o‗z oldiga haqiqatni bilish 
vazifasini qo‗ygan faol individga aylanadi va uzoq izlanishlar, turli mistik bosqichlar, 
maqomlardan o‗tish va o‗zlikni anglash natijasida o‗zida mutlaq haqiqat (Alloh)ni topadi va etuk 
insonga aylanadi.
33
Ибн Сино. Донишнома. – Т.: Фан, 1976. – 267-б. 


25 
So‗fizm ta‘limotiga ko‗ra, haqiqatning tagiga etish uchun odam o‗z ichki dunyosi, qalbini 
har xil dunyoviy qusurlardan forig‗ etishi lozim. Bunga erishish uchun u bir qancha ma‘naviy 
bosqichlar yoki so‗fiylar ta‘biri bilan aytganda maqomlardan o‗tishi darkor. 
Bilish va ma‘naviy sayohat yo‗lida odamga uning tafakkuri yo‗l ko‗rsatadi. Ko‗rsatilgan 
bosqichlarning har biridan o‗tish natijasida odam axloqiy va ma‘naviy jihatdan takomillashadi va 
haqiqatni bilishga yaqinlashadi.
Abu Homid G‗azzoliy so‗fizmni panteizmdan tozalashga harakat qildi va u bunga 
muvaffaq bo‗ldi. G‗azzoliy fikriga ko‗ra, «har qanday ma‘naviy poklanishlardan qat‘i nazar, 
inson hech qachon Xudoga aylana olmaydi». Bu bilan u so‗fizm va panteizm o‗rtasida o‗ziga xos 
«xitoy devori»ni o‗rnatdi.
2-
mavzu. 

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish