Uslubiy majmua


Qadimgi dunyo SHarq va G„arb falsafasining rivojlanish xususiyatlari va



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/259
Sana13.06.2022
Hajmi2,82 Mb.
#662873
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   259
Bog'liq
Uslubiy majmua

Qadimgi dunyo SHarq va G„arb falsafasining rivojlanish xususiyatlari va 
muammolardagi farqlar. 
Birinchidan,
 
inson muammosini o‗rganishga nisbatan yondashuvlarda 
G‗arb va SHarq falsafasida tafovutlar mavjud. G‗arb falsafasidan farqli o‗laroq, SHarq falsafasi 
asosiy e‘tiborni inson muammosiga qaratadi. Jumladan ―Avesto‖da farzand ko‗rish, bolalarni 
3
История философии: Энциклопедичексий словарь. –М.: 2001. –С.115 
4
История философии: Энциклопедичексий словарь. –М.: 2001. -С.172 
5
Қаранг Бобоев Ҳ. Ғофуров З. Ўзбекистонда сиѐсий ва маънавий –маърифий таълимотлар тараққиѐти. -Т.: 
Янги аср авлоди, 2001. –Б.85. 
6
Умарзода М. Овесто сирлари // Жаҳон адабиѐти. 1997 №4 –Б.19-20. 


17 
bilimli, odobli, jamiyat uchun foydali insonlar qilib tarbiyalash, kelajakni o‗ylab ish tutish 
umuminsoniy ma‘naviyat ekanligi ta‘kidlanadi. Zardo‗sht Axuramazdadan, serfarzand 
xonadonga nima berasan, deb so‗raganda u ―Bunday odamlarni o‗z himoyamga olaman, hayotini 
farovon, risqini mo‗l qilaman‖ deb javob bergan. SHarq falsafasi insonni amaliyot, odamlar 
hayot faoliyati, ularning turmush tarzi nuqtai nazaridan o‗rganadi. SHu sababli unda insonning 
o‗zligi, uning shakllari va holatlari, odob-axloq, hukmdorlarga, turli yoshdagi odamlarga, 
shuningdek jamiyatdagi ijtimoiy holati turlicha bo‗lgan kishilarga amaliy nasihatlar bilan bog‗liq 
bo‗lgan ayrim muammolar ko‗p. Masalan ―Avesto‖da keltirilgan ―Zabardast va qudratli bo‗lish 
uchun hamisha haqiqat va rostglikka muvofiq amal qilsang, zabardast va qudratli bo‗lasan‖, 
―Haq so‗zdan o‗zga hech narsa bilan shug‗ullanma‖, ―Dunyoni taraqqiyot va kamolot sari 
harakatga soladigan kishilar bo‗lmog‗i lozim‖, ―YOlg‗on gapirib tirik qolgandan ko‗ra, rost 
gapirib o‗lgan yaxshi‖, ―O‗z nafsini engib, jilovlab olmagan kishi, hech narsa ustidan g‗olib 
chiqa olmaydi‖
7
kabi fikrlar hozirgi kunda ham ahamiyatini yo‗qotgani yo‗q. G‗arb falsafasi esa, 
insonga uning ruhiy borlig‗i yoki odob-axloq orqali murojaat etmaydi, balki unga borliq va 
bilishning umumiy tamoyillarini taklif qiladi. SHu bois u naturfalsafiy, ontologik, gnoseologik, 
metodologik, estetik, mantiqiy, axloqiy, siyosiy va huquqiy muammolarni o‗rganadi.
Ikkinchidan, SHarq va G‗arb falsafasida dinga munosabatda ham farqlar mavjud. SHarq 
falsafasi din bilan uzviy o‗zaro aloqada rivojlanadi: aksariyat hollarda ayni bir falsafiy oqim 
falsafa sifatida ham, din sifatida ham namoyon bo‗ladi. Bunga braxmanizm, induizm, buddizm, 
konfutsiychilik, zardo‗shdiylik misol bo‗lishi mumkin. G‗arb falsafasi esa, ko‗proq ilmiy 
metodologiyaga tayanadi va dindan ajralishga harakat qiladi. Qadimda G‗arbning falsafiy 
ta‘limotlaridan birortasi ham jahon diniga yoki hech bo‗lmasa qadimgi YUnoniston va Rimda 
keng tarqalgan dinlardan biriga aylanmagan. Boz ustiga, G‗arb antik falsafasida, avvalo 
Demokrit, Epikur, Lukretsiy Kar va boshqa faylasuflarning asarlarida ateistik ohanglar ancha 
kuchli. 
Uchinchidan, G‗arb va SHarq falsafasining kategoriyalar apparati ham o‗ziga xos 
farqlarga ega. SHarq falsafasida mifologiya va «Rigvedalar» taklif qilgan aksariyat 
kategoriyalar: in – ayollik asosi va yan – erkaklik asosi, ularning efir bilan birikmasi – si; yoki 
narsalarga besh moddiy birinchi asos – er, suv, havo, olov va daraxtning birikmasi sifatida 
yondashish tabiiy bir hol sifatida qaraladi. Hayot va o‗lim, jon va jismoniy tana, jon materiyasi, 
ong va uning holatlari kategoriyalari ayniqsa ko‗p muhokama qilinadi. Sansara – jonning qayta 
gavdalanishi, o‗zga shakl-shamoyilda namoyon bo‗lishi, karma – inson o‗limidan keyin tiriklik 
paytida qilgan ishlariga yarasha mukofot yoki jazo olishi yoki insonning individual taqdiri, 
askeza – o‗zini o‗zi cheklash yo‗li bilan g‗ayritabiiy qobiliyatlarga erishish, nirvana – eng 
yuksak holat, inson erishishni ko‗zlagan oliy maqsad, «materiya kishanlaridan xalos bo‗lgan jon 
holati» kabi tushunchalar kiritilgan. Albatta, SHarq falsafasi harakat, qarama-qarshilik, birlik, 
materiya, ong, makon, vaqt, dunyo, substansiya kabi odatdagi falsafiy kategoriyalardan ham 
foydalanadi. G‗arbda esa, falsafiy tizimlar mohiyati va ularning kurashini aks ettiruvchi falsafiy 
kategoriyalar apparatining yaratilishiga alohida e‘tibor qaratiladi. Tizim sifatidagi kategoriyalar 
haqida ilk bor Aristotelning «Kategoriyalar» risolasida so‗z yuritilgan. U o‗zidan oldingi falsafiy 
tafakkurni o‗rganish asosida kategoriyalar jadvalini tuzgan. Bu jadval quyidagi kategoriyalarni 
o‗z ichiga olgan: mohiyat (substansiya), miqdor, sifat, munosabat, joy, vaqt, o‗rin, holat, harakat, 
azob-uqubat. Aristotelning kategoriyalar jadvali falsafa va muayyan fanlar erishgan yutuqlar 
munosabati bilan uning tarkibini o‗zgartirishni taklif qilgan YAngi davrga qadar kategoriyalar 
haqidagi ta‘limotning rivojlanishiga hal qiluvchi ta‘sir ko‗rsatib keldi.
To‗rtinchidan, Qadimgi G‗arb va SHarqda materiyaning tuzilishi haqidagi ta‘limotda 
ham farqlar mavjud. G‗arb antik falsafasida materiyaning diskret tuzilishi haqidagi ta‘limot – 
atomistika vujudga keldi. Uning asoschilari qadimgi yunon faylasuflari Levkipp va Demokrit 
bo‗lgan, atomistika g‗oyalarini Epikur va qadimgi rim faylasufi Lukretsiy Kar rivojlantirgan. 
Demokrit dunyo atomlar va bo‗shliqdan iborat deb hisoblagan. Uning fikricha, atomlar – sifatga 
7
Умарзода М. Овесто сирлари // Жаҳон адабиѐти. 1997 №4 –Б.19-20 


18 
ega bo‗lmagan mayda zarralar. Sifatlar atomlarning shakl, o‗rin va tartib jihatidan uyg‗unligidan 
paydo bo‗ladi. Demokrit, nima uchun sut oson ichiladi?, degan savolga, shuning uchunki, sut, 
«yumaloq atomlar»dan iborat, nima uchun xantalni sutday ichish mumkin emas? SHuning 
uchunki, xantal atomlari «ilmoqsimon»dir, deb javob beradi. U narsalar sifati va ularning rang-
barangligini ham shunday tushuntirgan. Demokritning atomistikasida sababiyatning sodda 
izohlari bilan bir qatorda ayni shu sababiyatni narsalarning o‗zida, aniqrog‗i – atomlarda 
ko‗rishga bo‗lgan intilishga ham duch kelish mumkin. SHarq falsafasida esa, materiyaning 
diskretligi, uning tuzilishi muammosi qo‗yilmaydi. Unda materiyaga asosan jonga «xalaqit» 
beruvchi muayyan omil yoki shakl bilan birlikda yoki muayyan substansional asos sifatida 
yondashiladi.
Beshinchidan, G‗arb va SHarq falsafasida bilish muammolarini echishda farqlar mavjud. 
G‗arb falsafasida bilish empirik, hissiy va oqilona jarayon sifatidagi emas, balki mantiqiy 
jarayon sifatida ham qaraladi, ya‘ni mantiq muammolari atroflicha o‗rganiladi. Bu muammolarni 
o‗rganishga Suqrot, Platon, ayniqsa Aristotel ulkan hissa qo‗shgan. SHarq falsafasida esa,
mantiq muammolari bilan amalda hind nyaya (sansar, qoida, mulohaza, predmetga kirish, 
mantiq) maktabigina shug‗ullangan. Nyaya falsafiy muammolarni echishda mushohadaning 
ahamiyatini alohida qayd etgan. U haqiqatning tagiga etishning to‗rt manbai: idrok etish, xulosa 
chiqarish, taqqoslash va isbotlashni o‗rganadi. Bu manbalar haqiqiy bilimga erishish imkonini 
beradi. Umuman olganda qadimgi SHarq falsafasiga ko‗proq o‗zini o‗zi bilish xos.
Oltinchidan,
 
G‗arb va SHarq falsafasidagi o‗ziga xoslik va farqlar ijtimoiy muammolarni 
o‗rganish jarayonida ayniqsa bo‗rtib namoyon bo‗ladi. SHarq falsafasida bu o‗tmish, hozirgi 
davr va kelajak manbai bo‗lgan «dunyoviy inson» muammolari, shuningdek umuminsoniy 
qadriyatlar, o‗zini o‗zi kamol toptirish, boshqa odamlarni boshqarish uchun zarur bo‗lgan 
insoniy fazilatlar muhim ahamiyatga ega. Masalan, Konfutsiy Osmonga, uning ulug‗vorligiga 
murojaat etib, ijtimoiy tuzilmalar ierarxiyasi, kishilar qat‘iy subordinatsiyasining zarurligini 
ko‗rsatishga harakat qiladi: «Osmon har bir insonga uning jamiyatdagi o‗rnini belgilaydi, uni 
taqdirlaydi, unga jazo beradi..»
8
. ―Avesto‖da esa insonning haq-huquqlari, burch va mas‘uliyati 
haqida fikr bildirilgan. Jumladan, agar odam olgan qarzini o‗z vaqtida qaytarib bermasa, u tunda 
birovning uyiga o‗g‗irlikka kirgan odam bilan barobardir. SHuningdek, unda qarindoshlarning 
o‗zaro oila qurishi taqiqlangan, avlodlarning sog‗lom, benuqson tug‗ilishiga e‘tibor qaratilgan. 
Bordi-yu erkak zurriyot qoldirishga qobiliyati bo‗lib, so‗qqa bosh bo‗lib yursa, uning 
peshonasiga tamg‗a bosish yoki beliga zanjir bog‗lab yurishga majbur ekanligi belgilangan. 
SHarq falsafasida qonun muammosiga ham ko‗p e‘tibor beriladi. Ayrim faylasuflar uni rad 
etgan, ayrimlari esa unga tayangan. Xalq va podsho muammosi ham SHarq falsafasining muhim 
muammolaridan biri hisoblanadi

Jumladan, ―Avesto‖ da huquqiy masalalar: jinoyat va jazo, oila 
va nikoh, mulk bilan bog‗liq masalalarni tartibga soluvchi qoidalar o‗z ifodasini topgan. Oilaviy 
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qoidalarda er xotinning bir-biriga xiyonati yoki 
nikohsiz er-xotinlik munosabatlarida bo‗lgan kishilar tan jazosini olgan. ―Venidat‖ (Devlarga 
qarshi kurash qonuni) ning 13, 14 boblarida suvni tejash, uni qadrlash, undan unumli foydalanish 
haqidagi qoidalar bitilgan. Unda har kuni ekinni ikki marta sug‗orish mumkinligi, har bir kunda 
ekuvchi bir belkurak kenglik va chuqurlikdagi ariqqa sig‗adigan suv olishga haqli ekanligi, suvni 
taqsimlash bilan kohinlar shug‗ullanishi, suvni ifloslantirishni taqiqlovchi qoidalar belgilagan. 
Bu qoidalarni buzganlarga nisbatan majburiy mehnatga jalb qilish jazosi belgilangan
9
.
G‗arbda, 
xususan, qadimgi yunon va qadimgi rim falsafasida esa ijtimoiy muammolar doirasi kengroq. 
Ularni o‗rganish usullari ham SHarq falsafasidagi usullardan ancha farq qiladi. Birinchidan, 
Demokritdan boshlab, qadimgi dunyoning deyarli barcha faylasuflari davlat, qonun, mehnat, 
boshqaruv, urush va tinchlik, mayllar, manfaatlar, hokimiyat, jamiyatning mulkiy tabaqalanishi 
muammolariga murojaat etganlar. 
Ikkinchidan, bu ijtimoiy-falsafiy muammolarni tadqiq etish jarayonida insonni jamiyatga 
bog‗lab o‗rganish ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, Demokrit shunday deb yozadi: 
8
Конфуций. Уроки мудрости. -М.: ЭКСМО, 2005. –С.46 
9
Қаранг Сулаймонова Ф. Шарқ ва Ғарб. -Т.: Ўзбекистон, 1997. –Б.25-26. 


19 
«Umumiy muhtojlik ayrim insonning xususiy muhtojligidan og‗irroqdir. Zero umumiy 
muhtojlikda yordamga hech qanday umid qolmaydi»; «qonun odamlarning hayotini tartibga 
solishni xohlaydi, bunga u faqat odamlar o‗zlariga yaxshi bo‗lishini istagan taqdirda erishishi 
mumkin. Zero qonun o‗ziga bo‗ysunadigan kishilargagina ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi»; «Oqil 
odamga butun dunyo ochiq. Zero yaxshi qalb uchun butun dunyo vatandir»
10
.
Platon ham ijtimoiy muammolarni tahlil qilgan. U davlatning mohiyati va shakllarini 
shaxs, ayniqsa podshoni shaxsi nuqtai nazaridan o‗rgangan. Uning fikricha, podsho 
haqiqatparvarlik, oqillik, mardlik, adolatparvarlik kabi fazilatlarga ega bo‗lishi lozim; umuman 
olganda, podshoda insonning barcha qobiliyatlari mavjud bo‗lishi darkor. Platon insoniyat 
tarixida birinchi ideal davlat nazariyasini yaratadi. U davlatning uch shaklini tan oladi: 
monarxiya, aristokratiya va demokratiya. Bu shakllarning har biri ikki ko‗rinishda: qonuniy va 
noqonuniy yoki zo‗rlik ishlatishga asoslangan ko‗rinishlarda amal qiladi. Platon davlatning 
qonuniy shaklini ma‘qul ko‗radi. Uning fikricha, davlatni faylasuflar hammadan yaxshiroq 
boshqara oladilar. Platon o‗zining «Davlat» asarida bu haqda shunday deb yozadi: «Agar 
qashshoq va yo‗qsillar o‗z shaxsiy manfaatlarini qondirishni ko‗zlab, jamiyatni boshqarish 
imkoniyatini qo‗lga kiritgan bo‗lsalar, bundan yaxshi ish chiqmaydi: hokimiyat bellashuv 
maydoniga aylanadi va bunday ichki urush uning ishtirokchilarini ham, qolgan fuqarolarni ham 
halokatga mahkum etadi. Hokimiyat uni sevguvchi kishilar qo‗liga o‗tishi ham yaramaydi. Aks 
holda ular bilan bu sevgida raqiblar bellashadi...»
11
.
Aristotel ham o‗zining «Siyosat» asarida o‗z davlat nazariyasini bayon etgan. U: «Davlat 
nima uchun vujudga kelgan va insonni uning jamiyatdagi hayotida boshqaruvchi hokimiyatning 
nechta turi bor?», degan savolni o‗rtaga tashlaydi va o‗zining bu savoliga shunday javob beradi: 
«Davlat yashash uchun yaratilmaydi, balki asosan baxtli yashash uchun yaratiladi... Davlat 
oilalar va jamoalar o‗rtasida yaxshi hayot kechirish uchun aloqalar o‗rnatilganda, farovon va 
o‗ziga to‗q mavjudlik maqsadida vujudga keladi»
12
. Davlat hokimiyati masalasiga kelsak, 
Aristotel uning «uch yaxshi» va «uch yomon» shaklini qayd etadi. Davlat hokimiyatining 
«yaxshi» shakli deganda u jamiyatga xizmat qiluvchi hokimiyat shakllari: monarxiya, 
aristokratiya, «politiya», ya‘ni o‗rta sinf hokimiyatini tushunadi. Davlat hokimiyatining 
«yomon» shakllari qatoriga Aristotel tiraniya, sof oligarxiya va ashaddiy demokratiyani kiritadi.
Qadimgi dunyo falsafasi haqidagi so‗zimizga yakun yasar ekanmiz, shuni qayd etishni 
istar edikki, u mazkur dunyo madaniyatining o‗zagi hisoblanadi, G‗arb va SHarq ma‘naviy 
sivilizatsiyasining qiyofasini belgilaydi. Gap shundaki, falsafa qadimgi dunyoning barcha 
ma‘naviy qadriyatlari: san‘at va din, axloq va estetik tafakkur, huquq va siyosat, pedagogika va 
fanni qamrab olgan.
Xullas, SHarq ma‘naviy sivilizatsiyasi shaxsning borlig‗iga, uning o‗zlikni anglash 
tuyg‗usiga va moddiy dunyodan uzoqlashish orqali o‗zini o‗zi kamol toptirishiga murojaat etish 
ruhi bilan sug‗orilgan bo‗lib, bu SHarq xalqlarining turmush tarzida va madaniy qadriyatlarni 
o‗zlashtirish usullarida o‗z aksini topgan. G‗arb ma‘naviy sivilizatsiyasi o‗zgarishlarga, 
haqiqatning tagiga etish yo‗lidagi izlanishlarga ochiq bo‗lgan. Bu izlanishlar turli, shu jumladan 
ateistik, intellektual va amaliy yo‗nalishlarda kechgan.
Umuman olganda qadimgi dunyo falsafasi keyingi davrlardagi falsafiy tafakkur va 
madaniyatga, kishilik jamiyatining rivojlanishiga ulkan ta‘sir ko‗rsatgan.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish