3-mavzu: Murakkab tizimlarni loyihalash (4 soat)
Reja:
3.1. Murakkab tizimlarni loyihalash bosqichlari.
3.2. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi yordamida mashina detallarini eskiz va
texnikaviy loyihasini bajarish.
3.3. Loyihalash protsedurasi va marshruti.
3.4. Murakkab tizimlarni loyihalash usullari.
Tayanch so‘z va iboralar: murakkab tizim, loyihalash protsedurasi, loyihalash
marshruti, eskiz, texnik loyiha, ob'ekt.
Murakkab tizim deb quyida keltirilgan xossalardan kamida birini o‘zida
mujassam etgan tizimga aytiladi.
1) Tizim qismlarga bo‘linishi mumkin va ularni har birini o‘zaro ta'sirini
o‘rganish mumkin.
2) Tizimning ishlash sharoitiga atrof muhit ta'sir ko‘rsatadi va muhitning
ta'siri tizim parametrlari o‘zgarishini tavsiflaydi.
3) O‘zining harakat yo‘nalishini maqsadga muvofiq tanlab amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |