Berilgan tenglamadan bir marta hosila olsak tezlikni beradi: ikkinchi marotaba hosila olsak tezlanishni hosil qilamiz: . Demak, javob:
8. V1=1m/s boshlang‘ich tezlik bilan tezlanuvchan harakat qilayotgan jism biror masofa o’tib, v1=7m/s tezlik oladi. Shu masofaning yarmida jismning tezligi qanday bo’ladi.
Berilgan:
Yechilishi:
V0=1m/sek
V1=7m/sek
V-?
Tekis tezlanuvchan harakat uchun
v12=v02+2aS (1)
Ifoda o’rinli bo’ladi. Masofaning yarmidagi tezlik
(2)
(1) dan bu ifodani (2) ga qo’yib yoki
1-MAVZU: TEZLIK, TEZLANISH. MODDIY NUQTANING TO‘G‘RI CHIZIQLI HARAKATI.
MODDIY NUQTANING AYLANA BO‘YLAB HARAKATI. BURCHAKLI TEZLIK VA BURCHAKLI TEZLANISH. MUSTAQIL ECHISH UCHUN MASALALAR
Jism yo’lining to’rtdan uch qismini υ1=60 km/soat tezlik bilan, yo’lning qolgan qismini esa υ2=80 km/soat tezlik bilan bosib o’tdi. Harakatning o’rtacha tezligini toping.
Jism yo’lning birinchi yarmini s, ikkinchi yarmini esa s da bosib o’tdi. Agar bosib o’tilgan yo’lning hammasi s=20m bo’lsa, harakatning o’rtacha tezligi topilsin.
Jismning to‘g’ri chiziqli harakati s=C-3t+2t2 tenglama bilan ifodalanadi. Jismning s dan s gacha bo’lgan vaqt intervalida o’rtacha tezlik topilsin.
Nuqta to’g‘ri chiziq bo’ylab harakatlanganda uning koordinatalari x=9t+0.09t3 qonun bo’yicha o’zgaradi. Nuqta harakatining 5 s dagi o’rtacha tezligi topilsin.
Jism bosib o’tgan yo’lining vaqtga bog‘liqligi tenglama bo’yicha berilgan. Harakatning 3 sekundidagi o’rtacha tezligini aniqlang.
Nuqtaning to’g‘ri chiziqli harakati tenglama asosida yuz beradi. Nuqtaning harakatini 1-sekunddan 3-sekundgacha bo’lgan vaqt intervalida o’rtacha tezligi topilsin.
τ vaqt ichida jismning tezligi qonun bo’yicha o’zgargan. τ vaqt oralig‘ida jismning o’rtacha tezligi qanday?
Moddiy nuqtaning to’g‘ri chiziqli harakati tenglama bilan ifodalanadi. Jismning 2-sekunddan 6-sekundgacha bo’lgan vaqt oralig‘idagi o’rtacha tezligini toping.
Nuqtaning to’g‘ri chiziqli harakat tenglamasi ko’rinishda. Nuqta to’xtaguncha ketgan vaqt ichidagi o’rtacha tezlikni toping.
Nuqta 15 s davomida υ1=5 m/s tezlik bilan, 10 c davomida 8 m/s tezlik bilan va 6 s davomida 20 m/s tezlik bilan harakatlandi. Nuqtaning o’rtacha harakat tezligi qanday?
Nuqtaning to’g‘ri chiziqli harakatida uning koordinatasi qonuni bilan o’zgaradi. Harakatning birinchi 4 s davomidagi o’rtacha tezlanishi topilsin.
Jism balkondan 10 m/s tezlik bilan vertikal ravishda yuqoriga otilgan. Balkonning yer sirtidan balandligi 12.5 m. jismni harakat tenglamasini yozing va uning otilgan momentdan to yerga tushgunga qadar o’rtacha tezligini toping.
Moddiy nuqtaning harakat tenglamasi ko’rinishga ega. Harakatning birinchi 3 s davomidagi o’rtacha tezlik va tezlanishni toping.
Jism to’g‘ri chiziq bo’ylab tenglama asosida harakat qiladi. Jism harakatini 1-sekundidan 4-sekundigacha o’rtacha tezlanishni toping.
Bir joydan ikki nuqta bir yo’nalishda tekis tezlanuvchan harakat boshladi. Ikkinchi nuqta o’z harakatini birinchiga qaraganda 2 s kech boshladi. Birinchi nuqta 1 m/s boshlang‘ich tezlik bilan va 2 m/s2 tezlanish bilan, ikkinchi nuqta esa 10 m/s boshlang‘ich tezlik va 1 m/s2 tezlanish bilan harakat qilmoqdalar. Qancha vaqtdan so’ng ikkinchi nuqta birinchisiga yetib oladi?
Bir vaqtning o’zida, bir nuqtadan ikkita jism bir yo’nalishda harakat boshladilar. Biri 980 m/s tezlik bilan tekis, ikkinchisi esa boshlang‘ich tezliksiz 9.8 sm/s2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat qiladi. Qancha vaqtdan so’ng ikkinchi jism birinchisiga yetib oladi?
A jism υ’o boshlangich tezlik bilan harakat boshlab, a1 tezlanish bilan harakatlanmoqda. A jism bilan bir vaqtning o’zida V jism ham υ"o boshlangich tezlik bilan va a2 manfiy tezlanish bilan harakat boshlaydi. Harakat boshlanishidan qancha vaqtdan so’ng ikkala jism ham bir xil tezlikka erishdi?
Bir punktdan, bir vaqtning o’zida, bir xil yo’nalishga to’g‘ri chiziq bo’ylab ikki avtomashina harakat boshlaydi. Avtomobillarni vaqtga bog‘liq ravishda bosib o’tgan yo’llari va tenglamalar bilan ifodalanadi. Avtomobillarning nisbiy tezliklari topilsin.
Bir punktdan, bir vaqtning o’zida, bir xil yo’nalishda to’g‘ri chiziq bo’ylab ikki avtomashina harakat boshlaydi. Avtomobillarni vaqtga bog‘liq ravishda bosib o’tgan yo’llari va tenglamalar bilan ifodalanadi. Avtomobillarni nisbiy tezliklari topilsin.
Jismning to’gri chiziqli harakat tezligini vaqtga bog‘liqligi tenglama bilan berilgan. Agar boshlang‘ich momentda koordinatalar boshida bo’lgan bo’lsa, jism bosib o’tgan yo’lni vaqtga bog‘liqligi topilsin.
Jism bosib o’tgan yo’lni vaqtga bog‘liqligi tenglama bilan berilgan. Tezlikni vaqtga bogliqligi va harakat boshlangandan so’ng 2 s o’tgach uning qiymati aniqlansin.
Moddiy nuqtaning tezligini vaqtga bog‘liqligi υ=6t tenglama bilan berilgan. Agar boshlangich momentda harakatlanuvchi nuqta koordinatlar boshida bo’lgan bo’lsa, bog‘lanishni yozing.
To’gri chiziqli harakat tenglama bilan ifodalanadi (SI birliklarda). Tezlik va tezlanish tenglamalari yozilsin.
Moddiy nuqtaning harakat qonuni ko’rinishga ega. Nuqtaning vaqtni boshlangich momentidagi tezlik va tezlanish topilsin.
Nuqtaning to’g‘ri chiziq bo’ylab harakati tenglama bilan berilgan. Harakat boshlangandan qancha vaqtdan so’ng nuqta to’xtaydi?
Jismning bosib o’tgan yo’ilni vaqtga bog‘liqligi tenglama bilan beriladi, bu yerda C=0.14 m/s2 va D=0.01 m/s3. Harakat boshlangandan qancha vaqtdan so’ng jismning tezlanishi 1 m/s2 ga teng bo’ladi?
Ikki moddiy nuqtalar harakati va tenglamalar bilan ifodalanadi (uzunlik-metrlarda, vaqt-sekundlarda). Vaqtning qanday momentida bu nuqtalarning tezliklari tenglashadi?
Liftning harakat tenglamasi ga asosan, uning tezligini vaqtga bog‘lanishini toping.
Jismni to’g‘ri chiziq bo’ylab harakat qonuni tenglama bilan berilgan. Vaqtning qanday momentida jismning tezligi no’lga tenglashadi?
Jismni to’gri chiziq bo’ylab harakat qonuni formula ko’rinishida yoziladi. Tezlanishni vaqtga bog‘lanishi va uning harakat boshidan 2 s o’tgach qiymati topilsin.
Nuqtaning to’g‘ri chiziq bo’ylab harakati tenglama bilan berilgan. Vaqtni qanday momentida nuqta tezligi no’lga teng bo’ladi.
Moddiy nuqtaning harakati tenglama bilan berilgan. Nuqtaning tezligi no’lga teng bo’lgan momentda, uning koordinatasi topilsin.
Ikki moddiy nuqtalar va tenglamalar bilan harakatlanmoqda. Vaqtning qaysi momentida ularning tezligi tenglashadi?
Nuqtaning to’g‘ri chiziqli harakati tenglama bilan ifodalanadi. Nuqta to’xtagunga qadar qancha harakat qiladi?
Ikki jismni to’g‘ri chiziqli harakati va tenglamalarga binoan bo’lmoqda. Vaqtning qanday momentida bu jismlarni tezlanishlari tenglashadi?
Ikki moddiy nuqtalarni tezliklari va qonun asosida o’zgaryapti. Harakat boshlangandan qancha vaqtdan so’ng nuqtalarning tezlanishi tenglashadi?
Moddiiy nuqtaning harakat tenglamasi ko’rinishga ega. Harakat boshlangandan so’ng qanday vaqt oralig‘ida nuqtaning o’rtacha tezlanishi 0.54 m/s2 ga teng bo’ladi?
Jismni bosib o’tgan yo’lining vaqtga bog‘lanishi tenglama bilan berilgan, bu yerda S = 0.14 m/s2 va D = 0.01 m/s2. Harakat boshlangandan qancha vaqtdan so’ng jismning tezlanishi 1 m/s2 ga teng bo’ladi?
Nuqtaning to’g‘ri chiziqli harakati tenglama bilan ifodalanadi. Vaqtning t = 4 s momentidagi jismni tezlik va tezlanishi topilsin.
Jismning harakati tenglama bilan ifodalanadi. Agar A=0.25 m/s4 va V = 3 m/s2 bo’lsa, jismning maksimal tezligi topilsin.
Nuqta tenglamalar asosida harakatlanmoqda. Nuqtaning harakat tezligi qanday?
Nuqtaning to’g‘ri chiziqli harakati tenglama bilan ifodalanadi. Vaqtning t = 2 s momentdagi nuqtani tezlik va tezlanishini hamda harakatning 2 s dagi o’rtacha tezligi topilsin.
Jismning bosib o’tgan yo’lini berilgan tenglamasi ga asosan birinchi 3 s dagi tezlikni vaqtga boglanishi grafigini chizing.
Nuqtaning egri chiziq bo’ylab harakati va tenglamalar bilan berilgan. Nuqta trayektoriyasining tenglamasi topilsin.
Moddiy nuqtaning harakati tenglamalar bilan berilgan. trayektoriyani tenglamasi tuzilsin va trayektoriyani XOY tekislikda chizing. t = 0 dagi nuqtaning o’rni, yo’nalishi va harakat tezligi ko’rsatilsin.
Nuqta aylana bo’ylab S = 4t2 tenglamaga asosan harakatlanmoqda. Harakat boshlangandan so’ng 0.5 s vaqt o’tgach, harakatning tangensial tezlanish normal tezlanishga teng bo’ldi. Aylananing radiusi topilsin.
Nuqta radiusi 10 m bo’lgan aylananing yoyi bo’ylab harakatlanmoqda. Vaqtning biror momentida nuqtani normal tezlanishi 4 m/s2 ga teng. Shu momentda to’liq tezlanish vektori normal tezlanish vektori bilan 60o burchak hosil qiladi. Nuqtaning tezligi va tangensial tezlanishi topilsin.
Nuqta egri chiziq bo’ylab = 0.5 m/s2 ga teng bo’lgan o’zgarmas tangensial tezlanish bilan harakatlanmoqda. Agar nuqtaning egri chiziq’i radiusi 3 m bo’lgan uchastkasida tezligi 2 m/s bo’lgan bo’lsa, uning shu uchastkadagi to’liq tezlanishi topilsin.
Nuqta radiusi 4 m bo’lgan aylana bo’ylab harakatlanmoqda. Uning harakat qonuni (S - metrlarda, t -sekundlarda) bilan ifodalanadi. Vaqtning qanday momentida uning normal tezlanishi m/s2 ga teng bo’ladi?
Nuqtaning aylana bo’ylab harakati tenglama bilan berilgan. Harakat boshlanishidan 2s o’tgach nuqtaning normal tezlanishi 1 m/s2 ga teng bo’lgan bo’lsa, aylananing radiusi topilsin.
Nuqta radiusi 2 m bo’lgan aylana bo’ylab harakatlanmoqda. Harakat tenglamasi S=2t3. Vaqtning qaysi momentida uning normal tezlanishi tangensial tezlanishiga teng bo’ladi?
Nuqtaning radiusi 4 m bo’lgan aylana bo’ylab harakati tenglama bilan berilgan. Nuqtaning 2 sekunddan keyingi normal va tangensial tezlanishlari topilsin.
Jism radiusi 10 m bo’lgan aylana bo’ylab qonun asosida aylanmoqda. Vaqtning qaysi momentida uning tangensial tezlanishi 44 m/s2 ga teng bo’ladi?
Tekis tezlanish bilan aylanayotgan g‘ildirak harakat boshidan N=10 marta aylangandan keyin =20 rad/sek burchak tezlikka erishsa, uning burchak tezlanishi topilsin.
Maxovik g‘ildirak harakat boshlanishidan t=l min o’tgach =720 ayl/min ga mos tezlikka erishadi. G‘idirakning burchak tezlanishi va bir minutdagi aylanish soni topilsin. Harakat tekis tezlanuvchan deb hisoblansin.
Tekis sekinlanuvchan aylanayotgan g‘ildirak tormozlanish natijasida 1 min davomida o’zining tezligini 300 ayl/min dan 180 ayl/min gacha kamaytiradi.G‘ildirakning burchak tezlanishi va bu minut ichidagi aylanishlarsoni topilsin.
57. Ventilyator 900 ayl/min chastotaga mos tezlik bilan aylanadi. Ventilyator o’chirilgandan keyin u tekis sekinlanuvchan harakat qilib, to to’xtaguncha 75 marta aylangan. Ventilyator o’chirilgandan to to’xtaguncha qancha vaqt o’tgan
58. Val 180 ayl/min chastotaga mos o’zgarmas tezlik bilan aylanadi. Val tormozlangan vaqtdan boshlab son jihatdan 3 rad/sek2 ga teng burchak tezlanish bilan tekis sekinlanuvchan aylanma harakat qiladi. 1) Val qancha vaqt o’tgach to’xtaydi?
59. Gildirak o’zgarmas =2 rad/sek2 burchak tezlanish bilan aylanadi. Harakat boshlanishidan 0,5 sek o’tgach g‘ildirakning to’la tezlanishi a=13,6 sm/s2 ga teng bo’lsa, uning radiusi topilsin.
60. Nuqta R=20 sm radiusli aylana bo’ylab o’zgarmas tangensial tezlanish at=5 m/sek2 bilan harakatlanadi. Harakat boshlangandan qancha vaqt o’tgach nuqtaning an normal tezlanishi: 1) tangensial tezlanishiga teng, 2) tangensial tezlanishdan ikki marta katta bo’ladi?
61. Nuqta R=10 sm radiusli aylana bo’ylab o’zgarmas tangensial tezlanish at bilan harakatlanadi. Agar harakat boshlangandan keyingi beshinchi marta aylanish oxirida nuqtaning tezligi u=79,2 sm/sek ga teng bo’lsa, nuqtaning at tangensial tezlanishi topilsin.
62. Nuqta R=10 sm radiusli aylana bo’ylab o’zgarmas tangensial tezlanish at bilan harakatlanadi. Agar harakat boshlangandan keyingi beshinchi marta aylanish oxirida nuqtaning tezligi u=10 sm/sek ga teng bo’lsa, harakat boshlangandan t=20 sek o’tgandan keyingi nuqtaning an normal tezlanishi topilsin.