Maxsus ko‘chma ta’mirlash vositalari
MRTS rusumidagi radiotexnik stansiyalarni ta’mirlash ustaxonasi EDS-20-VD/230-M elektr stansiyasi bilan birgalikda radiotexnik stansiyalarni dala sharoitlarida tekshirish, ta’mirlash va sozlashga mo‘ljallangan.
2-O‘QUV SAVOLI. QISM TA’MIRLASH BO‘LINMALARINING ISHLAB CHIQARISH IMKONIYATLARI.
Ta’mirlash organlarining jangovar vaziyatlardagi ishlab chiqarish imkoniyatlari vaziyatga, vaqtiga, ustalar soniga va ta’mirlash uchun talab qilinadigan vaqtga bog‘liqdir.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari bitta keltirilgan birlikni ta’mirlashga talab qilingan ish vaqti fondini taqsimlash bilan aniqlanadi:
F=CHxDxM
Bu erda F-ish vaqti fondi, CH-ish kuni davomiyligi, D-kunlar soni, M-ustalar soni.
Keltirilgan birlikda har bir tur qurol yaroqqa MV boshqarmasi tomonidan belgilangan me’yoriy hujjatlardan kelib chiqib bir birlik qurol-yaroqni ta’mirlash uchun ta’mirlash bo‘linmasi sexining ishlab chiqarish quvvati hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |