O‘QUV MATERIALI.
II. ASOSIY QISM.
1-O‘QUV SAVOLI. QISM RAKETA ARTILLERIYA VA QUROL ASLAHALARINI TA’MIRLASH BO‘LINMALARI, ULARNING VAZIFALARI, TASHKILIY TUZILISHI.
Artilleriya qurol aslahalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasining taraqqiyoti uning konstruksiyasi va ishlab chiqarish taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir. Artilleriya paydo bo‘lgan dastlabki yillarda uning konstruksiyasi soddaligi va kamsonligi ta’mirlash va xizmat ko‘rsatishda muammolar yuzaga kelmagan. Bu vazifalar ularga xizmat ko‘rsatuvchilar tomonidan hal qilingan.
XVI asr boshlariga kelib artilleriya qurollari soni ortishi bilan artilleriyalarning turli turli asboblarini va moslamalarini yasaydigan hamda artilleriya qurol aslahalarini saqlaydigan labaratoriya va zaxirali parklar tizimi yuzaga kelgan.
SHu bilan birga artilleriya qurollarini saqlaydigan omborlar vujudga kelgan. Omborlarda artilleriya qurollari va o‘qotar qurollari anjom va asboblari ta’mirlangan.
XVII asrda Artilleriya bosh boshqarmasi tashkil etilishi bilan ta’mirlash tizimi takomillashadi va boshqarma ixtiyoridagi har bir okrugda ta’mirlash ustaxonalari, artilleriya omborlari va labaratoriyalari bor edi.
Hozirgi kunda qismlar va okrug ta’mirlash bo‘linmalari artilleriya qurol aslahalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni tinchlik vaqtida statsionar ta’mirlash ustaxonalarining ishlab chiqarish uskunalari bazasida, urush davrida esa, ko‘chma ta’mirlash ustaxonalari kuzovida yig‘ilgan ishlab chiqarish uskunalari bazasida bajaradilar. Statsionar ustaxonalar odatda doimiy parklar hududlarida joylashadi. Buning uchun maxsus binolar quriladi yoki alohida hollarda qism hududida mavjudlari tanlanadi. Turli xizmatlarning statsionar ta’mirlash ustaxonalari bir yoki bir nechta yonma-yon binolarda joylashadi. Bundan maqsad qurol-aslahalar namunalariga kompleks tarzda texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashdir. Qurol-aslahalarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga mo‘ljallangan bino quyidagi talablarga javob kerak:
- o‘lchamlari ustaxona bo‘limlari postlari va ish o‘rinlari qulay joylashuvini ta’minlash kerak;
- bino quruq, yorug‘ va issiq bo‘lishi kerak;
- ustaxona elektr energiyasi va suv ta’minoti manbalariga va qurol aslahalarni tashib kelish va ketishga yaroqli yo‘llar yaqinida joylashishi kerak;
- ustaxona binosidan 20-30 metr uzoqlikda qurol-aslahalarni ta’mirlashga qabul qilish, ta’mirlanganlarini egalariga topshirish hamda tekshirish va sozlash uchun 20x10 m o‘lchamli jihozlangan maydoncha joy bo‘lishi kerak;
- maydoncha tekis, qattiq qoplamali va suv oqib chiqib ketadigan bo‘lishi shart.
Okrug statsionar ustaxonasi okrug shtatidagi barcha RAQA texnik xizmat ko‘rsatishni va ta’mirlashni ta’minlash kerak.
Bu maqsadlarda quyidagi post va bo‘limlar jihozlanadi:
- artilleriya quroli, minomyotlar va reaktiv artilleriya jangovar mashinalarini ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish posti;
- TQBR (PTUR) jangovar mashinalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish posti;
- radiolakatsion stansiyalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish posti;
- shatakka oluvchi va o‘tni boshqarish mashinalari va boshqa qurol aslahalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish posti;
- tepinishga qarshi qurilma va boshqa gidravlik hamda pnevmatik tuzilmalarni ta’mirlash bo‘limi;
- optik va elektron-optik asboblarni ta’mirlash bo‘limi;
- bloklar va pultlarni ta’mirlash bo‘limi;
- buyash ishlari bo‘limi;
- o‘qotar qurollari detallarining himoya qatlamlarini tiklash bo‘limi.
Bundan tashqari ustaxonada quyidagilar ko‘zda tutilishi kerak.
- asboblar uchun omborcha;
- zaxira artilleriya anjomlari uchun omborcha;
- kompressor xonasi;
- o‘quv sinfi;
- kiyinish, yuvinishxonasi va hojatxona.
Artilleriya qurollari, minomyotlar va reaktiv artilleriya jangovar mashinalarini ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish postlarini jihozlashda odatda quyidagi ishlarni bajarish uchun ish o‘rinlari ajratiladi:
- qurol aslaha namunasini defektatsiya qilish, qismlarga ajratish va yig‘ish;
- stvol, zatvor yo‘naltiruvchilarni ta’mirlash;
- mo‘ljallash moslamalarini ta’mirlash;
- yo‘naltirish mexanizmlarini ta’mirlash;
- yuqori va quyi stanoklarni, staninalarni, qalqon to‘siqlarni va yurish qismlarini ta’mirlash.
O‘qotar qurollarini ta’mirlash bo‘limida to‘pponchalar ta’mirlaydigan alohida ajratilgan ish o‘rin jihozlanadi, bu ish o‘rnida chilangarlik dastgohidan tashqari qurollarni saqlash uchun metall shkaf ko‘zda tutiladi, qurollar saqlanadigan shkaf va javonlar xonalarning barcha derazalari ishonchli temir panjaralar bilan berkitiladi. Bo‘limlar ichidagi o‘tish yo‘llari aniq belgilanib, uning gabaritlari oq chiziqlar bilan yoki o‘rnini bosuvchi 50 mm dan kam bo‘lmagan belgi bilan ajratiladi. O‘tish yo‘lini turli narsalar bilan to‘sib qo‘yish mumkin emas. Yilning sovuq vaqtida xizmat ko‘rsatish joylaridagi ishlab chiqarish xonalarida 17 gradusdan kam bo‘lmagan harorat ta’minlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |