Trixodermin-BL — bu preparatning tarkibida 10 mlrd tirik sporalar bo`lib, quruq kukun holida ishlab chiqariladi. Fuzarioz va vertisilloz
113
ildiz chirish, oq chirish kasalliklariga qarshi sabzavot va tamaki ekinlarining urug`Iari tonnasiga 10—15 kg.dan changlatiladi. Vegetatsiya davrida mavsumda 10—12 kun oralatib 2—3 martadan, 3,5—10 kg/ga miqdorda purkaladi.
Shuningdek, tarkibida 6 mlrd sporalari bo`lgan trixodermin preparati g`o`zaning fuzarioz, vertisillioz, so`Iish kasalligiga qarshi 15—20 kg miqdorda erta bahorda va kuzda ekinlami ekishdan oldin solinadi.
NAZORAT SAVOLLARI
o`simlik kasalliklariga qarshi qanday antibiotiklar qo`IIa-niladi?
Bu olingan preparatlarning afzalligi nimada?
Ulami zararkunandalarga qarshi qo`IIash mumkinmi?
4.5. Foydali hasharotlar kasalliklariga qarshi kurashda antibiotiklardan foydalanish
Neomitsin sulfat (Neomycin sulfat) — oq rangda, hidsiz suvda yaxshi eriydi. 0,1 va 0,25 grammli tabletka holida chiqariladi. Bir milligramm preparatdagi faoUik birligi 640 ga teng.
Neomitsinning ta'sir doirasi keng, ko`pgina gram manfiy va ayrim gram musbat bakteriyalarga nisbatan faol.
Mikroorganizmlarga ko`payishi va tinch bosqichida bakteriostatik va bakteritsid ta'sir ko`rsatadi. Og`iz orqali kiritilganda sekin so`riladi va ichakka ta'sir qiladi.
100 ml suvga 1 dona tabletka solib eritiladi. Ona mahsulotdan 28,5 ml olinadi va toza suv bilan aralashtiriladi hamda katta mum kuyasi oziqasiga purkaladi. Biolaboratoriyalarda katta mum kuyasi va brakon-ning bakterial kasalligiga qarshi foydalanish uchun tavsiya etilgan.
Tayyorlangan ona mahsulotni sovitgichlarda (4—10°C) 30 kungacha saqlash mumkin. Tabletka holida chiqarilgan neomitsin preparati yorug` tushmaydigan xonalarda harorat 20° C dan yuqori bo`Imagan holatda 3 yilgacha saqlanadi.
Tetratsiklin gidroxlorid Str. aureofaciens. — kulturasining eritmasidan olinadi. Kristall shaklda gigroskopik bo`lib, tiniq sariq rangda, suvda yaxshi erimaydi. Lekin biroz achchiq ta'm beradi.
114
33-rasm. Kasallangan hasharotlardan ajratib ohngan bakteriyalar.
34-rasm. Antibiotiklarning bakteriyalarga ta'siri.
Tetratsiklin ko`pgina gram musbat va gram manfiy bakteriyalarga keng doirada faoUigi yuqori. Bir milligramm preparatdagi faoUik biriigi 950 nikg.ni tashkil qiladi.
Tetratsiklin 0,1 va 0,25 g.da tabletka holida chiqariladi. Bir dona 0,1 grammlik tabletka 100 ml suvda eritiladi. Bu eritmadan 30 ml olib, 20 ml toza suvga aralashtiriladi. 0,25 g tabletkadan tayyoriangan 100 ml ona mahsulotdan 12 ml olib, 38 ml suv bilan aralashtiriladi va 1 kg oziqaga purkaladi. Tayyorlangan ona eritmani sovitgichda 14 kun-gacha saqlash mumkin (33, 34-rasmlar).
115
Kanamitsin — 1957-yiIda topilgan bo`Iib, Act. kanamyceticus kulturasining eritmasidan olingan. Suvda yaxshi eriydi. Gram musbat va gram maniiy bakteriyalarga keng doirada ta'sir qiladi. Ampulalarda 1 gramm kukun holida chiqariladi. Bir milligramm preparatda faollik biriigi 750 mkg bo`Iib, katta mum kuyasining bakteriyalar bilan kasallanishining oldini olish maqsadida, ona materialdan 4 ml olib, 46 ml toza suv bilan aralashtiriladi va uning oziqasiga purkaladi. Tayyoriangan ona eritmani 12—14 kungacha saqlash mumkin.
4.6. Giperparazit zamburugiar
Giperparazitlar — ustama tekinxo`riarbo`Iib, oziqlanishi bo`yicha biotrof va nekrotrof mikotekinxo`riarga bo`Iinadi. Biotrof zambu-rug`lar faqat tirik hujayralar ichida oziqlanishi mumkin. Ular, odatda, xo`jayinning tez nobud bo`lishiga olib kelmasdan, balki uning rivojlanishini pasaytiradi. Ko`pchilik biotrof turlar, xo`jayin bo`Imagan vaqtlarda, oziq muhitda o`smaydi. Zamburug`Iardan genatobiotik turi bo`lib, ular muqobil avlodiga mansub zamburug`larda tekinxo`riik qiladi. Nekrotrof tekinxo`rlar birinchi xo`jayin hujay-ralarini nobud qilib, antibiotik yoki fermentlarni ajratib, keyin esa nobud bo`lgan hujayralar bilan oziqlanadi. Bu zamburug`lar guruhi-ning zarariangan qismlarining tez nobud bo`lishiga olib keladi va xo`jayinning rivojlanishini susaytiradi.
Ipsimon Darlyuka (Darlica filum Sast.) — zang zamburug`larining ustama tekinxo`ri hisoblanadi va sferopsidal tartibi tugallanmagan zambumg`Iar sinfiga mansub. Dariyuka zang zambumg`larini zarariaydi. Dariyukaning tabiiy populatsiyalari ko`pchilik shtammlardan iborat ajraluvi xo`jayin turiariga nisbatan har xil virulentlikka ega. Zang zambumg`ining pustuUasida rivojlanish jarayonida dariuka oqish rangda bo`ladi. Odatda, belgilari unchalik bilinmaydi. PustuUa ichida ular bir necha bo`ladi. Наг bir piknidada 6—8 ming rangsiz sporalar hosil bo`Iadi. Zamburug`larning rivojlanishi uchun namlik 80—85 foiz va harorat 12—22°C bo`lishi qulay hisoblanadi. Mavsumda bir necha avlod beradi. Zamburug`lar to`kilgan barg qoldig`ida qishlab chiqadi.
Ampelomitsin (Ampelomyces) — hozirgi vaqtga kelib qishloq xo`jaligi ekinlarida unshudring kasalligini qo`zg`atuvchilaming 20 ga yaqin turiari ajratib olingan.
116
Ularning orasida ustama tekinxo`r zamburug` Amrelomyces quisqualis Ces unshudringning xaltali piknida sporalarining hosil bo`Iishiga qarshilik ko`rsatadi.
Ustama tekinxo`r zamburug`Iarning piknidalari xo`jayinlaming mitseliysida, konidiyalarida va kleystotetsidlarida hosil bo`Iadi. Odatda, ular har xil shaklda bo`Iib, tiniq qizg`ish yoki qizg`ish hamda boshqa turii holatda bo`Iadi. Ampelomitsinni laboratoriya sharoitida o`stirish 3 litrii shisha idishlarda olib boriladi. Bu idishlarning afzal-ligi shuki, ulardan kulturalar boshqa hajmdagi idishlarga nisbatan ko`proq olinadi. Biopreparatni tayyoriash uchun 3 litrii shisha idishlar 1/3 qism mahsulot bilan to`Idiriladi. Bu holatda sporalar ko`plab bo`Iishi va titrning ortib borishini ta'minlaydi. Spora hosil bo`Iishi 10 kungacha davom etadi. Bu vaqtda 1 g biopreparatda 7,8 • lO^mlrd hayotchan spora hosil bo`Iadi.
Issiqxonalarda va plyonka ostida ko`paytirilayotgan bodringning unshudring kasalligiga qarshi bir gektar maydonga 3 • lO^ niln//.da bo`lgan biopreparatning 600—800 litr ishchi eritmasi qo`llaniladi. Biologik samaradoriik sezilarii darajada yuqori bo`Igan ampelomitsin bilan takroriy ishlov berish har 6 kunda olib boriladi. Buning uchun issiqxonalarda nisbiy havo namligi 90—95 foizda bo`Iishi кегак.
Tabiiy sharoitdagi zamburug` yozning boshlaridan to kuzgacha bo`Iadi. Asosan, yomg`irii kunlardan so`ng kuchli rivojlanadi. Bu zamburug` o`simlik g`unchalari va barglarida qishlab chiqadi.
3-LABORATORIYAISHI
Do'stlaringiz bilan baham: |