Ушбу вазият бўйича Ченнинг қилмишига баҳо беринг



Download 26,51 Kb.
bet1/2
Sana18.02.2022
Hajmi26,51 Kb.
#453695
  1   2
Bog'liq
KAZUS(DHT)dan


KAZUS

Қадимги Хитойда Чен исмли жангчи душман тарафига яширинча ўтиб, ўз мамлакатининг ҳарбий салоҳияти, қўшинларнинг ҳолати ҳақида душманга маълумотлар бериб, эвазига катта миқдордаги пул ва бойликни қўлга киритиб, ватанига қайтди. Бироқ тез орада Ченнинг бу қилмиши фош бўлди ва у қўлга тушди.


Ушбу вазият бўйича Ченнинг қилмишига баҳо беринг.
Ченнинг жиноий жавобгарлик масаласини қадимги Хитой қонунлари асосида ҳал қилинг.
Бундай жиноятлар учун хозирги кунда мамлакатимиз қонунчилигида қандай жавобгарликлар назарда тутилган?
Kazusga javob:
Avvalom bor kazusning yechimini topishimiz uchun uning muommoliy vaziyatlarni aniqlab o`lsak.

  1. Qadimgi Xitoyda jinoyat va jazo tizimi qanday bo`lgan?

  2. Chen ismli shaxsning bu qilmishi Xitoyda qanday hal qilingan?

  3. Xozirgi zamonimizda shunday jinoyatlar qanday jazola qollaniladi?

Endi kazusimning javobini topish uchun kerak bo`ladiga adabiyotlar va olimlarning ilmiy ishlari keltrib o`tsak.

  1. Darslik.Haydarali Muxamedov “ Xoriji mamlakatlar davlati va huquq tarixi”

  2. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi.

  3. Distant.tsul.uz platformasi.

Endilikda yuqoridagi savollarga javob berish orqali kazusimizning javobini aniqlab olamiz.
Qadimgi Sharq mamlakatlari huquqiy yodgorliklarida jinoyat deb tan olinadigan xatti-harakatlarning ancha keng doirasi beriladi. Qadimgi Xitoyda aynan jinoyat huquqi koʼproq rivojlangan. Jinoyat tushunchasi inson jinoiy irodasining namoyon boʼlishi bilan bogʼlanadi. Huquqbuzar shaxsga “pastkash inson” sifatida qaralgan. Uning “pastkashligi” shu bilan belgilanganki, u oʼzining halokatli, jinoiy irodasi bilan oʼzi yashab turgan, oʼzi taalluqli boʼlgan ijtimoiy guruhdagi, jamiyatdagi, tabiatdagi uygʼunlikni, tartibni va hatto sodir etgan jinoyati xarakteriga qarab butun dunyoni buzib yuborishi mumkin, deb hisoblangan. Xan davrida “Agar iroda erkin boʼlsa, inson qonunni buzmaydi” degan konfutsiylik tamoyiliga asosan Xitoyda ayb shakli haqidagi maxsus taʼlimot yuzaga kela boshladi.
Xitoyda qasddan va ataylab, gʼaraz maqsadlarda sodir qilingan jinoyatlar va bularsiz, shuningdek xato natijasida sodir etilgan jinoyatlar bir-biridan ajratildi. Tan jarohati yetkazganlik uchun jazoning ogʼirligi jarohat “yovuz maqsadda” yetkazilganmi yoki urishish yoqalashish natijasida yetkazilganmi shunga bogʼliq boʼlgan. Qasddan qilingan tuhmat uchun nisbatan ogʼirroq jazo belgilangan boʼlsa, tasdiqlanmagan chaqimchilik uchun esa ancha yengil jazo nazarda tutilgan. Qadimgi Hindiston jinoyat huquqida ham qasddan va ehtiyotsizlikdan qilingan, birinchi marta sodir etilgan va retsidiv, ogʼir va yengil jinoyatlar bir-biridan ajratilgan. Shuningdek, jazolar tayinlashda aybdorlik darajasi, ishtirokchilik, jabrlanuvchi va ayblanuvchining qaysi varnaga mansubligi kabilar hisobga olingan. Zaruriy mudofaa uchun javobgarlik nazarda tutilmagan. Lekin shular bilan bir qatorda jinoyat huquqida hali ibtidoiy jamoa tuzumi qoldiqlari, jumladan, ordaliya, jamoaviy javobgarlik tamoyillari saqlanib qolgan. Xitoyda birinchilardan bo`lib yozma shaklda qonunlar ishlab chiqilgan. X asrda Chjou davlatidan van Mu tomonidan 3000 modda ega bo`lgan Jinoyat kodeksi jazolar haqida qonunlar ishlab chiqqan. 536 yilga taaluqli “Qonunlar obzori” ilk yozma qonunlarga ham misol bo`la oladi. Xitoyda “ Besh podsholik qonunlari kitobi “ ham qonun to`plamlaridan muhim hisoblanadi. Qadimgi Xitoyda jazo turlari turli davrlarda bir-biridan juda kam farq qilgan. In davlatida tayoq bilan urish, burnini kesish, olovda kuydirish, mayda boʼlaklarga boʼlish, boshini kesish, tiriklayin yerga koʼmish, oyoqlarini, qoʼllarini uzish, koʼzini oʼyish jazolari qoʼllanilgan. Jinoyat qonunlari jazolarning juda ogʼirligi bilan xarakterlanadi.
____________________________
 Darslik: Haydarali Muxamedov “ Xoriji mamlakatlar davlati va huquq tarixi”
 www.lex.uz
 www.lex.uz
Sin davrida qoʼrqitish jazoning eng asosiy maqsadi boʼlgan. Oʼlim jazosi xilma-xil koʼrinishlarda juda keng qoʼllangan.
Qatl etilgan shaxsning jasadi koʼpincha hammaga koʼrinadigan joylarga – bozorda yoki katta yoʼlda daraxtga osib qoʼyilgan. Mahkumni belidan ikkiga boʼlib tashlash tez-tez qoʼllanib turgan. Shuningdek tan jazolari ham koʼp hollarda berilgan. Davlat quliga aylantirish odatda aybdor shaxslarning uch avlodiga nisbatan qoʼllangan. Jazolarning surgun, katorga ishlariga joʼnatish, mansabidan boʼshatish va jarima kabi turlari ham mavjud edi.Oʼlim jazosi hukmi darhol yoki maʼlum muddat oʼtgach ijro etilgan .
Endilikda kazusimizning muhim qismi Chenning qilmishiga to`xtalib o`tsak. Bu turdagi jinoyat davlatga qarshi va davlatning sirini ochish jinoyat turkimiga kiradi. Аyniqsa Xitoyda siyosiy, davlatga qarshi jinoyatlar uchun juda ogʼir jazolar nazarda tutilgan. Bunday hollarda nafaqat aybdorning oʼzi, balki uning otasi, onasi va xotini tarmogʼi boʼyicha uch avlod qarindosh-urugʼlari ham javobgar hisoblangan. Xan imperiyasining dastlabki davrida maxsus farmon chiqarilib, bunga koʼra, davlatga qarshi jinoyat sodir etgan shaxsning uch avlodi qirgʼin qilinishi nazarda tutilib, “soʼnggi avlodga dastlab tatuirovka yoʼli bilan tamgʼa bosilgan, soʼngra ularning burunlari va oyoqlari kesilgan, undan keyin ularni tayoq bilan oʼlguncha urish lozim boʼlgan. Ularning boshlari uzilib, suyaklari va goʼshtlari tanalaridan ajratib olinib, bozor maydonlariga osib qoʼyilgan. Аgar kimda-kim bundan norozilik bildirib, hukumatni tanqid qilsa, uning tili kesilgan, soʼngra uning xotini ham shunday jazolangan”. Jazo aybdorning otasiga, onasiga, bolalariga, aka-ukalariga, opa-singillariga ham, yoshlaridan qatʼi nazar, qoʼllanavergan. Juda yosh bolalarni va oʼta keksa kishilarni qiynoqlar bilan qatl etish hollari koʼp boʼlgan.
____________________________
 Darslik: Haydarali Muxamedov “ Xoriji mamlakatlar davlati va huquq tarixi”
 www.lex.uz
 www.lex.uz
Mavjud tuzumga qarshi fitna va isyonlarda ishtirok etgan shaxslar qaynab turgan suvda yoki yonib turgan gulxanda kuydirilgan. Bundan tashqari oʼlim jazosining tiriklayin koʼmib yuborish, boʼlaklarga boʼlib tashlash va hokazo usullari keng qoʼllanilgan.
Davlatga qarshi jinoyatlarga ogʼir jinoyat sifatida qaralgan. Sin podsholigida konfutsiylarning taqiqlangan adabiyotlarini saqlash davlatga qarshi ogʼir jinoyatlardan biri hisoblangan. 1
Xozirgi vaqta bizning mamlakatimizda shunga o`xshash jinoyatlar uchun “Jinoyat Kodeksi” maxsusu qismlarida jazoga javobgarliklar keltrib o`tilgan. Ya`ni Jinoyat Kodeksi IX bobida O`zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlarga qarshi javobgarliklar keltrib o`tilgan. Bu bob o`z ichiga 157 – moddadan 163 – moddalargacha o`z ichiga oladi.

Download 26,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish