Ushbu uzviylashtirilgan dasturni tuzishda quyidagi omillarni asos qilib olindi



Download 15,72 Kb.
Sana11.02.2022
Hajmi15,72 Kb.
#442932
Bog'liq
Kirish


Kirish
Kadrlar tayyorlashning milliy modeli asosida uzluksiz ta’lim yotadi. Uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi.
Umumiy o’rta ta’lim negizida o’qish uch yil bo’lgan majburiy o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turdir. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim yo’nalishi akademik litsey yoki kasb-hunar maktabi o’quvchilari tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.
Akademik litsey va kasb-hunar maktabi davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’rta maxsus ta’lim beradi. O’quvchilarning imkoniyatlarini va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intelektual rivojlanishini chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo’naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi.
Akademik litsey va kasb-hunar maktablarida o’quvchilar o’zlari tanlab olgan ta’lim yo’nalishi bo’yicha (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o’rganishga qaratilgan maxsus, kasb-hunar ko’nikmalarini o’zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Yuqoridagi maqsadlarni e’tiborga olgan holda biz quyida akademik litsey va kasb-hunar maktablari uchun matematika fani bo’yicha uzviylashtirilgan dasturni havola qilamiz.
Ushbu uzviylashtirilgan dasturni tuzishda quyidagi omillarni asos qilib olindi:
uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash;
Mavzu va boblarni mantiqiy ketma-ketligi saqlash;
O’quvchilarni uzluksiz ta’limni akademik litsey yoki kasb-hunar maktablarida davom ettirishga tayyorlash umumiy o’rta ta’lim maktablarining asosiy vazifasi ekanligi;
Mavzularni ta’lim turlarida bir xil talqinda takrorlanishiga yo’l qo’ymaslikka erishish;
Matematika fani o’zlashtirishning yagona va effektiv yo’li masala va misollar yechishga alohida e’tibor berishdan iboratligi;
Akademik litsey va kasb-hunar maktablarida matematikani o’qitishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:
-o’quvchilarni kundalik hayotda, mehnat faoliyatida, shuningdek, kelgusida bilim olishning davom ettirish uchun zarur bo’ladigan matematik bilim va malakalar sistemasini chuqur va ongli ravishda o’zlashtirishini ta’minlash;
-o’quvchilarda izchil mantiqiy fikrlashni shakllantirib borish natijasida ularning aql zakovat rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning maqbul yo’llarini topa olishlariga ko’maklashish;
- o’quvchilarda vatanparvarlik, milliy g’ururni tarkib toptirishni rivojlantirish;
- o’quvchilarni qomusiy olimlarimizning matematika rivojiga qo’shgan ulkan hissalaridan xabardor qilish;
-jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini his qilgan holda umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida matematika to’g’risidagi tasavvurlarni shakllantirish.
Akademik litsey va kasb-hunar maktablari o’rta umumiy ta’limning bevosita davomi bo’lgani uchun ham bu yerda matematika o’qitishda o’quvchilarning ilgari olgan bilimlarini chuqurlashtirish, amaliyotga tadbiq qilishda abstrakt va mantiqiy fikrlashini o’stirish;
O’quvchilarni funksiyalar va ularning xossalarini matematik analiz tushunchalari vositasida tekshirishga o’rgatish;
Tenglama va tengsizlikarni yechishdagi matematik usullarni mohiyatini sistemali ravishda o’rgatish;
Fazoviy jismlarning xossalarini o’rgatish va bu xossalarni amaliyot masalalarini yechishga tatbiq etish ko’nikmalarini shakllantirish;
O’quvchilarga faqatgina tushunchalar berib qolmasdan ularda masalalar yechish yordamida mustaqil mantiqiy fikrlash, erkin matematik mushohada yurita olish, ma’lum qarorlar qabul qila olish kabi xislatlarni shakllantirishdan iborat.
TAVSIYA ETILGAN ADABIYOTLAR VA SAYTLAR RO`YXATI

Asosiy adabiyotlar:

  1. Algebra va analiz asoslari. O‘rta maktabning 10-11- sinf uchun darslik (Sh.A.Alimov, Yu.M.Kolyagin va boshqalar). -T.: O‘qituvchi, 2001, -304 b.

  2. Algebra va analiz asoslari. Akademik litseylar uchun qo‘llanma (R.X.Vafoev, J.X.Xusanov va boshqalar). -T.: O‘qituvchi, 2003, -368 b.

  3. Algebra va matematik analiz asoslari. I k. Akademik litseylar uchun qo‘llanma (A.Abduxamidov, A.Nasimov va boshqalar). -T.: O‘qituvchi, 2007, 462b.

  4. Algebra va matematik analiz asoslaridan masalalar to‘plami. II k. Akademik litseylar uchun qo‘llanma (A.Abduxamidov, A.Nasimov va boshqalar). -T.: Sharq, 2005, -150 b.

  5. Geometriyadan masalalar to‘plami (I.Isroilov, Z.Pashaev). -T.: O‘qituvchi, 2001, -304 b.

  6. Geometriya. O‘rta maktabning 7-11- sinflari uchun darslik (A.V.Pogorelov). -T.: O‘qituvchi, 1992, -368 b.

  7. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika (S.X.Sirojiddinov, M.M.Mamatov). -T.: O‘qituvchi, 1984, -154 b.

  8. Matematika. I, II qism. Kasb-hunar kollejlari uchun qo‘llanma(A.Meliqulov va boshqalar). –T.: 2003.


Qo‘shimcha adabiyotlar:

  1. Nega matematika (G.Drayver, inglizchadan tarjima). -T.: 1989.

  2. Yosh matematiklar qomusiy lug‘ati. -T.: 1991.

  3. Maktabda geometriya tarixi. O‘qituvchilar uchun qo‘llanma (A.Abduraxmonov). -T.: O‘qituvchi, 1992, -216 b.

  4. Matematika sayyorasi (A.A’zamov, B.Xaydarov). -T.: 1993.



3. Internet saytlari ro`yxati:


  1. www.ziyonet.uz;

  2. www.natlib.uz;

  3. www.arxiv.uz;

  4. www.referat.uz;

Download 15,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish