Ona tili va adabiyot
1. Baxtiyor odam hammani o’ziga o’xshatadi.Ikromjon ham hozir shunday kayfiyatda edi. Yor –birodorlari oldida yuzi yorug’ bo’ladi.Vatan uchun qilgan xizmatlarini oliy mukofot bilan taqdirlaydi.
Ushbu ta’rif qaysi asarga tegishli?
A) Said Ahmad “Ufq”.
B) Shukur Xolmirzayev “Ot egasi”.
C) Asqad Muxtor “Chinor”.
D) Shukur Xolmirzayev “Omon ovchining o’limi”
2. Men mast bo‘lib qoldim bir kecha,
Sil o‘pkamni ancha yayratdim.
Uxlamasdan to tong otguncha,
Dilginamni rosa sayratdim.
Ushbu misralarda shoir" sil o'pkam" deya faqat o'zining jismoniy xastaligi to'g'risida gapirmaydi. Balki biqiq, tuhmat-u razolatga to'la muhitda siqilgan ko'nglini — ruhini nazarda tutadi.
Yuqoridagi parchada qaysi ijodkor she'ri tahlili berilgan?
A) G'afur G'ulom B) Cho'lpon
C) Mirtemir D) Usmon Nosir
3. U qirq yoshida ham kurashda yiqilmagan, keyin bir o’rta yashar o’rtancha polvon bir qoqmada yiqitib qo’yganida – dardi shunchalikki, omborga bo’yra to’shab, ustidan suv sepib, unga bag’rini berib yota-yota oldin yo’talni orttirib, keyin qon
qusa-qusa o’lib ketgandi.
Ushbu taqdir egasi qaysi asarda uchraydi?
A) “Yulduzlar mangu yonadi”
B) “Omon ovchgining o'limi”
C) “Ot egasi”
D) “Kurash”
4. Jafo, alam, iztirob, sitam.
Ushbu sinonim so'zlardan qaysi biri, asosan,“ruhiy azob” ma'nosida qo'llanadi?
A) Jafo B) sitam C) iztirob D) jafo
5. Payg'ambarni emas, sahobalarni ko'rib, ular bilan suhbatda bo'lgan ro viylar qanday nomlanadi?
A) sahobalar B) tobeinlar
C) muhaddislar D) roviylar.
6. Sezgir ota o‘g‘li keltirgan pulni o‘tga
tashlaganda bola beparvo, loqayd turaverdi.
Ushbu gapda so‘z yasovchi qo‘shimchalar soni nechta?
A) 2 ta B) 3 ta C) 1 ta D) 4 ta.
7. XVIII asr oxiri - XIX asr 20-yillaru
Qo‘qonda yashab ijod qilgan mashhur
masalnavis adib va hassos shoirdir.
U she’rlarida Jur’at
taxallusini ham
qo‘llagan.
Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?
A) Avloniy B) Avaz O‘tar
C) Gulxaniy D) Zavqiy.
8. “Men tug’ilgan qishloqning kunbotarida qadim Turkiston shahri, janubida O’tror, Boybalkvxarobalari va Yassi, Suyri qal’alaridan qolgan kultepalar, undan nari Sirdaryo… 1910-yili bug’doy o’rog’ida shu qishloqda tug’ilibman”.
Ushbu parcha qaysi ijodkorning
tarjimayi holidan olingan?
A) A.Qahhor C) Mirtemir
B) Cho’lpon D) A.Qodiriy.
9. “Jilva ko’rsatdi chu ul sarvi diloro bog’ aro…”, “Fig’onkim, gardishi davron ayirdi shahsuvorimdin…”, “Kel, sanga, ey shahi jahon, mamlakati jahon fido…” “Na gul sayr ayla, na fikri bahor et…” deya boshlanadigan ga’zallar muallifini aniqlang?
A) Uvaysiy C) Nodira
B) Lutfiy D) Fuzuliy.
10. “Odamning chiqiti bo’lmaydi” kabi mashhur misralar muallifini aniqlang?
A) Abdulla Qahhor B) Cho’lpon
C) Abdulla Qodiriy D) Said Ahmad
11. Farzandi safarga otlanganda o’g’liga lashkarlardan ayirib qirq yigit va qirq xachirga zar ortib berib. “Musofirchilikda yo zar yarar, yo zo’r yarar kuningga” deb Zarga kelsa, xachirdagi pulni ayama, zo’rga kelsa, qirq yigitga buyursang, Xudodan kelgan balo bo’lmasa, bandadan kelgan ajaldan bir-ikki-uchga dovur ayirib olar deydi.
Ushbu ta’rif qaysi dostondan olingan?
A) “Alpomish” B) “Kuntug’mish”
C) “Ravshan” D) “Rustamxon”
12. Quyida berilgan gapda nechta yasama fe’l ishtirok etgan?
Odobli va go‘zal xulqli odamlar ko‘payaversa, xalqning do‘stligi, ularning bir-biriga bo‘lgan mehr-
muhabbati borgan sari rivoj topadi.
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
13. Tarixni o‘rganishdan asosiy maqsad - milliy o‘zligimizni chuqurroq anglash.
Ushbu gapda fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘zlar qaysi turkumga tegishli?
A) ot, olmosh, fe’l B) ot,
olmosh
C) olmosh, fe’l D) ot, fe’l
14. Uy eshigni ochsam, o’g’lim bilan o’rtog’i sovuqdan qizarib kirib keldi.
Ushbu gapda ismlar guruhiga kiruvchi nechta so'z fonetik hodisaga uchragan?
A) 2 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 3 ta
15. Quyidagi so’zlarning ma’nosini moslab to’g’ri javobni belgilang.
1) iffat; 2) g’urur; 3) hayo; 4) ziyo;
5) viqor; 6) kibr.
a) mag’rurona va ulug’vor ko’rinish;
b) bilim, ilm, ma’rifat; c) insonning o’z qadr-qimmatini bilishi, hurmat qilishi, izzat-nafs; d) nojo’ya, noma’qul xatti-harakatdan tiyilish hissi, uyat, sharm;
e) o’zini hammadan yuqori his etish,
manmanlik; f)
vijdoni poklik, nomus.
A) 1-d, 2-c, 3-f, 4-b, 5-a, 6-e
B) 1-f, 2-c, 3-d, 4-b, 5-e, 6-a
C) 1-f, 2-c, 3-d, 4-b, 5-a, 6-e
D) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b, 5-f, 6-e.
16. Qaysi gapda sifat hol vazifasida kelgan?
A) Chakalakzor qorong’ulikda vahimali va sirli ko’rinardi.
B) Mevasi yetilib pishganda sershira bo’ladi.
C) Hujra kichkina, lekin iliqqina edi.
D) Ko’kimtir osmonda behisob yulduzlar chaqnab turibdi.
17. Talmeh san’ati qo‘llangan javobni
aniqlang?
A) Boyindi taxtining qadri, o‘zung toj
ko‘kka toshlodi, Adolat bog‘i sabz o‘ldi, chu No‘shiravon keldi.
B) Qaro sangdur sani asli qarosang,
Beribdursan riyo qoni bila rang.
C) Bu kun, ey do‘stlar, farzandi
jononimni sog‘indim, Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim.
D) O‘tdilar bu dunyodin dilxohlar,
gumrohlar.
Qolmadi dunyoda boqiy ham gado, ham shohlar.
18. Havoda ananas hidi aralash yong’oq xazonlarining o’tkir hidi gurkiradi.
Ushbu gapdagi ostiga chizilgan so’zda
ma’no ko’chishining qaysi turi
kuzatiladi?
A) sinekdoxa B) metonimiya
C) metafora D) vazifadoshlik.
19. Sifat+ot qolipi asosida yasalgan sifatlar to'liq berilgan?
1.Sheryurak 2.Oqqand 3.Tichliksevar 4.Sofdil
A) 1,2,4 B) 1,3,4 C) faqat4 D) 1,4
20. Jadvaldan foydalanib, to’g’ri javobni belgilang?
|
Ajratib ko’rsatilgan so’z –lash qo’shimchasi bilan yasalgan.
|
Ajratib ko’rsatilgan so’z –lan qo’shimchasi bilan yasalgan.
|
A
|
Itning akillashidan cho’chib uyg’onib ketdim.
|
U qishloqdan yillab saqlangan yilqi moyi topib keldi.
|
B
|
Tog’asining qo’llab –quvvatlashi tufayli u tijoratda ulkan yutuqqa erishgandi.
|
So’zga chiqqan Sodiqjon domla shogirdi haqida faxrlanib gapirardilar.
|
C
|
Ularning ikkovi bilan ham alohida-alohida gaplashib qo’yaman.
|
Majlis boshlanishidan avval ma’ruzasini yana bir bor diqqat bilan o’qidi.
|
D
|
Ertalabki choy ustida picha hangomalashgach hammamiz yo’lga otlandik.
|
Qo’lining harakatlari bilan xalqqa tinchlanishni buyurdi.
|
21. Ikkita ibora qo'llangan gap qaysi qatorda berilgan?
A) O'g'lidan ko'ngli to‘q bo’lgach yana nimanidir qidirmoqqa, tevaragiga alanglab qaramoqqa boshladi.
B) Qizga o'zbek qishlog'ining bag‘ri keng odamlari juda yoqdi.
C) Pilla xususida ko'nglim to‘q, tili qisiqlik joyim yo'q.
D) Ikki g‘arib bir yoqadan bosh chiqargan edik.
22. Quruq gapning o‘zi hech qachon lo‘nda dalil bo‘la olmaydi. (Ibn Sino) Berilgan gap kesimi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) dalil bo‘la olmaydi
B) bo‘la olmaydi
C) lo‘nda dalil bo'la olmaydi
D) olmaydi.
23. Qaysi javobda nisbiy sifat ishtirok etmagan?
A) Uying tor bo'lsa ham, ko'ngling keng bo'lsin!
B) Ilmiy faoliyat bilan shug'ullan!
C) Bahavo joylarga borib dam olish lozim.
D) Xonaga beqasam to’n kiygan do'ppili kishi kirib keldi.
24. Navoiyni tushunish uchun millat tilining barcha shevalaridan xabardor bo‘lmoq lozim.
Berilgan gapning ega va kesimini aniqlang?
A) millat – ega, xabardor bo'lmoq lozim – kesim.
B) xabardor bo’lmoq lozim – kesim, ega ifodalanmagan.
C) xabardor – ega, bo’lmoq lozim – kesim.
D) Navoiyni tushunish – ega, xabardor bo’lmoq lozim – kesim.
Matnni o'qing va ushbu matn asosida berilgan quyidagi ikki topshiriqni bajaring.
TAVSIYANOMA
1. Men, Saidamirov Ahmadjon lkromovich, 2008-yildan buyon Toshkent shahridagi 285-umumta’lim maktabi, direktori lavozimida ishlab kelmoqdaman.
2. Murodov Faxriddin Amirjon o'g'li
2003-yilda Toshkent shahrini Yunusobod tumanida tug’ilgan. U men rahbarlik qilayotgan maktabning 11 –“A” sinfida tahsil oladi. F.A.Murodov
- bilimli, tirishqoq, jamoatchilik ishlarida faol o'quvchi. U barcha fanlardan a’lo baholarga o’qiydi. Matematika, fizika va ingliz tili fanlariga ko’proq qiziqadi. U sportning boks turi bilan muntazam shug'ullanib keladi. Bir necha bor shahar va respublika miqyosidagi musobaqalarda faxrli o’rinlarni egalladi.
3. F.A Murodovning kelajakda jahon sport sahnalarida ham yurtimiz sha’nini munosib tarzda himoya qila olishiga ishonch bildiraman hamda uni “Mard O’g’lon” mukofotiga tavsiya etaman.
2020-yil 18-iyun A.I Saidamirov
25. Ushbu TAVSIYANOMA matnining raqamlab ko'rsatilgan bandlarida ro’y bergan xatoliklar turi qaysi javobda to’g’ri berilgan?
A) 1-imloviy xatolik; 2-qo’shimcha qo’llash bilan bog’liq uslubiy xatolik; 3-ishoraviy (punktuatsion) xatolik.
B) 1- ishoraviy xatolik (punktuatsion); 2- qo’shimcha qo’llash bilan bog’liq xato; 3- imloviy xatolik.
C) 1-qo’shimcha qo’llash; 2-ishoraviy xatolik (punktuatsion); 3-imloviy xatolik.
D) 1- ishoraviy xatolik (punktuatsion); 2- imloviy xatolik; 3- qo’shimcha qo’llash bilan bog’liq xatolik.
26. Ushbu TAVSIYANOMA matnining raqamlab ko'rsatilgan bandlari mazmuniga oid to’g’ri hukmni aniqlang.
A) Matnning birinchi qismida mukofotga tavsiya etish shartlari bayon etilgan.
B) Matnning birinchi qismida tavsiya beruvchi shaxs haqida ma’lumot berilgan.
C) Matnning har uchala qismida mokofot sovrindori haqidagi ma’lumot berilgan.
D) Matnning ikkinchi qismida tavsiyanomani taqdim etishdan ko’zlangan maqsad bayon qilingan.
Alisher Navoiyning “Hayrat-ul abror” dostonidan olingan mazkur she’riy parchani o’qing va quyidagi ikkita topshiriqni bajaring.