Topshiriq: “Ta’rif berish” usuli. Bunda o`quvchilarimiz berilgan rasmdagi holatga ta’rif beradilar.
Izoh:O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.
V. O’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.
MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
Sana:__________
18-mavzu: Mening mahallamda yashash yaxshi. (Tarix fan oyligi doirasida)
Kun shiori: “Mustahkam va oqibatli oila – mahoratli va fayzli mahalla-kuchli bilimli va zakovatli ta’lim muassasasi”
Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, yangi yilni yangi bilimlar bilan boshlash lozim ekanligini uqtirish .
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish,va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:“Mahalla-yurt mustahkam bo’lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi”
O`qituvchi:Mahallaning o`rni:
Yangi jamiyat bunyodkori bo`lmish yangi insonni tarbiyalashda hozirgi paytda mahallalarimizda samarali faoliyat olib borayotgan, bu noyob tuzilmani tom ma`noda o`zini o`zi boshqarish idorasiga aylantirishga katta hissa qo`shib kelayotgan mahalla oqsoqollari va faollari, fuqarolar yig`inlarining diniy ma`rifat va ma`naviy-axloqiy masalalar bo`yicha maslahatchilarining ijobiy ta`siri tobora ortib bormoqda. Aynan ana shu insonlarning odamlar ko`ngliga yo`l topib, ularning dardu tashvishiga sherik bo`lib, o`z vaqtida berayotgan amaliy yordamlari, to`g`ri va o`rinli maslahatlari tufayli oila va mahalla muhitida, butun diyorimizda tinchlik va osoyishtalik, o`zaro mehr-oqibat tuyg`ulari kuchayib borayotganini el-yurtimiz yuksak qadrlaydi. Ayniqsa, yosh yigit va qizlarimizning mustaqil hayotga kirib borishi, yosh oilalarning jamiyatdan o`ziga munosib o`rin topishida bu fidoiy va mehribon, jonkuyar odamlarning qanchalik muhim rol o`ynayotganini hurmat bilan e`tirof etishimiz lozim.
Mahalla – sog`lom muhit tarafdori;
Mahalla- milliy o`zlikni anglash makoni;
Mahalla- qadriyatlar beshigi;
Mahalla- ma’naviyat beshigi;
Mahalla- millatlararo totuvligi birligi;
Mahalla- tinchlik va osoyishtalik garovi;
Mahalla-donishmandlik ko`zgusi;
Mahalla-yaxshilik urug`in taratuvchi;
Mahalla-mehr-oqibat go`shasi;
Mahalla-ibrat namunasi;
Mahalla-bag’rikenglar oshyoni.
“Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligida keksalar holidan xabar olish bu millatimizning eng ulug` fazilatlaridan biri hisoblanadi.“Oila-mahalla-ta’limmuassasasi” hamkorligi
Do'stlaringiz bilan baham: |