IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.
V. O’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.
MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
Sana:__________
27-mavzu:Amir Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi (Amir Temur tavalludining 679 yilligi munosabati bilan)
Kun shiori: “Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich”
Nurali Qobul
Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Amir Temur bobomizga bo`lgan hurmatni yanada rivojlantirish, Sohibqironga bag`ishlangan kitoblarga qiziqish uyg`otish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:“Buyuk saltanat tuzib, tarix sahnasida quyoshday porlagan Sohibqiron Amir Temur- bizning g`ururimiz va faxrimiz”
O`qituvchi:
Buyuk bobomizning yoshlik yillariga e’tibor qaratamiz. Yozuvchi Nurali Qobulning “Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich” romanidan qisqacha sizga so`zlab beraman. “… To`rt yoshli Temur oqila va fozila onasi Takina begim murabbiyligida yozishni mashq qilardi.Voy o`lmasam otasi, o`g`lingiz chapaqay-ku! So`l qo`li bilan yazayapti.Qalamni o`ng qo`liga tutqazib qo`samda, chap qo`liga oladi. Qarang! – deya xo`jasiga murojaat etdi Takina begim.” Qani ko`raylikchi bu amirzodani. Marhamat qilib qalamingizni o`ng qo`lingizga olingchi bo`tam. Ha, barakallo. Qani yozingchi. Qanday yozar ekansiz,- deya Temurning qalam yuritishini kuzata boshladi otasi. Otasining so`zini diqqat bilan tinglagan yosh amirzoda qalamni o`ng qo`liga tutganicha, yanada chiroyli qilib yoza ketdi.
Aytdimku, bu o`g`lingning qo`lidan har ish keladi deb. Bekorga tashvish chekib yuribsan.Uning har ikki qo`lida husnixat bita olishini ko`rgan ona hayron bo`ldi. U chundan ham g`ayritabiiy bir bola edi. Nafaqat ikki qo`li ila yozuv yozar, balkim ikki qo`lda bir maromda qilicha sermab, o`q otar, uloq chopib, kurash tusha bilar edi. Erta xat – savodi chiqqani uchun otasi uni besh yoshida madrasaga berdi. U sakkiz, o`n yoshli bolalar orasida pildirab yurar, hatto lavha taxtaga mum surtib yoza olmas edi. Bu ishda unga onasi va muallimi ko`maklashardi.
Muallimining ismi sharifi Mulla Alibek edi. U o`z shogirdlarining tezroq savodxon qilishning eng yaxshi vositasi – bu kaltak deb bilar edi. Undan kaltak yemagan yagona o`quvchi Temur edi. U har bir vazifani muallimning og`zidan chiqishi bilan uddalab, navbatdagisini kutib o`tirardi.U sinfdoshlarining qiynalib o`qishlariga hayron boqar, nahotki shu oddaiy harflarni o`qish va yozish shunchalik mashaqqatli bo`lsa deya o`ylar edi. Yetti yoshida u Mulla Alibek maktabxonasidan chiqib, Shayx Shamsiddinning maktabiga bordi. Shayx o`z shogirdlariga dastlab Qur’on o`qitar va ba’zi she’rlarni yodlatib, ma’nosini tushuntirib berar edi. Qur’on mashg`ulotlarini esa Qur’oni karimning 91-surasi “Ash-shams” dan boshlar edi. Temur birinchi darsdayoq shu muborak suradan o`n besh oyatni yod oldi. Buni ko`rgan shayx tolibiga ertasi kuni otasini aytib kelishni tayinladi. Amir kelganida esa hayajonini yashira olmadi.
- Muallimlik hayotimda o`g`lungiz kabi iste’dodli shogirdni ko`rmaganman. Bir darsdayoq “Ash-shams” surasini yodlab oldi. Uning tarbiyatida muqim bo`ling! Ijozatingiz bilan men shogirdimni chorlay. U sizga ilk yodlagan surasini aytib bersin.
Yetti yoshli Temur Olloh kalomini qiroat bilan o`qiganida amirning ko`zlari jiqqa yoshga to`ldi. Yaratgandan o`g`liga sog`liq va omonlik tiladi. … U peshin namoziga qadar o`qir edi. Namozni ustozi ila barobar o`qigach, yaylovga chiqib siloh ishlatish, otda chopish va yana boshqa harb usullarini mashq qilar edi.”
Romanni shu yerga kelganda tugatamiz. Biz bobamizning qanchalik darajada yoshlik yillari ya’ni bolalik davrlarida ham shunchalik darajada zukko, tartibli, irodali va o`zidan kattalarni hurmat qilishi, hech qanday mehnatdan bo`yin tovlamasligi, ota-ona, ustozlarini hurmat qilishdek, har bir ishni o`z vaqtida qiynalmay bajarganligining guvohi bo`ldingiz bu romanni to`liq o`qigandan so`ng yana ham ko`p ma’lumotlarga ega bo`lasiz. Tinimsiz mehnatlar evaziga dunyoning yarmini egallagan, Adolat uning asosiy shiori bo`lgan Buyuk Sohibqiron Amir Temur bobomiz haqida bilib olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |