III. Yakuniy qism:
Qani aytingchi bolalar mustaqillikdan keyin qanday yutuqlarga erishdik?
Javoblaringiz uchun rahmat.
Haqiqatdan ham 28 yildirki, ota-bobolarimiz orzu qilgan, kimlardir yetib, kimlardir yetolmagan ozod va obod mustaqil Vatan bag‘rida tinch va farovon hayot kechirmoqdamiz. O‘zbekiston tarixan juda qisqa vaqt mobaynida o‘z kuchi va salohiyatiga ega, o‘z yeri, tinch va osoyishta hayotini himoyalashga qodir, jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan zamonaviy, mustaqil, suveren davlatga aylandi! Bu esa har birimizning qalbimizni faxr va iftixorga to‘ldiradi…
IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.
V. O’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.
MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
Sana:__________
23-mavzu: Tabiat va biz (Fizika, biologiya fanlari oyligi doirasida)
Kun shiori: “Tabiatsiz hayot yo`q”.
Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fizika,biologiya fanlari oyligida faol bo`lishga, tabiatni avaylash o`zimizni avaylash degan hikmatni uqtirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:“Bilingki, dunyoning ko`zlari yoshlansa, uning boshiga g`am, kulfat tushgan bo`ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig` tutmanglar!”
Muhammad al-Xorazmiy
O`qituvchi:
O`rta asrlarda yashab ijod etgan Sharq allomalaridan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo`shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o`simliklar va hayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlash haqidagi qimmatli fikrlar aytganlar.
Abu Nasr Forobiy tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilan shug`ullangan bo`lib, “Kalom fi-l xiyz va-lmiqdor” (“Hajm va miqdor haqida so`z”), “Kitob al-mabodi al-insaniya” (“Insoniyatning boshlanishi haqida kitob”), “Kalom fia’zo al-hayvon” (“Hayvon a’zolari haqida so`z”) nomli asarlari bunga dalil bo`la oladi.
Forobiy o`zining “Kitob fi ixso al-ulum va at-ta’rif” asarida zamonasidagi ilmlarni har tomonlama o`rganib, ularni ma`lum tizimga solib, turkumlarga ajratdi, har bir ilm tarmog`iga ta’rif berishga harakat qildi, tabiatshunoslik ilmiga katta e’tibor berdi.
Tabiatshunoslikka oid “Inson a’zolari tuzilishi haqida risola”, “Hayvon a’zolari haqida so`z” kabi asarlarida odam va hayvonlar ayrim a’zolarining tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari haqida, ularning o`xshashligi va farqlari keltirilishi bilan birga, asosiy anatomic – fiziologik tushunchalar berilgan. Ularning ruhiy holatlaridagi xususiyatlari haqida ham to`xtab o`tilgan. Odam tanasining tuzilishi va vazifalari haqida so`z yuritilganda ularning o`zaro bog`liqligi va yaxlitligi, ulardagi o`zgarishlar, ya’ni kasalliklar birinchi navbatda ovqatlanish tartibining buzilishi oqibatida kelib chiqadi, deb tushintiriladi. Kasallikning oldini olish, sog`lomlashtirish va boshqa chora-tadbirlarni qo`llash lozim ekanligi haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |