Maktabgacha ta’lim pedagogikasining predmeti:
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablariga suyangan holda faoliyat yuritish;
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi bog‘chalardagi ta’lim – tarbiya mazmunini takomillashtirish;
Ta’lim – tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan metod va usullarni axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish;
Bolalarni jismoniy, aqliy, ruxiy sog‘lig‘ini ta’minlashda o‘kituvchi – tarbiyachi mahorati;
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi nazariyasi va amaliyotining maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarga har tomonlama tarbiya berishga bolaning imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli maktabgacha tarbiyani xayot, zamon bilan olib bog‘lab olib borishning zarurligi bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhitning hal qiluvchi axamiyatiga asoslanadi.
Maktabgacha pedagogikaning vazifalari:
- Maktabgacha ta’lim soxasidagi pedagogik muammolarni hal kilish;
- Maktabgacha yoshdagi bolalarda ta’lim olish ehtiyojini, o‘qishga kiziqish, kitob o‘qish, maktabga borish hissiyotini shakllantirish;
- Bolalarda mustakil va erkin fikrlashga o‘rgatuvchi ilg‘or metodlarni qo‘llash;
- Bolalarga yuksak odab ma’naviy – ahloqiy tushunchalarni mentalitetimiz asosida o‘rgatish.
Pedagogika fani tarbiyani pedagogik xodisa sifatida o‘rganib, bir qator tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Pedagogikada tarbiya, ta’lim, ma’lumot asosiy tushunchalar hisoblanadi.
Pedagogikaning asosiy tushunchalari
|
Tarbiya
|
Ta’lim
|
Ma’lumot
|
Pedagogik xodisa bo‘lib, yosh avlodga ilmiy bilimlar sistemasini, malaka va ko‘nikmalarni maxsus metod va vositalar orqali rejali ravishda singdirib bori shva uning natijasida har tomonlama shakllangan kishini tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yadi.
|
Ijtimoiy zarur bilimlar, muayyan ko‘nikma va malakalarni o‘quvchilarga singdirish,ularning ongiga bu xulqiga ta’sir etish, dunyoqarashi va bilish faolligini rivojlantirishdir. U insonni mehnatga. hayotga tayyorlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Ta’lim berish jarayonida tarbiya va ma’lumotning maqsadi amaga oshiriladi. Ta’lim ikki tomonlama jarayon - o‘qitish va o‘qishni o‘z ichikga oladi.
|
Asosiy pedagogik tushuncha bo‘lib, uning ijtimoiy hayot voqealarini ob’ektiv aks ettirishdir. Ma’lumot kishini bilishga bo‘lgan talabini ta’minlab, undagi qobiliyatlarni ma’lum darajaga ko‘taradi va amaliyo faoliyatga tayyorlaydi. Ma’lumot ta’limning natijasi bo‘lib, u kishi tomonidan bilim, malaka va ko‘nikmalarni mustaqil egalashdir.
|
O‘qitish – pedagogik faoliyat bo‘lib, u bilim ko‘nikma va malakalarni bolalarga singdirish, ularning bilim va amaliy faoliyatiga rahbarlik qilishdir.
|
O‘qish - o‘kuvchining bilim, malaka, va ko‘nikmalarni egallashdagi amaliy faoliyatidir. U o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlydi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |