G’alla o’simliklarining pishib yetilish bosqichini aniqlash. Don shakllangandan keyin tarkibidagi oziq moddalar eruvchan holatdan erimaydigan holatga o’tadi. Ana shu davrda don yetilib boradi.
Don yetilayotganda amalda uch bosqich: sut pishiqlik, mum pishiqlik va to’la pishiqlik bosqichi tafovut qilinadi. (7-jadval). Ana shu bosqichlarni o’tishi davomida o’simlikning vegetativ qismlari, shuningdek, donining tarkibi hamda konsistensiyasi o’zgarib boradi.
Sut pishiqliq bosqichi o’simlikning yashil rangda bo’lishi bilan ta’riflanadi, poyasining pastki barglari bilan bo’g’imlarigina sarg’aya boshlaydi. Doni yashil, lekin to’la shakllangan bo’lib, ezilganda sutga o’xshash suyuqlik ajraladi. Namligi 60% dan 40% gacha o’zgarib turadi (bosqichining boshlanishi va oxirida). Donda organik moddalar to’planib, murtak shakllanib boradi.
Pishib yetilish bosqichlarining belgisi
7-jadval
Ko’rsatkichlar
|
Sut pishiqlik
|
Mum pishiqlik
|
To’la pishiqlik
|
Poyasi
|
Pastkilari sarg’ish yuqorigilari yashil
|
Yuqoridagi 2-3 ta bo’g’imdan boshqa hammasi sariq
|
Hammasi sariq
|
Pastki barglari
|
Quriy boshlaydi
|
Qurib qolgan
|
Qurib qolgan
|
Yuqorigi barglari
|
Yashil, sariq dog’lari va yo’llari bor
|
Sariq
|
Sariq
|
Barg bo’g’imlari
|
Yashil va sersuv
|
Ustki 2-3 bo’gimi, ko’qish va sersuv; pastkilari burishgan
|
Hammasi sariq va quruq
|
Donning rangi
|
Ko’qish
|
Sariq
|
Naviga xos
|
Donining moddasi
|
sutsimon suyuk
|
Cho’ziluvchan, tirnoq botadi, mumga o’xshab eziladi va kesilai
|
Qattiq tirnoq botmaydi
|
Donidagi suv. bosqichning boshi va oxirida, %
|
60-40
|
40-20
|
16-14 va lalmikor yerlarda 8-6 gacha
|
Zaxira oziq moddalarning to’planishi
|
Davom etadi
|
To’xtaydi
|
To’planib bo’lgan
|
Murtagi
|
To’la shakllangan, lekin o’sishdash to’xtamagan
|
O’sishi va rivojlanishi pirovardia yetadi
|
To’la shakllangan va rivojlangan
|
Unuvchanligi
|
Juda past
|
Doni qurigandan keyin unuvchan-ligi me’yorida bo’ladi
|
Me’yorida
|
Unuvchanligining saqlanishi
|
Qisqa muddat
|
Uzoq muddat
|
Uzoq muddat
|
Donining shishasimon va unsimon bo’lishi
|
-
|
Kam bilinadi
|
Aniq bilinadi
|
Donining boshoqchalardan to’kiluvchanligi
|
to’kilmaydi
|
Kam to’qiladi
|
Eng ko’p to’qiladi
|
Bunday don quritilsa, xajmining uchdan bir qismi qoladi. Bunday urug’ saqlab qo’yilsa, unib chiqish qobilyatini tez yo’qotadi. Bu bosqichda ekinning hosili doni uchun yig’ilmaydi.
Mum pishiqlikda boshqa g’alla o’simliklari va suli tupi deyarli butunlay sarg’ayib poyasining faqat yuqorigi bo’g’imlari bilan boshoqning ba’zi qismlari yashilligicha qoladi.
Makkajo’xori, oqjo’xori, tariq, sholi donining mum pishiqlik davrida poyasi bilan barglari yashilligicha qoladi. Doni sarg’ayib, yumshaydi va tirnoq botirganda mum singari kesiladi. Tarkibidagi nam 40-20 % gacha kamayadi, oziq moddalar to’planish prosessi to’xtaydi.
Makkajo’xorini silos uchun doni sut-mum pishiqlik bosqichida yig’ishtirib olinadi. Boshoqli hamma g’alla ekinlarini, suli, tariqni doni uchun mum pishiqlik davrida, oldin o’rib, keyin yig’ib olish mumkin.
To’la pishiqlik bosqichida o’simlikning tupi butunlay sarg’ayib, doni qotadi, hajmi birmuncha kichrayib, namligi 14-16% gacha, lalmikor yerlarda yetishtirilgan boshoqli ekinlarda 8 % va bundan ham past bo’ladi. To’la pishiqlik davrida ko’p g’alla ekinlarining doni (makkajo’xori bilan oqjo’xoridan tashqari) to’kila boshlaydi. To’la pishiqlik davrida g’alla bevosita kombaynda o’rib-yig’ib olinadi.
G’alla ekinlarining yetilish bosqichlarini yangi uzilgan o’simlikdan tajribaxonada yoki bevosita dalada aniqlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |