7-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining huquqlari
Nodavlat notijorat tashkiloti quyidagi huquqlarga ega:
o‘z a’zolari va qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;
ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga takliflar kiritish;
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish;
o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot tarqatish;
ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish hamda belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etish;
o‘z ramziy belgilarini ta’sis etish;
o‘z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yig‘ilishlar, konferensiyalar o‘tkazish;
qonun hujjatlariga muvofiq vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish.
Nodavlat notijorat tashkiloti qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |