Ушбу муаммоли вазиятни Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатларига мувофиқ ҳал қилинг


-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ekologik nazorat sohasidagi huquqlari va majburiyatlari



Download 24,73 Kb.
bet3/10
Sana31.12.2021
Hajmi24,73 Kb.
#219996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
B potok 3-guruh talabasi Malikov Abdug'ani Rustam o'g'li

16-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ekologik nazorat sohasidagi huquqlari va majburiyatlari

Nodavlat notijorat tashkilotlari o‘z ustavlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:

atrof muhitni muhofaza qilishni, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash masalalari bo‘yicha qarorlar tayyorlashda, shuningdek davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;

jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish;

atrof muhit holatini va atrof muhitning ifloslanishiga hamda tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni kuzatib borishda ishtirok etish;

ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

maxsus vakolatli davlat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga davlat, idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishda o‘z vakilining kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi to‘g‘risida takliflar kiritish;

atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishining o‘zi tomonidan aniqlangan fakti to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarini, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni xabardor qilish;

atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlarining talablari buzilganligi aniqlangan faktlar yuzasidan choralar ko‘rish to‘g‘risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritish;

atrof muhitning holati, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mazkur sohadagi qonun hujjatlari buzilishi yuzasidan aniqlangan faktni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida tegishli davlat organlariga murojaat qilish va axborot olish;

atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalariga doir jamoatchilik fikrini o‘rganishni, jamoatchilik ekologik ekspertizasini o‘tkazish;

tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining atrof muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, obodonlashtirilishi hamda ko‘kalamzorlashtirilishi masalalariga doir axboroti hamda hisobotlarini eshitishda ishtirok etish;

ekologik nazoratning boshqa subyektlari va ommaviy axborot vositalari bilan jamoatchilik ekologik nazorati masalalari bo‘yicha, shu jumladan ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari tizimini shakllantirishda hamkorlik qilish;

aholining ekologik madaniyatini oshirish, ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirishga doir ishda ko‘maklashish.

O‘zbekiston ekologik harakati, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan huquqlar bilan bir qatorda, o‘z ustavidagi vazifalariga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlarining ekologik nazoratni amalga oshirishdagi ishtirokini yanada kuchaytirishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqadi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari quyidagilarni bajarishi shart:

ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish;

ekologik nazoratni amalga oshirishda ekologik nazoratning boshqa subyektlariga ko‘maklashish;

ekologik nazoratning boshqa subyektlari vazifalarini bajarmaslik.

17-modda. Fuqarolarning ekologik nazorat sohasidagi huquqlari va majburiyatlari

Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:

atrof muhitni muhofaza qilishni, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash masalalari bo‘yicha qarorlar tayyorlash va qabul qilishda, shuningdek davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;

atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini kuzatib borishni amalga oshirish;

ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishining o‘zi tomonidan aniqlangan fakti to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarini, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini xabardor qilish;

atrof muhitning holati, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mazkur sohadagi qonun hujjatlari buzilishi yuzasidan aniqlangan faktni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida tegishli davlat organlariga murojaat qilish va axborot olish;

atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganishni, jamoatchilik ekologik ekspertizasini o‘tkazishda ishtirok etish;

tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining atrof muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, obodonlashtirilishi hamda ko‘kalamzorlashtirilishi masalalariga doir axboroti hamda hisobotlarini eshitishda ishtirok etish.

Fuqarolar quyidagilarni bajarishi shart:

ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish;

ekologik nazoratni amalga oshirishda ekologik nazoratning boshqa subyektlariga ko‘maklashish


Download 24,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish