tabiiy bilimlar
dunyoga endi kelgan
jonzot tirik qolishi uchun zarur. Chaqaloq ham och qolsa yoki biror joyi
og’risa, yig’lash kerakligini biladi, qattiq tovushdan va yiqilishdan qo’rqadi.
Bunday tabiiy bilimlar xotiraning har qanday ta’sirdan holi qismida
saqlanadi va ular hech qachon bizni tark etmaydi.
Hayot davomida esa tirik mavjudod turli vaziyatlarga duch keladi,
ularga ongli ravishda munosabat bildiradi va shu munosabatlarini
xotirasiga kiritib boradi
. Shu yo’l bilan u o’ziga qo’shimcha bilim orttiradi va
bu
orttirilgan bilimlar
keyinchalik ishlatish uchun xotiraga yoziladi. Ammo
ular qandaydir omil
ta’sirida yo’qotilishi, yangilanishi yoki o’zgartirilishi
mumkin.
Hayvon va o’simliklar xotiralaridagi orttirilgan bilimga vaziyat taqazo
etganda murojaat qiladilar. Boshqa payt ularning bunga, shunchaki,
vaqtlari bo’lmaydi. Ular muntazam sergak turadilar – atrof dunyodan
barcha sezgilari orqali ma’lumot olishdan to’xtamaydilar. Chunki ularning
hayoti shunga bog’liq.
Odamzod
esa o’zini turli xil yo’llar bilan mudofaa qilish choralarini
oldindan
ko’rib qo’yishni o’rgangan. Shu bois u mudom atrof dunyodan
xabardor bo’lib turishi shart emas. Bunday bekorchilikdan nima qilarini
bilmay qolgan aql
sezgilardan kelayotgan ma’lumotlarni to’xtatib qo’yib,
xotiradagi eski ma’lumotlarni qayta tahlil qilishga tushadi. Shuning uchun
xayollariga chuqur kirib ketgan odam yoniga birov kelganini ham sezmay
qolishi mumkin.
Sezgilar
– dehqonchilik uskunalariga o’xshaydi. Ular bizning
ixtiyorimizga foydalanish uchun berilgan. Xuddi ishlatilmay turgan mehnat
qurollari zanglab qolganday, ular ham qancha kam ishlatilsa, shuncha
o’tmaslashib, ojizlashib boradi. Shundan, minglab yillar mobaynida aql
o’sgani sari, odamzod sezgilari susayib kelgan.
Barcha jonzotlar hayotining har bir lahzasida sezgilari yetkazayotgan
ma’lumotlarni bilim qilib to’playdi, bu bilimlarni o’z turini mukammalroq
qilish
uchun
ishlatadi.
Shu
bilimlar
sabab,
atrof
muhitga
moslashuvchanroq bo’ladi, yashovchanligi oshadi. Bir so’z bilan aytganda,
rivojlanishdan to’xtamaydi.
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
11
Boshqa mavjudot
lardan ko’pincha o’zini yuqori hisoblaydigan
odamzod esa
ming yillardan beri o’z naslining sezgilari o’lishiga, turli xil
xatarlarga qarshi turish qobiliyati, immuniteti susayishiga
– odamzod
degan turning tabiiy rivojlanishda orqaga qarab ketishiga erishmoqda,
xolo
s. Yovvoyi tabiatda hech bir jonzot o’z turiga tajovuz qilmaydi – lekin
tabiiy ildizlaridan uzoqlashgan odamzod tarix davomida bir-birini qirib
keladi. Bu ham bo’lsa, aql hukmronligi ostida biz taraqqiyotda orqaga
qarab ketayotganimizdan darak emasmi?
Tabiiy bilimlar
– yashab qolish uchun yetarli, xolos. Taraqqiyotda
ildamlash uchun ko’proq orttirilgan bilim darkor. Buning uchun esa
ongimizni aql yasab bergan oltin qafasdan chiqarib, unga har bir lahzadan
bilim olishga imkon berishimiz kerak. Aql anoyi emas
– u o’z taxtidan
osonlikcha voz kechmaydi. Lekin, unutmang, uni ham biz orttirganmiz
–
demak, jilovlash ham o’z qo’limizda. Tabiiy rivojlanishda ilgari siljishga
xizmat qiladigan bilimlar
– ilmdir. Aqlning bilim ustidan to’liq hukmi bor –
lekin ilm ustid
an uning hech bir hukmi yo’q. Shunday ekan, kuchli shaxs
bo’lishning eng samarali usuli – ilm orttirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |