Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
6
Boshladik
“Atirgul aytadi ochilaman deb,
Chiroylilar chakkasiga sanchilaman deb,
C
hiroylilar chakkasiga sanchilib bo’lib,
Be
vafolar oyog’ida yanchilaman deb,
O’ynang, qizlar, o’ynang – ko’rgoni keldik,
Sizlar bilan davron surgoni keldik...”
(To’y laparidan)
Biz nimaga kelganmiz? Aynan siz nimaga kelgansiz? Davr-u davron
surgani kelganmisiz bu dunyoga? Yoki boshqalar o’ynab-kulishini
ko’rganimi? Ha bu, hech narsa haqida o’ylamay, maza qilib yashagani
kelgan bo’lsangiz – nima qilib o’zingizni, o’zligingizni kavlashtirib yuribsiz?
Bu sizga nimaga kerak?
Ana xolos, kitobning boshlanishi ajoyib-ku deb kamida hayron
bo’layotganingizni bilib turibman. Lekin xulosa qilishga shoshilmang –
xulosalar uchun kitob so’ngida alohida bir bob ajratganman, xotiringiz jam
bo’lsin.
Siz bilan ikkinchi suhbatdan oldin men sizdan yuqoridagi kabi
savollarga javob olishim kerak. Bu galgi suhbat
mazmuni qanday bo’lishi
yoki
umuman, uning bo’lish-bo’lmasligi ko’p jihatdan shunga bog’liq.
Xo’sh, o’zligingiz – o’z shaxsiyatingizni to’liq yoki deyarli to’liq anglash
sizga nima uchun kerak? Har qalay, buni sizga men yoki yana kimdir
aytgani uchun qilmayapsiz-ku? Bu savolga turlicha kitobxon turlicha javob
beradi.
Mayli, boshqalarni qo’ying – siz bunga nima deb javob bergan
bo’lardingiz? Bayonning davomini o’qishdan avval, iltimos, shu haqida bir
oz mulohaza qilib ko’rsangiz...
Albatta, barchamiz bu dun
yoga shunchaki baxtli bo’lish uchun
kelamiz. “Shunchaki” deb soddalashtirishimga sabab baxtni juda oddiy
tushuncha deb hisoblashimdir. Biroq boshqalar boshqacha hisoblaydi.
Avvalgi suhbatimizdan ma’lumki, baxt – bu inson o’z ko’ngli
istaklariga monand yash
ashi. Hayotingiz qalbingiz ardog’idagi odamlar
hamrohligida va ko’nglingiz tusagan narsalar ishtirokida kechsa – bundan
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
7
ortiq yana qanday baxt bor, shunday emasmi? Har holda, men shunday
deb o’ylayman. Biroq boshqalar boshqacha o’ylaydi bu borada.
Mana endi da
nagini ham yorib, mag’ziga yetib keldik. Agar hayot o’z
istaklarimizga erishib, lapar aytganidek
davron surgani bag’ishlanishi
kerak bo’lsa, biz eng avvalo o’sha istaklarni aniqlashimiz kerak. Mana shu
yerda o’z shaxsiyatini to’g’ri va yetarlicha odil baholay olish qobiliyati
insonga juda asqa
tadi. Chunki istaklar to’g’ri aniqlansagina ularga erishish
jarayoni va natijasida
odam o’zini baxtli his qiladi.
Bu yerda mantiq juda oddiy: istakni to’g’ri aniqlash uchun o’sha istak
egasini yaxshi bilish kerak (
o’zingizni yaxshi bilmasangiz – nimani
istashingizni qanday bilasiz?).
Agar bunda kishining o’zligini anglash
qobiliyati ketmoni bilan yerni seskantirib hosil oladigan dehqondek abjir va
tab tortmas bo’lsa – marra uniki. Agar u o’zini aksincha “menga tegma va
men senga tegmayman” yo’sinida ish ko’ruvchi keksa byurokrat kabi tutsa
– unda... unda nima bo’lishini aytib nima qildim. Bari bir, bularning bari
shunchaki mening nuqtai nazarim, xolos. Biroq boshqalar boshqacha
nazarda qaraydi bu narsalarga.
Demak, b
iz o’zligimizni anglashga harakat qilib, o’z baxtimizni his
etishga, uning qo’lidan tutgancha, butun hayot yo’lini bosib o’tishga
intilyapmiz. Kimdir aytishi mumkin - ehh
e, o’zlikni anglash, ko’ngilga quloq
solishni o’rganish juda qiyin ish, unga butun umringni sarflab qo’yishing
hech gap emas. Bunday haqiqat egalariga men faqat bir sirni ochibgina
javob qaytarishim mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: