Muallifdan
Aziz Kitobxon,
Siz bilan qayta diy
dorlashib turganimdan xursandman. O’tgan
suhbatimizdan beri hayotingizda faqat xotirjamlik hukm surgan deb umid
qilaman. Yana me
n bilan suhbatga chog’lanibsizmi – demak, avvalgisidan
ko’nglingiz to’lgan. Bu har qanday muallif uchun eng oliy mukofot.
Avvalgi kitobning birinchi kungi bayoni
shaxsiyatga bag’ishlangan edi.
Uni qarang
– o’ta fahmliligimdan, sizga shaxsiyat ta’rifini bermay ketgan
ekanman o’shanda. Hechqisi yo’q, bu safar shaxsiyat degan g’alati,
ko’pchilikka notanish so’z bilan nimani ifodalamoqchi bo’lganimni aytib
o’taman.
Shaxsiyat
– alohida odam tabiati va hayoti haqida shu odamning o’zi
va boshqa odamlar aniq fakt d
eb qabul qilgan haqiqatlar va yolg’onlar
to’plami. Ozgina mujmal chiqdiyov. Boshqacha qilib aytganda, shaxsiyat –
bu bir odam haqida uning o’zi va boshqalarga tegishli tasavvur.
Boshqalarning siz haqingizdagi tasavvurlari ham shaxsiyatingiz
tarkibiy qismi ekanligi balki sizga unchalik yoqmas, balki bunga
ishonmassiz
– lekin har holda shunday. Bayon davomida bunga o’zingiz
ham amin bo’lasiz.
Lekin bizning birinchi navbatdagi “tajriba quyonimiz” – bu o’zimizning
o’zimiz haqimizdagi tasavvurimiz. Avval ham sizga shaxsiyatning shunga
o’xshash ta’rifini berganman – siz boringizcha hayotda haqiqat deb bilgan
narsalaringiz jamlanmasisiz. Bu haqiqatlar shaxsiyatimizning asosiy
qismini tashkil etadi
– shunga monand ularga bayon davomida kattaroq
e’tibor ajrataman.
To
’g’ri, bu safar ham siz kitobga kamdan-kam odamga ochiqchasiga
aytgan sirlaringizni oshkor qilishingizga to’g’ri keladi. Lekin, avval
aytilganidek, u sirlar siz va kitob o’rtasida qoladi. Biz ulardan
o’zligimizning avval nazar solinmagan xonalariga olib kiruvchi eshiklar
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
5
dastagi sifatida foydalanamiz. Albatta, siz istalgan paytda ekskursiyani
to’xtatib, dam olishingiz yoki agar bayon sizni muvozanatdan
chiqarayotganini sezib qolsangiz
– undan batamom voz kechishingiz
mumkin. Bu gal men sizga boblar so’ngida tanaffuslar e’lon qilib
turmayman
– agar birinchi kitob mazmuni bilan yaxshi tanish bo’lsangiz,
demak sizda endi kuchli shaxsiyatning alohida jihat
lari namoyon bo’la
boshlagan. Bunday odamga esa qachon tanaffus qilib, qachon qayta
izlanishga kirishishni birov aytishi shart emas.
B
u galgi bayon ham bir haftaga mo’ljallangan. Sizga mutola faqat
maroq keltirishi uchun kitobni hafta kunlariga qarab boblaganman. Avval
aytganimdek, shu muddat sizga kitob mazmuni bilan tanishish va unda
aytilgan firklarni hayotga
solishtirib ko’rish uchun yetarli bo’ladi.
Ha, aytgancha
– sizga ish boshidanoq bir sirni ochib qo’ymoqchiman
(sir aytishni har safar
men boshlaganim ma’qul):
Do'stlaringiz bilan baham: |