Ushbu kitob mazmuni bilan tanishish sizning ma’naviy sog’lomlashishingiz uchun xizmat qilishi mumkin. Faqat, haqiqatlar nisbiy ekanini bilib yashashni istamagan odamlarga uni tavsiya qilmang



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/45
Sana24.01.2022
Hajmi0,92 Mb.
#407372
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45
Bog'liq
l2

Soxta shaxsiyat

 

Ongimizga  turli  xil  dasturlarni  kirituvchi  qurol 

–  bu,  albatta,  aql.  U 

sizning  yagona  dasturchingiz  desa  ham  bo’ladi.  To’g’ri  –  ongimizda  aql 

kiritmagan  dasturlar  ham  bor.  Bular  tug’ma  dasturlar  va  ular  bizga 

tabiatdan  ato  etilgan.  Baxtimizga,  aql  ularga  daxl  qila  olmaydi 

–  ular 

aqldan avval yaratilgan. 

Turli dasturlar qatori aql ongimizda bizning shaxsiyatimizni belgilovchi 

dasturlarni  ham  shakllantirib  boradi.  Ular  bizning  u  yoki  bu  narsaga  yoki  




Javlon Juraev  

 

O’zlik Sari Yetti Qadam – 2   



 

www.juraev.uz 

19

 

 



umuman, hayotga munosabat

imizni, o’zimizga bo’lgan ishonch va hurmat 

hissini,  shaxs  sifatida  atrofdagilar  bilan  munosabatlarimizni  va  boshqa 

jihat


larni  belgilaydi.  Ana  shu  dasturlar  yig’indisi  –  odam  fe’l-atvorini  yoki 

xarakterini

 tashkil qiladi. 

Afsuski, aql nomukammalligi sabab, bu dasturlar orasida ham “chala” 

yoki  zararlilari  m

avjud.  Aql  tuzgan  shaxsiyat  ko’p  hollarda  asl 

shaxsiyatdan  ancha  yiroq  bo’ladi.  Buni  odam  turli  hayotiy  vaziyatlar 

ta’sirida  aql  hukmidan  vaqtincha  qutulganda  sezish  mumkin.  Masalan, 

qattiq qo’rqitilgan holatda yoki o’ta ilojsiz qaltis vaziyatlarda odamning aqli 

yasab  bergan  soxta  tabiati  yashirinib,  uning  haqiqiy  xarakteri  yuzaga 

chiqadi. 

Odamning  asl  tabiati 

uch xil sababga ko’ra yuzaga chiqishi mumkin. 

Birinchisi 

–  o’lim  xavfi:  odam  o’lim  bilan  yuzma-yuz  kelganda  aql 

boshqaruvidan ayriladi. Bunda odam on

giga tabiat kiritib qo’ygan dasturlar 

odamni  xavfli  vaziyatdan  omon  olib  chiqib  ketish  uchun  aqlni  ataylab 

“o’chirib”  qo’yadilar  –  o’lim  xavfi  tug’ilgan  holda  aqlga  fikr  o’yinini  davom 

ettirishga  imkon  berilsa,  tana  vaqtida  kerakli  harakatlarni  bajarishga 

ulgurmay qolishi mumkin. O’lim bilan yuzma-yuz kelgan har qanday odam 

bu lahzani “fikrsizlik” holati deb ataydi – diqqatni bir fikrga qaratib turuvchi 

aql chekingach, birdaniga hamma xotiralar diqqat doirasiga kirib qoladi va 

odamga xuddi 

butun umri ko’z oldidan o’tgandek tuyuladi. 

Katta xavf 

ta’sirida aql boshqaruvni qo’yib yuborgan ana shu holatda 

odamning  asl  shaxsiyati  namoyon  bo’ladi.  Kuchli  shaxs  bunda 

boshqacha,  ojiz  odam  mutlaqo  boshqacha  yo’l  tutadi.  Vaholanki,  kuchli 

shaxsiyat  egasi  butun  umri  dav

omida  aqlining  gapiga  ishonib,  o’zini  ojiz 

deb  bilgan  bo’lishi,  ojiz  shaxsiyat  egasi  esa  o’zi  haqida  asossiz  yuqori 

fikrlarga borib yurgan bo’lishi mumkin. 

Odamni  aql  hukmidan  ozod  etib,  uning  asl  tabiatini  namoyon 

qiladigan  ikkinchi  holat 

–  bu  chin  sevgidir.  Bu  ko’pchiligimiz  sevgi  deb 

biladigan,  aslida  esa  ko’ngil  emas  aqlning  buyrug’i  bilan  yuzaga  kelgan 

tobelik  munosabati  emas 

– aynan haqiqiy tabiiy sevgi bo’lishi lozim. Ana 

shunday  sof  muhabbat  odam  shaxsiyatini  aql 

ta’siridan  olib  chiqib  keta 

oladi.  Shunda  sevib  qolgan  odam  mutlaqo  boshqacha  tabiat  egasi  ekani 

yuzaga  chiqadi.  Sevgi  ta’sirida  odamlarning  keskin  o’zgarishi  ana 

shundan.  Zo’ravon  ko’cha  bezorisi  bo’lib  yurgan  yigit  sevib  qolsa  –  u 

aslida juda 

ko’ngilchan va rahmdil romantik ekani oshkor bo’ladi. 



Javlon Juraev  

 

O’zlik Sari Yetti Qadam – 2   



 

www.juraev.uz 

20

 

 



Aqlning sun’iy shaxsiyatini emas, tabiat bergan asl shaxsiyatni tanib 

olishning  yana  bir  yo’li  –  shaxsiy  rivojlanishda  ancha  ilgarilab,  aql 

ta’siridan chiqish uchun yetarlicha ahd kuchi jamlashdir. Bunda erkinlikka 

o’lim  xavfi  yoki  sevgi  qudrati  turtkisi  bilan  emas,  mehnat-shijoat  bilan 

erishiladi.  Odam  sergak  hayot  kechirib,  o’z  shaxsiyatini  mustahkamlab 

boradi  va  bir  kun  kelib  o’zida  aql  tazyiqidan  ozod  bo’lishga  yetarli  kuch 

topa biladi. To’g’ri, bu o’lim xavfi yoki sevgi ishtirok etgan holatdagidek tez 

sodir  bo’lmaydi  –  bunga  ko’p  yillar  ketishi  mumkin.  Lekin  bu  usulda 

erishilgan  erkinlik  uzoq  muddatli,  agar  sergaklik  yo’qotilmasa  –  doimiy 

bo’ladi.  O’lim  xavfidan  kelgan  erkinlik  shu  xavf  bartaraf  bo’lishi  bilan 

odatda  barham  topadi  va  aql  qayta 

o’z  o’rnini  egallaydi.  Sevgida  ham 

shunday 

– sevgan odamga nisbatan ko’ngil sovushi bilan  muhabbatning 

erkinlik  ato  etuvchi  kuchi  yo’qoladi  va  sahnaga  yana  aql  chiqib  keladi. 

Qalb esa nobud bo’lgan ishqning azasini tutib, parda ortiga chiqib ketadi. 

Aql  siz  uchun  yaratgan  soxta  shaxsiyatni  sizga  rol  qilib  biriktirib 

qo’yadi.  Bu  roldagi  qahramon  baxtli  yoki  baxtsiz,  kuchli  yoki  ojiz,  muhim 

yoki  qadrsiz  bo’lishi  mumkin.  Bu  rol  sizga  yoqmasligi,  uning  yashash 

muhiti,  sharoiti,  usullari,  tamoyillari  sizga  mos  kelmasligi  mumkin.  Lekin 

siz  bu  roldan  voz  kecha  olmaysiz 

– chunki o’zingiz siz uchun rol tanlash 

huquqini aqlga beradigan shartnomaga imzo chekkansiz. 

Bu 


buzg’unchi shartnomani bekor qilish uchun sizga ozgina sergaklik 

va  anchagina  shaxsiy  kuch  kerak.  Sergaklikning  badali 

–  muhimlikdan 

qutulish bo’lsa, shaxsiy kuchning asosi bo’lgan hayotiy quvvatni oshirish – 

yashash  tarzi  va  hayot  bilan  oldi-berdilarni  maromga  keltirish  hisobidan 

bo’ladi. 

Suhbatimiz  mazmuni  noto’g’ri  o’zanga  ketib  qolmasidan,  sizni  bir 

nar


sa haqida ogohlantirib qo’yay. Aql keltirishi mumkin bo’lgan zararlarni 

sizga yetkazish ilinjida uni ta’riflashda ishlatgan iboralarimga aldanib, aql 

mutlaqo shum narsa ekan degan xayolga borib qolmang. Aql 

– juda ham 

foydali  va  kerakli  qurol.  Bayon  boshida  u  bizga  tabiatdan  boshqa 

zaiflik


larning o’rnini to’ldirish uchun atayin berilganini aytganimni eslang. 

Lekin,  har  nima  bo’lganda  ham,  aql 



qurolligicha

  qolishi  lozim.  U 

– 

boshqaruvchi  emas,  boshqaruv  quroli,  vositasi.  Agar  u  kerakli  joyda  va 



kerakli yo’sinda ishlatilsa, juda katta va bunyodkor ishlarni qilishi mumkin. 

Ammo  uni  boshqaruvga  yaqin  keltirilsa 

–  u  kattagina  ishkallarni  ham 



Javlon Juraev  

 

O’zlik Sari Yetti Qadam – 2   



 

www.juraev.uz 

21

 

 



ke

ltirib  chiqaradi.  U  o’zi  tabiatan  boshqaruvga  moyil.  Shu  bois,  unga  u 

aslida bir qurol ekanini eslatib, uni sergaklikka qaytarib turish kerak. 

Men  esa  sizga  bu  asov  otni  o’z  izmingizga  solish  uchun  zarur 

amallarni  baholi  qudrat  bayon  etaman.  Faqat,  shuni  unutmangki 

–  men 


aytayotgan usullar atigi yuzlab usullar orasidan tanlab olingan namunalar, 

xolos. Umumiy tamoyilni bilib olsangiz 

– usul tanlash hech gap emas. Siz 

hatto  o’zingiz  yangi  usul  ishlab  chiqib,  uni  samara  bilan  qo’llashingiz 

mumkin. 

Adolat  yuzasidan  aytishim  mumkin 

– sizga bayon qilayotgan barcha 

sirlarimni kashf qilishda mening aqlim bevosita ishtirok etgan. Men undan 

juda  ham  mamnunman.  Mamnunman 

–  lekin  uni  qattiq  nazorat  ostida 

tutib  turaman.  Tan  olaman 

–  har  doim  ham  buning  uddasidan 

chiqmayman  (menga  asov  otlarning  ham  eng  asovi  berilgan),  lekin  u 

izdan  chiqqanda  ham  sergaklik  uni  yana  joyiga  qaytarishga  yordam 

beradi.  Shu  katta  xizmati  uchun  ham  sergaklikni  doim  hammaga  tavsiya 

qilaman. 

Xuddi 

ana  shu  sergaklikni  yo’qotmagan  holda,  o’zligimizni  tadqiq 



etishda  davom  etamiz

.  Navbatda  aqlning  eng  og’ir  xastaligi  –  muhimlik 

haqidagi suhbat. Qani, o’zlaridan bo’lsin. 

 



Javlon Juraev  

 

O’zlik Sari Yetti Qadam – 2   



 

www.juraev.uz 

22

 

 




Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish