Ushbu kitob mazmuni bilan tanishish sizning ma’naviy sog’lomlashishingiz uchun xizmat qilishi mumkin. Faqat, haqiqatlar nisbiy ekanini bilib yashashni istamagan odamlarga uni tavsiya qilmang


har  birimizning qalbimiz eng avvalo kimgadir mehr berish ilinjida



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/37
Sana13.04.2022
Hajmi0,92 Mb.
#548372
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37
Bog'liq
7 qadam 2 qism

har 
birimizning qalbimiz eng avvalo kimgadir mehr berish ilinjida 
yashaydi
. Boshqa ko
’ngil istaklari shu asosiy ehtiyojdan kelib chiqadi. 
Onangizni xursand qilish uchun o’z tashabbusingiz bilan uyni tozalab 
qo’ygingiz keladi. Buni qilayotganda ko’nglingiz shunday yayraydiki, 
qo’shiq aytasiz. Chunki bunda qalb asosiy istagini amalga oshiryapti – 
onaga bo’lgan mehrini izhor qilyapti. Ko’ngil uchun ona bu qilingan ishni 
ko’radimi, yuqori baholaydimi – ahamiyati yo’q. Onangiz ishdan qaytib, 
ozoda uyni ko’rib sizni maqtasa – xursand bo’lasiz, albatta. Lekin bu 
sevinchni shu ishni qilayotganda olgan sururli zavqqa solishtirib bo’lmaydi. 
Gap shundaki, mehr namoyon bo’layotganda – ko’ngil o’z istagini amalga 
oshirib sevinadi, 
maqtov eshitganda esa aql xursand bo’ladi. Qilingan 
ishni hech kim payqamay qolsa xafa 
bo’ladigan ham aql – ko’ngil bunda 
xotirjam bo’ladi, chunki avval boshdan uning maqsadi maqtovga erishish 
emas, mehr ko’rsatish bo’lgan. 
Nimagadir 
odamlar bilan munosabatlarimizda biz ularning ko’ngli u 
yoqda tursin 
– aqlining istaklarini ham hisobga olmaymiz. Tag’in nimaga 
ular bilan aloqamiz yaxshi emasligidan hayron bo’lamiz. Aqlning ham 
birlamchi ehtiyoji bor 
– 
bu tanlovni amalga oshirish
. Aql doim tanlashni, 
qaror qabul qilishni istaydi. Busiz u o’zini hech nimaga keraksiz deb 
o’ylaydi va bu uning muhimligiga zarar yetkazadi. Kimnidir tanlovdan 
mahrum qilib, uning e’tiboriga sazovor bo’lishga umid ham qilmang – 
uning aqli bunga hech qachon imkon bermaydi. 
Biz boshqalarni tanlovdan cheklashga shu darajada ko’nikib 
qolganmizki, buni o’zimiz bilmagan holda qilamiz. Aytaylik, siz kimdandir 
bir nimani iltimos qilmoq
chisiz. Agar u yaqin odamingiz bo’lsa, unga bu 
holatda tanlov berish xayolingizga ham kelmaydi. Biz yaqinlarimiz busiz 
ham bizning istaklarimizga qarab yasha
shi kerak deb o’ylaymiz – xuddi 
ular shu bilan bizning ularga bo’lgan mehrimiz uchun badal 
to’laydigandek. “Menga mana shu ishni qilib bergin” deysiz. Bu tanlovsiz 
iltimos 
– uni aytgan odamingiz bajarmaydi yoki xohlamasa ham
majburligidan bajaradi. Undan 
ko’ra “Shu ishni menga qilib bera 
olasanmi?” deb so’rash ma’qul. Bunda u odamga “ha” yoki “yo’q” degan 


Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz 
62
javobdan birini tanlash imkoni beriladi. Agar u rozi bo’lsa, bu ishni o’z 
tanloviga ko’ra qiladi va uni o’zi xohlab, puxta bajaradi. 
Odamga yagona tanlov berish 
– unda burch (majburlik) hissini 
uyg’otadi. Bu odamga yoqmaydi – sizga kimdir kelib, “sizdan umidim katta 
– menga pand bermang” desa, yelkangizga yuk tushgandek bo’lmaydimi? 
Aksincha, keng tanlov bersangiz, odam o’zida erkinlik – tanlash erkinligini 
his etadi. Bunda u siz istagan narsani tanlashi ehtimoli katta 
– axir, unga 
tanlash imkoniyatini siz taqdim etdingiz. Tanlov berilishi 
– shaxsiy 
muhimlik tuyg’usiga juda yoqadi: “menga tanlash, qaror qabul qilish 
ishonildi 
– demak, men ham bir nimani uddalay olishimga odamlar 
ishonadi” degan tuyg’u – muhimlik tuyg’usi oshadi. Muhimligini siylagan 
odam uchun esa aql har narsaga tayyor. 
Yana bir gap 
– tanlov bergan odamga boshqalar ham har doim 
tanlash imkonini beradi. Boshqalar qarorini hurmat qilgan shaxs 
ko’pchilikning hurmatiga sazovor bo’ladi. Mudom hammaga o’z gapini 
o’tkazmoqchi bo’ladigan qaysarlarning esa hurmati va qadri o’ziga 
yarasha bo’ladi.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish