Suyak ko’migida qon yaratilishi
Suyak ko’migida qon yaratilishi embrion taraq-qiyotining oxirgi oylarida boshlanib,
homila tug’il-gandan keyin kuchayadi. Voyaga yetgan organizmda suyak ko’migi
eritrotsitlar, donachali va donachasiz leykotsitlar va qon plastinkalari yaratiladigan eng
asosiy universal organ bo’lib qoladi. Suyak ko’migi timus va boshqa qon yaratuvchi
organlarga o’zak hujayralarni yetkazib beradi. Shu bilan birga u odamda V-
limfotsitlarning asosiy taraqqiyot manbai hisoblanadi.
Voyaga yetgan organizmda qon yaratilishi
Voyaga yetgan organizmda qon yaratuvchi organlar qizil suyak ko’migi, taloq,
limfa tugunlari va bo’qoq bezi hisoblanadi. Barcha qon shaklli elementlari uchun
yagona boshlang’ich hujayra qonning o’zak hujayralaridir. O’zak hujayralar qon
39
yaratilishining barcha yo’nalishlarida, ya’ni eritrotsitopoez, granulotsitopoez,
limfotsitopoez, monotsitopoez va trombotsitopoez yo’nalishlarida rivojlana oladigan
hujayralar sinfiga kiradi.
Bo’qoq bezi yoki timusda esa bu jarayonda retikuloe pitelial hujayralar asosiy rol
o’ynaydi. Mikromuhit hujayralari o’zak yoki yarim o’zak hujayralarining qon shaklli
elementlariga differensiallanishini ta’-minlovchi biologik aktiv moddalar ishlab
chiqaradi. Bu moddalarga eritrotsitopoezda aktiv ishtirok etuvchi eritropoetin,
megakariotsitopoezda katnashuvchi trom-bopoetin yoki Т-limfotsitlarning hosil
bo’lishida aktiv rolo’ynaydigan timopoetin va boshqalar misol bo’la oladi.
Eritrotsitopoez yoki qizil qon tanachalarining taraqqiyoti. Qizil qon tanachalari yoki
eritrotsitlar voyaga yetgan organizmda qizil suyak ko’migida taraqqiy etadi. Ular uchun
barcha qon hujayralari kabi bosh-lang’ich hujayralar bo’lib, o’zak hujayrasi
hisoblanadi.
Eritgoblast-eritrotsitlar taraqqiyotining mor-fologik jihatdan aniqlanishi mumkin
bo’lgan eng yosh hujayrasi. Odatda, eritroblast hujayrasi ancha yirik bo’ladi (20-25
mkm), ammo ba’zida mayda hujayralarni (12-15 mkm) uchratish mumkin.
Normotsitlar- 8-12 mkm kattalikka ega bo’lgan hujayralar bo’lib, o’z
sitoplazmalarida gemoglobinning qay darajada to’planganligini va yadro tuzilishining
o’zgarishiga qarab, birin-ketin keladigan uch bosqichga-bazofil, polixromatofil va
oksofil normotsitlarga bo’linadi.
Eritrotsitopoez jarayonida hujayralar sito-plazmasi va yadrosida ma’lum bir
o’zgarishlar ro’y beradi. Yadro kichrayadi, yumaloq shaklni oladi, shu bilan birga
xromatinning zichlashuvi va yadrochaning yo’qolib ketishi kuzatiladi. Sitoplazmada
gemoglobin modda-sining to’planishi tufayli uning elektron zichligi oshib boradi va
gomogen tusni oladi. Mitoxondriyalar kichrayadi va ularning soni kamayadi.
Keyingi takomillanish davomida gemoretikulositlardagi hujayra organellalarining
qoldiqlari yo’qolib ketadi va ular eritrotsitlarga aylanadi.
Granulotsitopoez yoki donador leykotsitlarning takomillashishi. Sxematik ravishda
granulotsitopoez
quyidagicha
ifodalanadi:
o’zak hujayra-> miyelo-poezning
boshlang’ich hujayrasi-> miyeloblast-> promiyelotsit-> metamiyelotsitlar-> tayoqcha
yadroli leykotsitlar-> yetuk yoki segment yadroli leykotsitlar.
Miyeloblast-granulotsitopez protsessida morfo-logik jihatdan aniqlanishi mumkin
bo’lgan eng yosh hujayra.
Promiyelotsit-donador leykotsitlarning takomil-lashishida miyeoblastlardan keyin
keladigan hujayra bosqichidir.
Eozonofil promiyelotsitlar o’z sitoplazmasida eozin bilan bo’yalgan va neytrofil
donachalariga nis-batan yirikroq bo’lgan donachalar tutishi bilan ajralib turadi.
Bazofil promiyelotsitlar nisbatan maydaroq bo’lib, ular sitoplazmasida yirik to’q
ko’k yoki qo’ng’ir rangga bo’yalgan bazofil donachalar bo’lishi bilan xarak-terlanadi.
Miyelotsitlar bir oz maydaroq bo’lib, ular ham xuddi promiyelotsitlar singari o’z
sitoplazmasidagi dona-dorlikning tuzilishi va bo’yalish xususiyatlariga qarab uch turga-
neytrofil, eozinofil va bazofil miyelo-sitlarga bo’linadi.
Granulotsitopoez jarayoni davomida yosh hujay-ralar-promiyelotsitlar, miyelotsitlar
mitoz yo’li bilan bo’linib ko’payadi. Metamiyelotsit va tayoqcha yadroli granulotsitlar
40
bo’linish qobiliyatini yo’qotgan hujay-ralardir. O’zak hujayradan yetuk granulotsit
hosil bo’lishi uchun taxminan 7.5-11.5 sutka vaqt talab etadi.
Тrombotsitopoez. Тrombotsitlar yoki qon plastin-kalarining hosil bo’lishi suyak
ko’migida amalga oshadi. 1906 yildayoq Obrazsov va Rayt qon plastinkalari suyak
ko’migidagi gigant hujayralar-megakariotsitlar sitoplazmasining bo’laklari ekanligini
aytib o’tgan edilar.
Sxematik ravishda trombotsitopoez mana bunday ifodalanadi: o’zak hujayra->
miyelopoezning bosh-lang’ich hujayrasi -> megakarioblast -> promega-kariotsit ->
megakariotsit -> qon plastinkalari.
Rivojlanish davomida hujayra sitoplazmasida donadorlik ko’payadi, shu bilan birga
sitoplazmadagi kanalchalar ko’payib, ular sitoplazmani alohida bo’lakchalarga bo’ladi.
Bu kanalchalar demarkatsion membranalar ham deb yuritilib, bo’lg’usi qon plas-
tinkalarining ajralib chiqish chegaralarini belgilab beradi.
Monotsitopoez. Monotsitlar makrofag hujayra-larining ilk bosqichi bo’lib, suyak
ko’migida o’zak hujayralardan rivojlanadi. Monotsitopoez quyidagi hujayra
bosqichlarini bosib o’tadi: o’zak hujayra-> miyelopoezning boshlang’ich hujayrasi->
monoblast-> promonotsit-> monotsit-> to’qima monotsiti-> makrofaglar.
Monoblast hujayrasi o’z tuzilishi bilan miyeloblastni eslatadi, biroq undan
farqlanib, yadrosida botiqlik bo’ladi va u yadroga loviyasimon shaklni beradi.
Sitoplazma bazofil bo’yalib, unda kam sonli azurofil donachalar ko’rinadi.
Monoblastlardan monotsitlar hosil bo’lgancha hujayralar 7-8 marta bo’linadi. Yetuk
monotsitlar qonda uch sutkagacha aylanib yuradi, so’ngra to’qimalarga o’tib,
makrofaglarga aylanadi.
Limfotsitopoez. Limfotsitopoez sxema tarzida bunday ifodalanadi: o’zak hujayra->
limfotsito-poezning boshlang’ich hujayrasi->Т,V- limfotsit-larning boshlang’ich
hujayrasi -> Т, V-limfoblast -> Т, V-prolimfotsit -> Т, V-limfotsit.
Limfoblast tuzilishi jihatidan boshqa blast hujayralariga juda yaqin turadi. Ular
yumaloq yoki oval shaklga ega bo’lib, sitoplazmasi bazofil bo’yaladi. Limfoblastlar
birmuncha dag’al xromatinga ega bo’lgan yadro saqlab, yadrochalari kam sonli bo’ladi.
Prolimfotsitlar yadrosida xromatin ancha zich-lashgan, dag’alroq bo’lib, elektron
mikroskopda yadrodagi botiqliqni ko’rish mumkin. Prolimfotsitlar va limfoblastlar
sitoplazmasida juda ko’p sonli erkin holda joylashgan ribosoma va polisomalar, sust
rivojlangan Golji kompleksi va kam sonli mito-xondriyalar uchraydi. Limfoblastlardan
limfotsitlar hosil bo’lguncha hujayralar bir necha bor mitotik bo’linadi.
Limfotsitlarning umumiy yetilish davri taxminan 2 sutka davom etadi. Bir-biridan farq
qiluvchi Т-limfotsitlar va V-limfotsitlar sistemasi aniqlanishi bilan limfotsitopoez
protsessi ana shu nuqtai nazardan ko’rib chiqiladigan bo’ldi. Bu ma’lumotlarga ko’ra
Т-limfotsitlar bo’qoq bezida ishlab chiqarilib, V-limfotsitlar qushlarda fabritsiy
xaltachasida, odamlarda esa suyak ko’migida ishlanadi. Har ikki limfotsitlarning o’ziga
xos vazifalari bo’lib, ular birgalikda organizmda ma’lum immu-nologik holatni
ta’minlaydi.
Mustahkamlash uchun savollar
1.
Qon to’qimalarning qanday xiliga kiradi?
2.
Qonning vazifalarini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |