Ушбу «Гистология» маъруза матнлари кафедра =арорига асосан аду ы=ув услубий щайъати томонидан (1999 йил 4 сентябрь) =ылланишга тавсия этилган



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/51
Sana04.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#526964
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   51
Bog'liq
13gistalogiyapdf

VI ma’ruza 
 QON VA LIMFA 
 
Reja:
1.
Ichki muhit to’qimalarining ta’rifi. 
2.
Qonning vazifalari. 
3.
Qon plazmasi. 
4.
Qonning hujayralari. 
5.
Qon hosil bo’lishi. 
6.
Limfa. 
7. Adabiyotlar. 
8.Тayanch iboralar. 
Mezenximadan hosil bo’lib, tayanch-trofik vazifani bajaruvchi, lekin tuzilishi bilan 
farqlanuvchi to’qi-malar ichki muhit to’qimalari (tayanch-trofik, birik-tiruvchi to’qima) 
nomi bilan ifodalanadi. Bu to’qima tarkibiga qon, limfa, siyrak va zich biriktiruvchi 
to’qima, retikulyar to’qima, tog’ay va suyak to’qimasi kiradi. 
Ichki muhit to’qimasini o’rganish I.I. Mechni-kovning klassik eksperimental 
ishlaridan boshlandi. I.I. Mechnikov birinchi bo’lib fagotsitoz nazariyasini yaratdi. 
Biriktiruvchi to’qima hujayralarining kelib chiqishi ustida taniqli rus gistologi 
A.A.Maksimov bir qator noyob eksperimental ishlar qildi va u birinchilardan bo’lib 
qon va biriktiruvchi to’qimalar genetik va funksional nuqtai nazardan bir ekanligini 


30 
isbotladi. Rus olimi A.A.Zavarzin va uning o’quvchilari tomonidan yillar davomida 
biriktiruvchi to’qima va qon hujayralari ustida olib borilgan izlanishlar bir qator yangi 
fikrlar tug’dirdi. Jumladan, u struktura bilan funksiyaning birligini ta’kidlab, retikulo-
endotelial sistemaning organizmdagi rolini chuqur va asosli qilib ko’rsatib berdi. 
Biriktiruvchi to’qima haqidagi fikrlarning rivojlanishiga rus olimlari A.A. Bogomols, 
G.K. Хrushchev, N.G. Хlopin, A.V. Rumyansevlar katta hissa qo’shdilar. Keyingi 
yillarda yangi usullarning qo’llanish natijasida biriktiruvchi to’qima haqidagi fikrlar 
ham ancha ilgarilab ketdi. 
Hamma ichki muhit to’qimalari uchun xos umumiy xususiyat-bu ularda hujayralar 
va hujayralararo moddalarning mavjudligidir. Ichki muhit to’qimasi-ning qon va limfa 
to’qimasidagi hujayralararo modda suyuq bo’lsa, tog’ay va ayniqsa, suyak 
to’qimalarida uning zichlashganligini kuzatish mumkin. 
Bajaradigan vazifasi bo’yicha ham ichki muhit to’qimasining tarkibiy qismi bir-
biridan farq-lanadi. Qon, limfa, siyrak biriktiruvchi to’qima butun organizmni ozuqa 
moddalar bilan ta’minlagani uchun ularni trofik to’qimalar deb ataladi. Shu to’qimalar 
organizmga tushgan mikroblar va yot oqsillar bilan kurashda asosiy o’rin tutadi. Qon 
va biriktiruvchi to’qima hujayralari fagotsitoz qilish va antitelolar hosil qilish 
qobiliyatiga ega. Ichki muhit to’qima-sining boshqa turlari esa ko’proq mexanik 
vazifani bajaradi. Ular suyak, tog’ay va zich biriktiruvchi to’qimalardir.
Ichki muhit to’qimasi hujayralari epiteliy to’qimasidan farqli ravishda nopolyar 
hujayralardir. Shunday qilib, ichki muhit to’qimasi mezenximadan rivojlanib, organizm 
ichida joylashadi va trofik, himoya va tayanch vazifalarini bajaradi. 
Ichki muhit to’qimasini quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin: 
Qon limfa va to’qima suyuqligi bilan birlikda organizmning ichki muhitini tashkil 
qiluvchi to’qi-madir. Qon harakatchan muhit bo’lib, o’z tarkibini doimo o’zgartirib 
turadi. Qon tarkibining o’zgarishi tartibsiz bo’lmay, balki organizmning ma’lum funk-
sional holatiga mos ravishda yuz beradi. 
Qon tarkibining organizm funksional holati bilan o’zaro bog’liqligi meditsina 
amaliyotida katta ahamiyatga ega, chunki ko’p hollarda qondagi o’zgarishlar 
ikkilamchi bo’lib, turli organlar fiziologik vazifa-sining buzilishi tufayli kelib chiqadi. 
I.A.Kassirskiy iborasi bilan aytganda "qon-organizmning oynasi bo’lib, unda organ 
va to’qimalarda bo’ladigan har xil o’zgarishlar o’z aksini topadi". 
Qon suyuq hujayralararo modda-plazmadan va unda muallaq joylashgan shaklli 
elementlardan iborat. Ularning o’zaro nisbati sog’lom odamda 50:45 ni tashkil etib, 
gematokrit ko’rsatkich deb ataladi. Gematokrit ko’rsatkichning u yoki bu tomonga 
Ички мущит ты=имаси 
+он ва лимфа 
Бириктирувчи
ты=има 
асл 
бириктирувчи 
ты=има 
то\ай
ты=имаси 
суяк ты=имаси 


31 
o’zgarishi qonning suyulishi yoki quyilishini ko’rsatib, muhim diagnostik belgi 
hisoblanadi. 
Qon miqdori voyaga yetgan organizmda tana og’irligining taxminan 7 protsentini 
tashkil etib, o’rta hisobda 5-5.5 litrga teng. 
Qonning vazifalari: 
1) transportlik va trofik vazifasi-o’pkadan kislorodni to’qima va organlarga 
yetkazib, ulardan karbonat angidridni olib ketadi; ichak va me’dada so’rilgan va 
organizm uchun muhim bo’lgan har xil oziq moddalarni to’qimalarga yetkazib beradi; 
2) himoya vazifasi - asosan oq qon tanachalari tomonidan bajariladi va organizmga 
tushgan mik-roblar, zaharli, begona zarrachalarni fagotsitoz qilishdan iborat bo’ladi. 
Qon tarkibida maxsus oqsil moddalar-antitelolar bo’lib, ular o’z navbatida organizmga 
tushgan begona oqsillar, mikroblarga javoban ishlab chiqariladi. Antitelolarning asosiy 
roli ko’rsatib o’tilgan antigentlarni zararsiz-lantirish hisoblanadi; 
3) gomeostatik vazifasi-qon orqali har xil organ va sistemalarning fiziologik 
faoliyatini bajarishda ishtirok etuvchi gormonlar va turli xil moddalar tashiladi. O’z 
ximiyaviy tarkibining muayyanligi tufayli qon organizmda fizik-kimyoviy ko’rsat-
kichlarning doimiyligini, chunonchi, tana haroratining, osmotik bosimning va 
organizmdagi kislota-asos tengligining doimiyligini ta’minlab turadi. 

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish